Iqtisodiyot fakulteti
Biogumusning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va ekologik aspektlari
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil talim
6. Biogumusning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va ekologik aspektlari. Qishloq xo’jaligida chiqindilaridan tayyorlangan ushbu organik o’g’it tarkibida balanslangan birlikda kerakli to’yintiruvchi moddalar va mikroelementlar, fermentlar, tuproq antibiotiklari, vitaminlar, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun gormonlar mavjud. Unda gumin moddalar miqdori juda katta. Biogumus yerning unumdorligini oshiruvchi tuproq mikroorganizmlarining foydali yig’indisi to’plagan noyob mikrobiologik o’g’it hisoblanadi. Biogumus tarkibida patogen mikrofloraldar, gelmintlar tuxumlari, yovvoyi o’tlar urug’lari va og’ir metallar bo’lmaydi. O’g’it o’simliklarning butun rivojlanish davrida o’simliklar tomonidan yengil va sekin-asta o’zlashtiriladi. Bioorganik mahsulot ya’ni biogumusning samaradorligi: 11 tuproqning tabiiy unumdorligini tez qayta tiklaydi, uning tuzilishi va sog’lomligini yaxshilaydi; harakatining inertligiga ega emas: o’simliklar va urug’larga tez ta'sir ko’rsatadi; urug’larning o’sish muddatini qisqartiradi, o’simliklarning o’sishi va gullashini tezlashtiradi, mevalarning pishish muddatini 2-3 haftaga qisqartiradi; o’simliklarni stress vaziyatlarga, havo sharoitlariga, bakterial va chiritish kasalliklariga chidamliligini oshirib, mustahkam immunitet bilan ta'minlaydi; ko’chatlarning tirilib ketishining yuqori darajasini, gullarning optimal o’sishini, ularning intensiv va davomli gullashini ta'minlaydi; hosildorlikni ancha oshiradi va yetishtirilayotgan mahsulotning ta'm sifatini yaxshilaydi; tuproqda og’ir metallar va radionuklidlarni birlashtiradi, o’simliklarda nitratlar to’planishiga yo’l qo’ymaydi; doimiy ravishda yuqori ekologik toza hosil olinishini ta'minlaydi. Ushbu o’g’itni qo’llash qishloq xo’jalik mahsulotlarining agrokimyoviy xususiyatlarini yaxshilaydi, sifati va hosildorligini oshiradi. Biogumus yomg’ir chuvalchanglarining ajralishi yoki koprolitlarini namoyon etadi. U qora sochiluvchan va yoqimli hid taratuvchi, qora yerga o’xshagan tuproqsimon massadan iborat. Biogumus tarkibida katta miqdorda gumin moddalari (quruq og’irligiga 32%) - gumin kislotalar, fulvokislotalar va guminlar mavjud va shu tufayli yuqori agrokimyoviy va o’sishni stimullashtirish xususiyatlariga ega. Barcha to’yintiruvchi moddalar unda balanslangan birlikda va o’simliklar uchun biologik ruxsat etilgan birikmalar ko’rinishida bo’ladi. Biogumus tuproqqa qo’shilganda tuproq va
o’simliklar uchun
foydali bo’lgan
mikroorganizmlarning noyob yig’indisidan iborat bo’lib, ular fitogormonlar, antibiotiklar, fungisidlar va bakteresid birlashmalar ajratib chiqaradi, bu esa patogen mikrofloraning siqib 12 chiqarib tashlanishiga olib keladi. Natajada, bularning hammasi, tuproqni sog’lomlashtiradi va o’simliklarning keng tarqalgan ko’plab kasalliklarini bartaraf etadi. Biogumus tarkibi organik moddalardan tashkil topgan. Shuning uchun ham organik o’g’itlarning chirishidan biogumus hosil bo’ladi. Bizning mamlakatimiz dehqonchiligida organik o’g’itlarni keng ishlatish katta ahamiyatga egadir. Respublikamizning sug’oriladigan tuproqlari, ayniqsa, sahro tuproqlarida organik modda – yani biogumus juda kam. Shuning uchun qishloq xo’jalik ekinlarida yuqori hosil yetishtirish va tuproq unumdorligini oshirishda, ularni organik moddalar bilan boyitish uchun uni sun’iy ravishda ko’paytirish, o’g’it solish yoki hamma tuproqlarda almashlab ekishni joriy etish tavsiya etiladi. Biogumus qo’llanilganda tuproqning agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalari ijobiy tomonga o’zgaradi, tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati yaxshilanadi va o’simliklarning mo’tadil o’sib rivojlanishi hamda oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi [20]. Biogumusning hosil bo’lishi – organik moddalarning chirishidan hosil bo’lgan mahsulotdir. Tuproq chirindisi uning unumdorligini ko’rsatuvchi eng asosiy ko’rsatkich xisoblanadi. Chirindi o’z navbatida katta energiya manbayi, hilma-xil o’simliklar uchun o’ta zarur bo’lgan mikroelementlarni saqlovchi mabadir. O’zbekiston Respublikasining barcha sug’oriladigan yerlariga o’xshash Xorazm vohasi tuproqlari ham kam chirindilidir. Xorazm vohasi tuproqlaridagi chirindi, oziq-unsurlarning ko’rsatkichi, ularning zaxirasi, hamda antropogen omillarga bog’liq bo’ladi [56]. Tursunov L. va boshqalar (2005) ma’lumotlariga ko’ra tuproq qoplamining shakllanishida uning chirindisi va oziqa unsurlari hattoki ayrim suv-fizik xossalarini o’zgarishida tabiiy va antropogen omillarning katta ro’l o’ynashini ko’rsatib o’tadilar. Qishloq xo’jaligida doimo bir-xil ekin ekish tehnologiyasi yoki yerlarni surunkasiga ishlov berish har doim ham yaxshi natijalarga olib kelmasligini tadqiqotchilar ilmiy tasdiqlaydilar. Yuqoridagi ilmiy
tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda yerga surunkasiga ishlov berish, hamda tuproqda organik qoldiqlarni yetarli miqdorda qoldirmaslik, tuproqdagi chirindi miqdorining kamayib ketishiga olib kelishi mumkin [13]. 13 Demak organik moddalarga go’ng, hayvon qoldiqlari, yashil o’g’itlar, sanoat va shahar xo’jalik chiqindilari, go’ng bazasida tayyorlangan turli-xil kompostlar, daraxtlarning hazonlari va ariq loyqalari kiradi. Bularning hammasi mahalliy o’g’itlar hisoblanadi. Organik o’g’itlar tarkibida o’simlik uchun zarur bo’lgan oziq elementlar N2, P, K, Ca, Mg, S va mikroelementlar mavjud. Tuproqdagi organik moddalarning chirishi natijasida biogumus hosil bo’ladi. Uning tarkibi juda murakkab bo’ladi. Uning tarkibida ko’p miqdorda gumin, fulvo, gimatomelen kislotalari va guminlar ko’p uchraydi. Gumin kislotalar- Tuproq chirindisidagi eng muhim va harakterli kislotalardan biri hisoblanadi. Gumin kislotalari tarkibida bir necha element C, H, O, N va hakozalar bor. Gumin kislotalarining tuzilishida qatnashadigan moddalar tarkibining ma’lum bir sinfga mansub bo’lgan organik moddalar tashkil qiladi. Bu moddalar gumin kislotalari birikmasida ma’lum bir nisbatni tashkil qiladi. Shunday qilib, gumin kislotalari yuqori molekulyar organik moddalarning birikishidan tashkil topgan moddadir. Gumin kislotalari tarkibida 52,4-62,5% karbon, 2,4-4,8% vodorod, 3,3-5,0% azot, 11,0-18,8% kislorod bor. Gumin kislotalarini tuproqdan ishqoriy eritmalar yordamida ajratib olish mumkin. Bu gumat holida bo’lib, amorf shaklida H2SO4 ta’sirida cho’kmaga tushadi. Gumin kislota to’q tusli qora rangga ega. Uning gumin kislotalari, deb yuritilishining sababi ham shunda. Tuproqdan ajratib olingan gumin kislotasi preparati suvda mutlaqo erimaydi. Gumin kislotasi faqat ishqorda eriydi. Erigan gumin kislotalarini ba’zi bir mikroorganizm va o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtirilmaydi. Shuning uchun bu eritmani neytral holatga keltirish kerak, gumin kislotasi neytral holida bo’lmasa, organizmlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi [19]. Fulvokislotalar-Akademik I.V.Tyurinning ilmiy tekshirishlariga qaraganda, turli
xil tuproqlardagi fulvokislotalarning tarkibi quyidagi elementlardan iborat: karbon 44,3-46,3%, vodorod 5,0-5,9%, kislorod 44,2-48,6%, azot 1,1%. Fulvokislotalar gumin kislotalariga qaraganda rangsiz, ya’ni sarig’ishroq rangga ega. Chunki ularning tarkibida uglerod miqdori kam. Fulvokislotalar tuproqdagi alyumin, temir oksidlari bilan birikish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun, ular 14 tuproqda murakkab komplekslar hosil qiladi. Fulvokislotalar ishqorda eriydi, lekin kislotalar ta’siri bilan cho’kma bo’lib qolmaydi. Tuproqdan ajratilgan va preparat holiga o’tgan fulvokislota suvda eriydi. Shuningdek, bu kislota tuproqda kationlar bilan birikib, har-xil darajada eriydigan va harakat qiladigan kompleks birikmalar hosil qilish xususiyatiga ham ega. Fulvokislotalarning suvda eruvchanlik va dissotsiyalanish darajasi kuchli bo’lganligi uchun, ularning o’simliklar tomonidan oziq-modda sifatida o’zlashtirilishi oson bo’ladi. Fulvokislotalarda tuproqdagi mayda zarrachalarni bir-biriga bog’lash xususiyati kam uchraydi. Shu xil bog’lanish tuproqda mustahkamlana borsa, bu fulvokislotaning gumin kislotalar formasiga o’tishidan darak beradi.
Biogumusdan chiqadigan karbon kislota tuproqdagi mineral moddalarni eritadi. Tuproqning ustki qismida karbon kislotaning ko’payishi o’simlikdagi fotosintez jarayonini yaxshilaydi. Organik o’g’itlar tufayli tuproqda ko’p miqdorda mikroorganizmlar to’planadi. Ular o’simlikning oziq moddalarni o’zlashtirishni yaxshilaydi. Organik o’g’itlar tuproqda namlikni uzoq vaqt davomida saqlab turishga yordam beradi. Organik o’g’itlar tuproqdagi mikroorganizmlar uchun energetik manba hisoblanadi. Undan tashqari tuproqqa ko’p miqdorda mikroorganizmlar tushadi. Buning natijasida tuproqqa azot
to’plovchi bakteriyalar, nitrifikatorlar, ammoniyfikatorlar va boshqa guruh bakteriyalarning tuproqdagi hayot faoliyati kuchayadi. Ilmiy tadqiqot institutlarining ma’lumotlariga qaraganda 30-40 t organik o’g’itlarning parchalanishi natijasida biogumus hosil bo’lib va undan har kuni gektariga o’g’itlanmagan yerlarga nisbatan 100-200 kg CO2 ko’proq to’planadi.
O`zbekiston Respublikasining hududi tog’, tog’ oldi yerlari va tekisliklardan iborat bo`lib, xilma-xil landshaftlarni qamrab oladi. Bu landshaftlar orografiyasi va gidrotermik rejimiga ko`ra asosiy tuproq-geografik qonuniyatlari aniq namoyon bo`ladigan balandlik mintaqalari va
sahro-kenglik zonalariga ajratiladi. Respublikaning tog’lari uchlamchi davrning oxiri-to`rtlamchi davrning boshlanishida, kuchli alp orogenezi tektonik harakatlari natijasida hosil bo`lgan. Natijada uchlamchi davrda hududni egallagan dengizning transgressiyasi – chekinishi ro`y bergan. Alp orogenezi natijasida tog’larning ko`tarilishi va dengizning tez chekinishi, Orol va Kaspiy dengizlari oralig’idagi keng tekisliklarning quruqlikka aylanishiga sabab bo`lgan va ular tezlik bilan kontinental yotqiziqlarga to`la boshlagan. Baland ko`tarilgan tog’ tizimlari to`rtlamchi davrda shiddatli denudatsiyaga uchrashi natijasida tog’lardan tushayotgan materiallar qalin prolyuvial yotqiziqlar shaklida tog’ oldi tekisliklarini to`ldirgan va tog’ hududlaridan yiroqda bo`lgan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo va boshqa allyuvial tekisliklargacha olib chiqilgan. Daryo vodiylari yuvilgan uchlamchi yotqiziqlarda shakllanib, uni alohida massivlarga ajratgan. Kontinental yotqiziqlar qatlamlarining shakllanishi, ko`tarilishi davom etayotgan tog’ tizimlari sharoitida faol tektonik harakatlar fonida yuz berib, tog’ oldi tekislik hududlarida adirlarning hosil bo`lishiga sabab bo`lgan. Bu holat o`z navbatida daryo o`zanlarining chuqurlashishiga hamda bir qator terrasalarning hosil bo`lishiga olib kelgan. Tog’larning ko`tarilishi hududni Hind okeanidan to`sib iqlimning qurg’oqchil bo`lishiga olib kelgan. Bu davrda ko`tarilayotgan tog’ tizimlarining buzilgan maxsulotlari tekisliklarga olib chiqilib dengiz yotqiziqlari ustiga to`shalgan.
Keyingi davrda bu erlardagi yotqiziqlar daryolar va shamol ta`sirida 40 juda ko`p marotaba qayta yotqizilgan. Daryolarning o`zanlari hamda ular suvi miqdori o`zgarishi natijasida hududlarning namlanishi ham o`zgarib borgan. Ana shu jarayonlar ta`sirida O`zbekiston hududining bir qismi tekislik rel’efiga ega bo`lgan. Paleozoy zamini keyingi yotqiziqlar orasidan ko`tarilgan joylarda Sultonuiztog’, Tomditog’, Kuljuktog’, Bo`kantog’ va boshqalar hosil bo`lgan. Bu tog’larning dengiz sathidan balandligi 900 metrgacha yetadi. Tyon-Shon va PamirOloyning burmali qismlari esa juda katta balandliklarga ega. Respublikaning har bir tabiiy rayoni o`ziga xos rel’ef shakllarining tizimlariga ega. Ustyurt platosining dengiz sathidan balandligi 300 metrgacha bo`lib, kuchsiz to`lqinsimon rel’efga, Amudaryo va Orol degizi bo`yiga yaqin yerlarda 150 metrgacha bo`lgan keskin kesilmalarga ega. Quyi Amudaryo qayirallyuvial tekisliklari tekis rel’efga ega bo`lib, bu yerlarda 60-80 metr balandlikka ega bo`lgan qoldiq rel’ef shakllari ham uchraydi. Qizilqumda ham qoldiq tog’ rel’efi bilan birga kuchli shamollar yo`nalishiga mos ravishda to`planma qum shakllari: tizmalar, tepaliklar, barxanlar uchraydi. Sharqda esa o`rta va baland tog’ rel’efi shakllari ustunlik qiladi. Respublikamiz hududiga G’arbiy Tyon-Shon (Ugam, Pskem, Chotqol, Qurama) va Pomir-Oloy (Zarafshon, Hisor, Ko`hitang, Boysun tizmalari) tizmalari oxiri va yon bag’irlar kiradi. Nurota tog’i tizmalari balandligi 2169 metrgacha bo`lib, alohida ajralib turadi. Shu bilan birga Oqtog’, Qaroqchitog’, Gobduntog’, Zarafshon tizmasining g’arbiy oxiri kabi juda baland bo`lmagan, cho`qqilari yassi tog’lar ham bor. Bu hududlar baland tizimlar va tog’ oldi adirlari bilan tavsiflanadi. O`zbekiston hududini shartli ravishda 3 qismga bo`lish mumkin: respublikaning sharq va janubiy-sharq qismida joylashgan tog’lar; tog’ oldi hududlari; tog’ osti tekisliklari. Tog’ hududlari ororel’efning tipik shakllaridan iborat bo`lib, balandlikning keskin o`zgarishi, keskin yon-bag’irlar, chuqur daralar, o`tkir cho`qqilar bilan tavsiflanib, bu hududlar shiddatli eroziya va ma`lum miqdorda akkumlyatsiya arenasidir. Bu shakllar tog’ etagi tomon yassilanib boradi, bu huddudning eng pastki qismi “tog’ osti yassi tekisliklari”- deb nomlanadi. Tog’ 41 osti yassi tekisliklarining quyi qismidan tog’ va tekislik hududlarining chegarasi o`tadi. Tekislik qismida balandlikning kam o`zgarishi, uning suv ostida hosil bo`lganligi natijasidir. Bu yerlar qurigan dengizlarning tekis cho`kmalari yoki o`tmish daryo va ko`llarining yoyilmalaridir. Tekislik hududining katta qismida rel’ef eroziya va akkumlyativ jarayonlar ta`sirida shakllangan. Bu yerlar qadim jinslardan tashkil topgan tog’ qoldiq hududlari bo`lib, ular uchlamchi va to`rtlamchi davrlar yotqiziqlari bilan qoplangan. Bu hududlar “sahro past tog’lari”- deb ataladi. Respublika hududida yog’in-sochinlar har xil taqsimlangan. Sahro tekisliklarida yog’in-sochinlar 1 yilda 100-200 mm ni tashkil etadi. Tog’ oldi va tog’ hududlarida yog’in-sochinlar miqdori 900 mm gacha etadi. Tog’ tizimlari, tog’ oldi-tog’ osti to`lqinsimon tekisliklari, uchlamchi platolar, allyuvial-del’ta va keng sahro tekisliklari turli geologik tuzilishlari, tuproq hosil
qiluvchi jinslarining va gidrogeologik sharoitlarining har xilligi, hamda turli gidrotermik rejimlari hamda o`simlik qoplami bilan tavsiflanadi. Bu holat respublika hududida genetik jihatdan turli tuproqlarning rivojlanishiga sabab bo`lgan. Balandlik mintaqalari hududida yuqori yarusni subboreal va boreal o`tloqidasht sharoitlarida, ko`p hollarda buloqlar va doimiy qorliklar atrofidagi torfbotqoqli va o`tloqi tuproqlar kompleksida shakllangan baland tog’lik och qo`ng’iro`tloqi dasht tuproqlari egallagan. Och qo`ng’ir-o`tloqi dasht tuproqlardan pastda, o`rta tog’liklarda, ayrim hollarda past tog’larda ham, tog’ subboreal va subtropik iqlim sharoitlarida, butazor-turli o`tlardan iborat o`simliklar va siyrak archazor o`rmonlar qoplami ostida tog’ jigarrang tuproqlari shakllangan. Och qo`ng’ir-o`tloqi dasht va tog’ jigarrang tuproqlardan, iqlim sharoitining keskinligi va yon bag’irlarning kuchli qiyalikga egaligi tufayli asosan yaylov sifatida foydalaniladi. Bu tuproqlar asosan (kamayuvchi qatorda) Jizzax, 42 Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari tog’ tizimlarida keng tarqalgan. Bu tog’ tizimlari tekisliklar bilan tutashgan hududlarda, balandlik mintaqasiga kiruvchi bo`z tuproqlar tarqalgan. Ular subtropik iliq va issiq tog’ osti yarim sahro sharoitlarida shakllanadi. Bo`z tuproqlar to`rtlamchi davrning g’ovak yotqiziqlarida: asosan lyosslarda va lyossimon qumoqlarda, kam hollarda toshlik prolyuvial hamda delyuvial yotqiziqlarda rivojlangan. Bo`z tuproqlar tipchalar darajasida to`q tusli, tipik va och tusli bo`z tuproqlarga ajratiladi. To`q tusli bo`z tuproqlar, bo`z tuproqlar mintaqasining ustki qismini egallab, rel’ef sharoitlariga ko`ra past tog’larga kiritish mumkin bo`lgan tog’ oldi yer maydonlarida shakllanadi. Bu tuproqlar Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida keng tarqalgan. Bu erlardagi sug’oriladigan tuproqlarning eng katta yer maydonlari Toshkent viloyatida, lalmikor tuproqlari esa Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Tipik va och tusli bo`z tuproqlar tog’ oldi va tog’ osti hududlarida, ko`pincha lyoss va lyossimon qumoqlardan, kam hollarda mayin-skeletli prolyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan to`lqinsimon va nishabsimon tekisliklarda shakllanadi. Bu tuproqlar respublikaning ko`pgina viloyatlarida tarqalgan bo`lib, faqat Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida uchramaydi. Tog’ osti nishabliklarida, yaqin joylashgan (1-2,5 m) bosimli yer osti grunt suvlari ta`sirida o`tloqi saz tuproqlar shakllanadi. Bo`z tuproqlar mintaqasida, daryolarning quyi terrasalarida va konus yoyilmalarining chegara qismida grunt suvlari chuqur joylashmagan sharoitlarda (1-2,5 m) odatda sug’orma dehqonchilikda foydalaniladigan, o`tloqi allyuvial tuproqlar shakllanadi. Bo`z tuproqlar mintaqasining sug’oriladigan allyuvial va saz o`tloqi tuproqlari respublikaning boshqa tuproqlariga nisbatan eng yaxshi agrotexnik va agronomik xossa hamda xususiyatlarga ega. Bu tuproqlar tipik va och tusli bo`z tuproqlar mintaqalarida tarqalgan. Kenglik sahro zonasi hududida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari joylashgan bo`lib, Qashqadaryo
viloyatining g’arbiy qismi, 43 Navoiy viloyatining katta qismi, Surxondaryo viloyatining janubiy qismi va Farg’ona vodiysining markaziy qismi ham kiradi. Sahro zonasining uchlamchi qoldiq platolaridan, qadimiy konus yoyilmalaridan hamda Markaziy qizilqum va boshqa past tog’lar prolyuvial shleyflaridan iborat qadimiy yuzalarida shimoliy, tipik va kam rivojlangan sur tusli qo`ng’ir tuproqlar shakllangan. Tub jinslar elyuviyida rivojlangan sug’oriladigan sur tusli qo`ng’ir, sur tusli qo`ng’ir- o`tloqi va o`tloqi tuproqlar kam unumdor bo`lib, meliorativ jihatdan yaxshilash hamda ishlab chiqarish qobiliyatini oshirishga muhtoj. Bu tuproqlarning eng ko`p yer maydonlari Buxoro, Navoiy, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida uchraydi. Sahro-qumli tuproqlar o`simliklar bilan mustahkamlangan qumlarda shakllanadi. Doimiy sug’orish va grunt suvlari sathining 2-3 metrgacha ko`tarilishi sahro-qum tuproqlari gidrogeologik sharoitlarining o`zgarishiga va ularning sahroo`tloqi tuproqlarga aylanishiga olib keladi. Sur tusli qo`ng’ir va sahro-qum tuproqlar hamda tekis tubli pastqamliklardagi qumlar orasida o`ziga xos tuproqlar- taqirlar shakllanadi. Taqirlarning usti poligonal yorilgan, zich va o`simliksizdir. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining allyuvial tekisliklarida, Surxondaryo viloyatining prolyuvial tekisliklarida taqirli tuproqlar shakllanadi. Sug’oriladigan taqirli tuproqlar Buxoro, Surxondaryo va boshqa viloyatlarda uchraydi. Sug’orish natijasida taqirli tuproqlar taqirli-o`tloqi tuproqlarga aylanadi. Sahro zonasining daryo terrasalari va allyuvial-qayir tekisliklari hududida o`tloqi allyuvial tuproqlar keng tarqalgan. Sahro zonasida sho`rxoklar ham keng tarqalgan bo`lib, ular orasida Orol dengizining qurigan tubida rivojlangan sho`rxoklar egallagan yer maydoni bo`yicha eng ko`p tarqalgan hisoblanadi. 44 Sahroni tashkil etuvchi qumlar genezisi turlicha. Ular neogen qumliklar, qadimiy va zamonaviy allyuvial yotqiziqlar va boshqa jinslarning parchalanishi hosilasidirlar. Respublikamiz sug’oriladigan yerlari meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlarining amalga oshirilishi natijasida qishloq xo`jaligida bir qator yutuqlarga erishildi, sug’oriladigan tuproqlarning unumdorlik darajasi barqarorlashib, ularning unumdorligi sezilarli darajada ortib bormoqda. Lekin, Prezidentimiz Islom Karimov 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzasida ta`kidlaganlaridek “Qishloq xo`jaligi sohasida birinchi navbatda tuproq unumdorligini oshirish choralarini ko`rish, barcha agrotexnik tadbirlarni o`z vaqtida bajarish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy qilish bilan bog’liq, hali-hamon ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjud”. Bu imkoniyatlar birinchi navbatda sug’oriladigan tuproqlarda kechayotgan salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartraf etishga qaratilishi lozim. Bunday salbiy jarayonlarni bartaraf etish uchun: 1. Respublika tuproqlarining qaysi tuproq-iqlimiy mintaqada joylashganligini, xilma-xilligini, ularning rivojlanish sharoitlarini, genetik
xususiyatlarini, tarkibiy tuzilishini hamda agronomik xossa va xususiyatlarini e`tiborga olib aromeliorativ, agrotexnik va agrokimyoviy tadbirