Iqtisodiyot fakulteti


  Biogumusning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va ekologik aspektlari


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana12.12.2020
Hajmi1.12 Mb.
#165282
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil talim


 

6.  Biogumusning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va ekologik aspektlari. 

 

Qishloq  xo’jaligida  chiqindilaridan  tayyorlangan  ushbu  organik  o’g’it  tarkibida 

balanslangan birlikda kerakli to’yintiruvchi moddalar va mikroelementlar, fermentlar, 

tuproq  antibiotiklari,  vitaminlar,  o’simliklarning  o’sishi  va  rivojlanishi  uchun 

gormonlar  mavjud.  Unda  gumin  moddalar  miqdori  juda  katta.  Biogumus  yerning 

unumdorligini  oshiruvchi  tuproq  mikroorganizmlarining  foydali  yig’indisi  to’plagan 

noyob  mikrobiologik  o’g’it  hisoblanadi.  Biogumus  tarkibida  patogen  mikrofloraldar, 

gelmintlar  tuxumlari,  yovvoyi  o’tlar  urug’lari  va  og’ir  metallar  bo’lmaydi.  O’g’it 

o’simliklarning  butun  rivojlanish  davrida  o’simliklar  tomonidan  yengil  va  sekin-asta 

o’zlashtiriladi. Bioorganik mahsulot ya’ni biogumusning samaradorligi: 11  tuproqning 

tabiiy unumdorligini tez qayta tiklaydi, uning tuzilishi va

 sog’lomligini yaxshilaydi;  



harakatining  inertligiga  ega  emas:  o’simliklar  va  urug’larga  tez  ta'sir

  ko’rsatadi;  



urug’larning  o’sish  muddatini  qisqartiradi,  o’simliklarning  o’sishi  va

  gullashini 



tezlashtiradi,  mevalarning pishish muddatini 2-3 haftaga qisqartiradi;

  o’simliklarni 



stress  vaziyatlarga,  havo  sharoitlariga,  bakterial  va

  chiritish  kasalliklariga 



chidamliligini oshirib, mustahkam immunitet bilan ta'minlaydi;  ko’chatlarning tirilib 

ketishining  yuqori  darajasini,  gullarning  optimal

  o’sishini,  ularning  intensiv  va 



davomli  gullashini  ta'minlaydi;    hosildorlikni  ancha  oshiradi  va  yetishtirilayotgan 

mahsulotning  ta'm

  sifatini  yaxshilaydi;    tuproqda  og’ir  metallar  va  radionuklidlarni 



birlashtiradi,  o’simliklarda

  nitratlar  to’planishiga  yo’l  qo’ymaydi;    doimiy  ravishda 



yuqori  ekologik  toza  hosil  olinishini  ta'minlaydi.

  Ushbu  o’g’itni  qo’llash  qishloq 



xo’jalik  mahsulotlarining  agrokimyoviy  xususiyatlarini  yaxshilaydi,  sifati  va 

hosildorligini  oshiradi.  Biogumus  yomg’ir  chuvalchanglarining  ajralishi  yoki 

koprolitlarini  namoyon  etadi.  U  qora  sochiluvchan  va  yoqimli  hid  taratuvchi,  qora 

yerga  o’xshagan  tuproqsimon  massadan  iborat.  Biogumus  tarkibida  katta  miqdorda 

gumin  moddalari  (quruq  og’irligiga  32%)  -  gumin  kislotalar,  fulvokislotalar  va 

guminlar  mavjud  va  shu  tufayli  yuqori  agrokimyoviy  va  o’sishni  stimullashtirish 

xususiyatlariga  ega.  Barcha  to’yintiruvchi  moddalar  unda  balanslangan  birlikda  va 

o’simliklar  uchun  biologik  ruxsat  etilgan  birikmalar  ko’rinishida  bo’ladi.  Biogumus 

tuproqqa 

qo’shilganda 

tuproq 

va 


o’simliklar 

uchun 


foydali 

bo’lgan 


mikroorganizmlarning  noyob  yig’indisidan  iborat  bo’lib,  ular  fitogormonlar, 

antibiotiklar,  fungisidlar  va  bakteresid  birlashmalar  ajratib  chiqaradi,  bu  esa  patogen 

mikrofloraning  siqib  12  chiqarib  tashlanishiga  olib  keladi.  Natajada,  bularning 

hammasi,  tuproqni  sog’lomlashtiradi  va  o’simliklarning  keng  tarqalgan  ko’plab 

kasalliklarini  bartaraf  etadi.  Biogumus  tarkibi  organik  moddalardan  tashkil  topgan. 

Shuning uchun ham organik o’g’itlarning chirishidan biogumus hosil bo’ladi. Bizning 

mamlakatimiz  dehqonchiligida  organik  o’g’itlarni  keng  ishlatish  katta  ahamiyatga 

egadir.  Respublikamizning  sug’oriladigan  tuproqlari,  ayniqsa,  sahro  tuproqlarida 

organik modda – yani biogumus juda kam. Shuning uchun qishloq xo’jalik ekinlarida 

yuqori  hosil  yetishtirish  va  tuproq  unumdorligini  oshirishda, ularni  organik  moddalar 

bilan  boyitish  uchun  uni  sun’iy  ravishda  ko’paytirish,  o’g’it  solish  yoki  hamma 

tuproqlarda  almashlab  ekishni  joriy  etish  tavsiya  etiladi.  Biogumus  qo’llanilganda 

tuproqning  agrokimyoviy  va  agrofizikaviy  xossalari  ijobiy  tomonga  o’zgaradi, 

tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati yaxshilanadi va o’simliklarning mo’tadil o’sib 

rivojlanishi hamda oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi [20]. Biogumusning hosil 

bo’lishi  –  organik  moddalarning  chirishidan  hosil  bo’lgan  mahsulotdir.  Tuproq 

chirindisi  uning  unumdorligini  ko’rsatuvchi  eng  asosiy  ko’rsatkich  xisoblanadi. 

Chirindi o’z navbatida katta energiya manbayi, hilma-xil o’simliklar uchun o’ta zarur 

bo’lgan  mikroelementlarni  saqlovchi  mabadir.  O’zbekiston  Respublikasining  barcha 

sug’oriladigan  yerlariga  o’xshash  Xorazm  vohasi  tuproqlari  ham  kam  chirindilidir. 

Xorazm  vohasi  tuproqlaridagi  chirindi,  oziq-unsurlarning  ko’rsatkichi,  ularning 

zaxirasi, hamda antropogen omillarga bog’liq bo’ladi [56]. Tursunov L. va boshqalar 

(2005)  ma’lumotlariga  ko’ra  tuproq  qoplamining  shakllanishida  uning  chirindisi  va 

oziqa  unsurlari  hattoki  ayrim  suv-fizik  xossalarini  o’zgarishida  tabiiy  va  antropogen 

omillarning katta ro’l o’ynashini ko’rsatib o’tadilar. Qishloq xo’jaligida doimo bir-xil 

ekin ekish tehnologiyasi yoki yerlarni surunkasiga ishlov berish har doim ham yaxshi 

natijalarga  olib  kelmasligini  tadqiqotchilar  ilmiy  tasdiqlaydilar.  Yuqoridagi  ilmiy 


tadqiqotchilarning  fikrlariga  qaraganda  yerga  surunkasiga  ishlov  berish,  hamda 

tuproqda  organik  qoldiqlarni  yetarli  miqdorda  qoldirmaslik,  tuproqdagi  chirindi 

miqdorining  kamayib  ketishiga  olib  kelishi  mumkin  [13].  13  Demak  organik 

moddalarga  go’ng,  hayvon  qoldiqlari,  yashil  o’g’itlar,  sanoat  va  shahar  xo’jalik 

chiqindilari, go’ng bazasida tayyorlangan turli-xil kompostlar, daraxtlarning hazonlari 

va  ariq  loyqalari  kiradi.  Bularning  hammasi  mahalliy  o’g’itlar  hisoblanadi.  Organik 

o’g’itlar tarkibida o’simlik uchun zarur bo’lgan oziq elementlar N2, P, K, Ca, Mg, S va 

mikroelementlar  mavjud.  Tuproqdagi  organik  moddalarning  chirishi  natijasida 

biogumus  hosil  bo’ladi.  Uning  tarkibi  juda  murakkab  bo’ladi.  Uning  tarkibida  ko’p 

miqdorda  gumin,  fulvo,  gimatomelen  kislotalari  va  guminlar  ko’p  uchraydi.  Gumin 

kislotalar-  Tuproq  chirindisidagi  eng  muhim  va  harakterli  kislotalardan  biri 

hisoblanadi.  Gumin  kislotalari  tarkibida  bir  necha  element  C,  H,  O,  N  va  hakozalar 

bor. Gumin kislotalarining tuzilishida qatnashadigan moddalar tarkibining ma’lum bir 

sinfga mansub bo’lgan organik moddalar tashkil qiladi. Bu moddalar gumin kislotalari 

birikmasida ma’lum bir nisbatni tashkil qiladi. Shunday qilib, gumin kislotalari yuqori 

molekulyar  organik  moddalarning  birikishidan  tashkil  topgan  moddadir.  Gumin 

kislotalari tarkibida 52,4-62,5% karbon, 2,4-4,8% vodorod, 3,3-5,0% azot, 11,0-18,8% 

kislorod bor. Gumin kislotalarini tuproqdan ishqoriy eritmalar yordamida ajratib olish 

mumkin. Bu gumat holida bo’lib, amorf shaklida H2SO4 ta’sirida cho’kmaga tushadi. 

Gumin kislota to’q tusli qora rangga ega. Uning gumin kislotalari, deb yuritilishining 

sababi ham shunda. Tuproqdan ajratib olingan gumin kislotasi preparati suvda mutlaqo 

erimaydi.  Gumin  kislotasi  faqat  ishqorda  eriydi.  Erigan  gumin  kislotalarini  ba’zi  bir 

mikroorganizm va o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtirilmaydi. Shuning uchun bu 

eritmani  neytral  holatga  keltirish  kerak,  gumin  kislotasi  neytral  holida  bo’lmasa, 

organizmlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi [19]. Fulvokislotalar-Akademik 

I.V.Tyurinning 

ilmiy 

tekshirishlariga 



qaraganda, 

turli 


xil 

tuproqlardagi 

fulvokislotalarning tarkibi quyidagi elementlardan iborat: karbon 44,3-46,3%, vodorod 

5,0-5,9%,  kislorod  44,2-48,6%,  azot  1,1%.  Fulvokislotalar  gumin  kislotalariga 

qaraganda  rangsiz,  ya’ni  sarig’ishroq  rangga  ega.  Chunki  ularning  tarkibida  uglerod 

miqdori  kam.  Fulvokislotalar  tuproqdagi  alyumin,  temir  oksidlari  bilan  birikish 

xususiyatiga  ega  bo’lganligi  uchun,  ular  14  tuproqda  murakkab  komplekslar  hosil 

qiladi.  Fulvokislotalar  ishqorda  eriydi,  lekin  kislotalar  ta’siri  bilan  cho’kma  bo’lib 

qolmaydi.  Tuproqdan  ajratilgan  va  preparat  holiga  o’tgan  fulvokislota  suvda  eriydi. 

Shuningdek, bu  kislota  tuproqda  kationlar  bilan  birikib, har-xil  darajada  eriydigan va 

harakat  qiladigan  kompleks  birikmalar  hosil  qilish  xususiyatiga  ham  ega. 

Fulvokislotalarning  suvda  eruvchanlik  va  dissotsiyalanish  darajasi  kuchli  bo’lganligi 

uchun,  ularning  o’simliklar  tomonidan  oziq-modda  sifatida  o’zlashtirilishi  oson 

bo’ladi.  Fulvokislotalarda  tuproqdagi  mayda  zarrachalarni  bir-biriga  bog’lash 



xususiyati  kam  uchraydi.  Shu  xil  bog’lanish  tuproqda  mustahkamlana  borsa,  bu 

fulvokislotaning gumin kislotalar formasiga o’tishidan darak beradi. 

 

Biogumusdan chiqadigan karbon kislota tuproqdagi mineral moddalarni eritadi. 



Tuproqning  ustki  qismida  karbon  kislotaning  ko’payishi  o’simlikdagi  fotosintez 

jarayonini  yaxshilaydi.  Organik  o’g’itlar  tufayli  tuproqda  ko’p  miqdorda 

mikroorganizmlar  to’planadi.  Ular  o’simlikning  oziq  moddalarni  o’zlashtirishni 

yaxshilaydi. Organik o’g’itlar tuproqda namlikni uzoq vaqt davomida saqlab turishga 

yordam beradi. Organik o’g’itlar tuproqdagi mikroorganizmlar uchun energetik manba 

hisoblanadi.  Undan  tashqari  tuproqqa  ko’p  miqdorda  mikroorganizmlar  tushadi. 

Buning 

natijasida 



tuproqqa 

azot 


to’plovchi  bakteriyalar,  nitrifikatorlar, 

ammoniyfikatorlar  va  boshqa  guruh  bakteriyalarning  tuproqdagi  hayot  faoliyati 

kuchayadi.  Ilmiy  tadqiqot  institutlarining  ma’lumotlariga  qaraganda  30-40  t  organik 

o’g’itlarning  parchalanishi  natijasida  biogumus  hosil  bo’lib  va  undan  har  kuni 

gektariga o’g’itlanmagan yerlarga nisbatan 100-200 kg CO2 ko’proq to’planadi. 

 

7.  O’zbekistonda sugoriladigan yerlarning hozirgi holati va yaxshilash 

yo’llari. 

 

O`zbekiston  Respublikasining  hududi  tog’,  tog’  oldi  yerlari  va  tekisliklardan 

iborat  bo`lib,  xilma-xil  landshaftlarni  qamrab  oladi.  Bu  landshaftlar  orografiyasi  va 

gidrotermik  rejimiga  ko`ra  asosiy  tuproq-geografik  qonuniyatlari  aniq  namoyon 

bo`ladigan 

balandlik 

mintaqalari 

va 


sahro-kenglik 

zonalariga 

ajratiladi. 

Respublikaning tog’lari uchlamchi davrning oxiri-to`rtlamchi davrning boshlanishida, 

kuchli alp orogenezi tektonik  harakatlari natijasida hosil bo`lgan. Natijada uchlamchi 

davrda  hududni  egallagan  dengizning  transgressiyasi  –  chekinishi  ro`y  bergan.  Alp 

orogenezi  natijasida  tog’larning  ko`tarilishi  va  dengizning  tez  chekinishi,  Orol  va 

Kaspiy  dengizlari  oralig’idagi  keng  tekisliklarning  quruqlikka  aylanishiga  sabab 

bo`lgan  va  ular  tezlik  bilan  kontinental  yotqiziqlarga  to`la  boshlagan.  Baland 

ko`tarilgan  tog’  tizimlari  to`rtlamchi  davrda  shiddatli  denudatsiyaga  uchrashi 

natijasida tog’lardan tushayotgan materiallar qalin prolyuvial yotqiziqlar shaklida tog’ 

oldi  tekisliklarini  to`ldirgan  va  tog’  hududlaridan  yiroqda  bo`lgan  Amudaryo, 

Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo va boshqa allyuvial tekisliklargacha olib chiqilgan. 

Daryo vodiylari yuvilgan uchlamchi yotqiziqlarda shakllanib, uni alohida massivlarga 

ajratgan.  Kontinental  yotqiziqlar  qatlamlarining  shakllanishi,  ko`tarilishi  davom 

etayotgan tog’ tizimlari sharoitida faol tektonik harakatlar fonida yuz berib, tog’ oldi 

tekislik hududlarida adirlarning hosil bo`lishiga sabab bo`lgan. Bu holat o`z navbatida 

daryo  o`zanlarining  chuqurlashishiga  hamda  bir  qator  terrasalarning  hosil  bo`lishiga 

olib  kelgan.  Tog’larning  ko`tarilishi  hududni  Hind  okeanidan  to`sib  iqlimning 

qurg’oqchil  bo`lishiga  olib  kelgan.  Bu  davrda  ko`tarilayotgan  tog’  tizimlarining 

buzilgan  maxsulotlari  tekisliklarga  olib  chiqilib  dengiz  yotqiziqlari  ustiga  to`shalgan. 


Keyingi  davrda  bu  erlardagi  yotqiziqlar  daryolar  va  shamol  ta`sirida  40  juda  ko`p 

marotaba qayta yotqizilgan. Daryolarning o`zanlari hamda ular suvi miqdori o`zgarishi 

natijasida hududlarning namlanishi ham o`zgarib borgan. Ana shu jarayonlar ta`sirida 

O`zbekiston  hududining  bir  qismi  tekislik  rel’efiga  ega  bo`lgan.  Paleozoy  zamini 

keyingi  yotqiziqlar  orasidan  ko`tarilgan  joylarda  Sultonuiztog’,  Tomditog’, 

Kuljuktog’,  Bo`kantog’  va  boshqalar  hosil  bo`lgan.  Bu  tog’larning  dengiz  sathidan 

balandligi  900  metrgacha  yetadi.  Tyon-Shon  va  PamirOloyning  burmali  qismlari  esa 

juda  katta  balandliklarga  ega.  Respublikaning  har  bir  tabiiy  rayoni  o`ziga  xos  rel’ef 

shakllarining  tizimlariga  ega.  Ustyurt  platosining  dengiz  sathidan  balandligi  300 

metrgacha  bo`lib,  kuchsiz  to`lqinsimon  rel’efga,  Amudaryo  va  Orol  degizi  bo`yiga 

yaqin  yerlarda  150  metrgacha  bo`lgan  keskin  kesilmalarga  ega.  Quyi  Amudaryo 

qayirallyuvial tekisliklari tekis rel’efga ega bo`lib, bu yerlarda 60-80 metr balandlikka 

ega bo`lgan qoldiq rel’ef shakllari ham uchraydi. Qizilqumda ham qoldiq tog’ rel’efi 

bilan  birga  kuchli  shamollar  yo`nalishiga  mos  ravishda  to`planma  qum  shakllari: 

tizmalar,  tepaliklar,  barxanlar  uchraydi.  Sharqda  esa  o`rta  va  baland  tog’  rel’efi 

shakllari ustunlik qiladi. Respublikamiz hududiga G’arbiy Tyon-Shon (Ugam, Pskem, 

Chotqol,  Qurama)  va  Pomir-Oloy  (Zarafshon,  Hisor,  Ko`hitang,  Boysun  tizmalari) 

tizmalari  oxiri  va  yon  bag’irlar  kiradi.  Nurota  tog’i  tizmalari  balandligi  2169 

metrgacha  bo`lib,  alohida  ajralib  turadi.  Shu  bilan  birga  Oqtog’,  Qaroqchitog’, 

Gobduntog’,  Zarafshon  tizmasining  g’arbiy  oxiri  kabi  juda  baland  bo`lmagan, 

cho`qqilari  yassi  tog’lar  ham  bor.  Bu  hududlar  baland  tizimlar  va  tog’  oldi  adirlari 

bilan  tavsiflanadi.  O`zbekiston  hududini  shartli  ravishda  3  qismga  bo`lish  mumkin: 

respublikaning sharq va janubiy-sharq qismida joylashgan tog’lar; tog’ oldi hududlari; 

tog’  osti  tekisliklari.  Tog’  hududlari  ororel’efning  tipik  shakllaridan  iborat  bo`lib, 

balandlikning keskin o`zgarishi, keskin yon-bag’irlar, chuqur daralar, o`tkir cho`qqilar 

bilan  tavsiflanib,  bu  hududlar  shiddatli  eroziya  va  ma`lum  miqdorda  akkumlyatsiya 

arenasidir. Bu shakllar tog’ etagi tomon yassilanib boradi, bu huddudning eng pastki 

qismi “tog’ osti yassi tekisliklari”- deb nomlanadi. Tog’ 41 osti yassi tekisliklarining 

quyi  qismidan  tog’  va  tekislik  hududlarining  chegarasi  o`tadi.  Tekislik  qismida 

balandlikning kam o`zgarishi, uning suv ostida hosil bo`lganligi natijasidir. Bu yerlar 

qurigan  dengizlarning  tekis  cho`kmalari  yoki  o`tmish  daryo  va  ko`llarining 

yoyilmalaridir.  Tekislik  hududining  katta  qismida  rel’ef  eroziya  va  akkumlyativ 

jarayonlar ta`sirida shakllangan. Bu yerlar qadim jinslardan tashkil topgan tog’ qoldiq 

hududlari  bo`lib,  ular  uchlamchi  va  to`rtlamchi  davrlar  yotqiziqlari  bilan  qoplangan. 

Bu hududlar “sahro past tog’lari”- deb ataladi. Respublika hududida yog’in-sochinlar 

har  xil  taqsimlangan.  Sahro  tekisliklarida  yog’in-sochinlar  1  yilda  100-200  mm  ni 

tashkil  etadi.  Tog’  oldi va  tog’  hududlarida  yog’in-sochinlar miqdori  900  mm  gacha 

etadi.  Tog’  tizimlari,  tog’  oldi-tog’  osti  to`lqinsimon  tekisliklari,  uchlamchi  platolar, 

allyuvial-del’ta  va  keng  sahro  tekisliklari  turli  geologik  tuzilishlari,  tuproq  hosil 


qiluvchi  jinslarining  va  gidrogeologik  sharoitlarining  har  xilligi,  hamda  turli 

gidrotermik  rejimlari  hamda  o`simlik  qoplami  bilan  tavsiflanadi.  Bu  holat  respublika 

hududida  genetik  jihatdan  turli  tuproqlarning  rivojlanishiga  sabab  bo`lgan.  Balandlik 

mintaqalari  hududida  yuqori  yarusni  subboreal  va  boreal  o`tloqidasht  sharoitlarida, 

ko`p hollarda buloqlar va doimiy qorliklar atrofidagi torfbotqoqli va o`tloqi tuproqlar 

kompleksida shakllangan baland tog’lik och qo`ng’iro`tloqi dasht tuproqlari egallagan. 

Och qo`ng’ir-o`tloqi dasht tuproqlardan pastda, o`rta tog’liklarda, ayrim hollarda past 

tog’larda ham, tog’ subboreal va subtropik iqlim sharoitlarida, butazor-turli o`tlardan 

iborat o`simliklar va siyrak archazor o`rmonlar qoplami ostida tog’ jigarrang tuproqlari 

shakllangan.  Och  qo`ng’ir-o`tloqi  dasht  va  tog’  jigarrang  tuproqlardan,  iqlim 

sharoitining  keskinligi  va  yon  bag’irlarning  kuchli  qiyalikga  egaligi  tufayli  asosan 

yaylov  sifatida  foydalaniladi.  Bu  tuproqlar  asosan  (kamayuvchi  qatorda)  Jizzax,  42 

Qashqadaryo,  Namangan,  Samarqand,  Surxondaryo  va  Toshkent  viloyatlari  tog’ 

tizimlarida  keng  tarqalgan.  Bu  tog’  tizimlari  tekisliklar  bilan  tutashgan  hududlarda, 

balandlik  mintaqasiga  kiruvchi  bo`z  tuproqlar  tarqalgan.  Ular  subtropik  iliq  va  issiq 

tog’  osti  yarim  sahro  sharoitlarida  shakllanadi.  Bo`z  tuproqlar  to`rtlamchi  davrning 

g’ovak  yotqiziqlarida:  asosan  lyosslarda  va  lyossimon  qumoqlarda,  kam  hollarda 

toshlik prolyuvial hamda delyuvial yotqiziqlarda rivojlangan. Bo`z tuproqlar tipchalar 

darajasida  to`q  tusli,  tipik  va  och  tusli  bo`z  tuproqlarga  ajratiladi.  To`q  tusli  bo`z 

tuproqlar, bo`z tuproqlar mintaqasining ustki qismini egallab, rel’ef sharoitlariga ko`ra 

past  tog’larga  kiritish  mumkin  bo`lgan  tog’  oldi  yer  maydonlarida  shakllanadi.  Bu 

tuproqlar  Jizzax,  Qashqadaryo,  Navoiy,  Samarqand,  Surxondaryo  va  Toshkent 

viloyatlarida  keng  tarqalgan.  Bu  erlardagi  sug’oriladigan  tuproqlarning  eng  katta  yer 

maydonlari  Toshkent  viloyatida,  lalmikor  tuproqlari  esa  Jizzax,  Qashqadaryo, 

Samarqand  va  Surxondaryo  viloyatlarida  uchraydi.  Tipik  va  och  tusli  bo`z  tuproqlar 

tog’  oldi  va  tog’  osti  hududlarida,  ko`pincha  lyoss  va  lyossimon  qumoqlardan,  kam 

hollarda  mayin-skeletli  prolyuvial  yotqiziqlardan  tashkil  topgan  to`lqinsimon  va 

nishabsimon  tekisliklarda  shakllanadi.  Bu  tuproqlar  respublikaning  ko`pgina 

viloyatlarida  tarqalgan  bo`lib,  faqat  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  Buxoro  va 

Xorazm  viloyatlarida  uchramaydi.  Tog’  osti  nishabliklarida,  yaqin  joylashgan  (1-2,5 

m)  bosimli  yer  osti  grunt  suvlari  ta`sirida  o`tloqi  saz  tuproqlar  shakllanadi.  Bo`z 

tuproqlar  mintaqasida,  daryolarning  quyi  terrasalarida  va  konus  yoyilmalarining 

chegara  qismida  grunt  suvlari  chuqur  joylashmagan  sharoitlarda  (1-2,5  m)  odatda 

sug’orma  dehqonchilikda  foydalaniladigan,  o`tloqi  allyuvial  tuproqlar  shakllanadi. 

Bo`z  tuproqlar  mintaqasining  sug’oriladigan  allyuvial  va  saz  o`tloqi  tuproqlari 

respublikaning  boshqa  tuproqlariga  nisbatan  eng  yaxshi  agrotexnik  va  agronomik 

xossa  hamda  xususiyatlarga  ega.  Bu  tuproqlar  tipik  va  och  tusli  bo`z  tuproqlar 

mintaqalarida  tarqalgan.  Kenglik  sahro  zonasi  hududida  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi,  Buxoro  va  Xorazm  viloyatlari  joylashgan  bo`lib,  Qashqadaryo 


viloyatining  g’arbiy  qismi,  43  Navoiy  viloyatining  katta  qismi,  Surxondaryo 

viloyatining janubiy qismi va Farg’ona vodiysining markaziy qismi ham kiradi. Sahro 

zonasining  uchlamchi  qoldiq  platolaridan,  qadimiy  konus  yoyilmalaridan  hamda 

Markaziy  qizilqum  va  boshqa  past  tog’lar  prolyuvial  shleyflaridan  iborat  qadimiy 

yuzalarida shimoliy, tipik va kam rivojlangan sur tusli qo`ng’ir tuproqlar shakllangan. 

Tub jinslar elyuviyida rivojlangan sug’oriladigan sur tusli qo`ng’ir, sur tusli qo`ng’ir-

o`tloqi va o`tloqi tuproqlar kam unumdor bo`lib, meliorativ jihatdan yaxshilash hamda 

ishlab  chiqarish  qobiliyatini  oshirishga  muhtoj.  Bu  tuproqlarning  eng  ko`p  yer 

maydonlari  Buxoro,  Navoiy,  Namangan,  Surxondaryo  va  Xorazm  viloyatlarida 

uchraydi.  Sahro-qumli  tuproqlar  o`simliklar  bilan  mustahkamlangan  qumlarda 

shakllanadi.  Doimiy  sug’orish  va  grunt  suvlari  sathining  2-3  metrgacha  ko`tarilishi 

sahro-qum  tuproqlari  gidrogeologik  sharoitlarining  o`zgarishiga  va  ularning 

sahroo`tloqi  tuproqlarga  aylanishiga  olib  keladi.  Sur  tusli  qo`ng’ir  va  sahro-qum 

tuproqlar  hamda  tekis  tubli  pastqamliklardagi  qumlar  orasida  o`ziga  xos  tuproqlar-

taqirlar  shakllanadi.  Taqirlarning  usti  poligonal  yorilgan,  zich  va  o`simliksizdir. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  Buxoro  va  Qashqadaryo  viloyatlarining  allyuvial 

tekisliklarida,  Surxondaryo  viloyatining  prolyuvial  tekisliklarida  taqirli  tuproqlar 

shakllanadi.  Sug’oriladigan  taqirli  tuproqlar  Buxoro,  Surxondaryo  va  boshqa 

viloyatlarda  uchraydi.  Sug’orish  natijasida  taqirli  tuproqlar  taqirli-o`tloqi  tuproqlarga 

aylanadi.  Sahro  zonasining  daryo  terrasalari  va  allyuvial-qayir  tekisliklari  hududida 

o`tloqi  allyuvial  tuproqlar  keng  tarqalgan.  Sahro  zonasida  sho`rxoklar  ham  keng 

tarqalgan bo`lib, ular orasida Orol dengizining qurigan tubida rivojlangan sho`rxoklar 

egallagan  yer  maydoni  bo`yicha  eng  ko`p  tarqalgan  hisoblanadi.  44  Sahroni  tashkil 

etuvchi  qumlar  genezisi  turlicha.  Ular  neogen  qumliklar,  qadimiy  va  zamonaviy 

allyuvial yotqiziqlar va boshqa jinslarning parchalanishi hosilasidirlar. 

Respublikamiz sug’oriladigan yerlari meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan davlat 

dasturlarining  amalga  oshirilishi  natijasida  qishloq  xo`jaligida  bir  qator  yutuqlarga 

erishildi,  sug’oriladigan  tuproqlarning  unumdorlik  darajasi  barqarorlashib,  ularning 

unumdorligi  sezilarli  darajada  ortib  bormoqda.  Lekin,  Prezidentimiz  Islom  Karimov 

2011-yilning  asosiy  yakunlari  va  2012-yilda  O`zbekistonni  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirishning  ustuvor  yo`nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining 

majlisidagi  ma`ruzasida  ta`kidlaganlaridek  “Qishloq  xo`jaligi  sohasida  birinchi 

navbatda  tuproq  unumdorligini  oshirish  choralarini  ko`rish,  barcha  agrotexnik 

tadbirlarni  o`z  vaqtida  bajarish,  zamonaviy  agrotexnologiyalarni  joriy  qilish  bilan 

bog’liq,  hali-hamon  ishga  solinmagan  katta  imkoniyatlar  mavjud”.  Bu  imkoniyatlar 

birinchi navbatda sug’oriladigan tuproqlarda kechayotgan salbiy jarayonlarning oldini 

olish  va  oqibatlarini  bartraf  etishga  qaratilishi  lozim.  Bunday  salbiy  jarayonlarni 

bartaraf  etish  uchun:  1.  Respublika  tuproqlarining  qaysi  tuproq-iqlimiy  mintaqada 

joylashganligini, 

xilma-xilligini, 

ularning 

rivojlanish 

sharoitlarini, 

genetik 


xususiyatlarini, tarkibiy tuzilishini hamda agronomik xossa va xususiyatlarini e`tiborga 

olib  aromeliorativ,  agrotexnik  va  agrokimyoviy  tadbirlarni  tabaqalashtirib  qo`llash 

zarur. Qishloq xo`jalik ekinlari albatta, hududlarning tabiiy-geografik o`rni, suv bilan 

ta`minlanganlik darajasi, tuproqlarning sifatiga qarab tabaqalashtirib joylanishi kerak. 

Sug’orish  me`yorlari,  muddatlari  va  davrlari  har  bir  tuproq-iqlim  45  mintaqasida, 

qat`iy  ravishda  tuproqlarning  hossa  va  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  amalga 

oshirilishi  lozim.  2.  Tuproqlarni  organik  modda-gumusga  boyitish  zarur.  Har  yili 

qishloq xo`jalik ekinlari tomonidan tuproqdan olib chiqiladigan azot, fosfor va ayniqsa 

kaliy moddalarining o`rnini qoplash, qishloq xo`jalik ekinlarini oziqa moddalari bilan 

maqbul  nisbatlarda  ta`minlash  masalasi  eng  muhim  muammolardan  xisoblanadi. 

Hozirgi kunda sug’oriladigan tuproqlar ko`p hollarda azot bilan o`rta, fosfor bilan kam 

va  kaliy  bilan  juda  kam  ta`minlanganligi  natijasida  ularning  ekinlar  uchun  maqbul 

nisbatlari  buzilganligini  e`tiborga  olib,  fosforli,  ayniqsa  kaliyli  o`g’itlarni  talab 

darajasida  qo`llash  zarur.  Kaliyli  va  fosforli  o`g’itlar  etishmagan  joylarda  asosiy 

e`tibor  chorvachilik  va  parrandachilik,  qishloq  xo`jalik,  sanoat  va  maishiy 

chiqindilardan, tabiiy  agrorudalardan organik va organo-mineral o`g’itlar, kompostlar 

tayyorlashga  hamda  ularni  qo`llashga  qaratilishi  kerak.  Shu  bilan  birga  mineral 

o`g’itlar  qo`llashni  agrokimyoviy  kartogrammalar  asosida,  tuproq  sharoitlarini  va 

o`simliklar  talabini  e`tiborga  olgan  holda  tashkil  etish  maqsadga  muvofiqdir.  3. 

Samarali  almashlab  va  navbatlab  ekish  tizimlarini  joriy  etish  zarur.  Qishloq  xo`jalik 

ekinlarini to`g’ri joylashtirish tuproqlar unumdorligini saqlash va qayta tiklash hamda 

qo`llanilayotgan  agrotexnik  va  meliorativ  tadbirlar  samaradorligini  oshirishning 

asosidir.  Almashlab,  navbatlab  ekishni  qo`llash  natijasida  tuproq  organik  moddaga  – 

gumusga  boyiydi,  uning  barcha  agronomik  xususiyatlari  yaxshilanadi  hamda  bir 

vaqtning  o`zida  tuproq  suv  va  shamol  eroziyasidan  muhofaza  qilinadi.  Almashlab 

ekish  va  ekinlarni  joylashtirish  tizimlariga  beda  va  oraliq  ekinlarni  kiritish 

chorvachilikning  em-xashak  bazasini  rivojlantiradi,  natijada  hozirgi  kunda  tanqis 

bo`lgan  qimmatli  organik  o`g’it  –  go`ng  tayyorlashni  kengaytirish  imkoniyatlari 

tug’iladi. 


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling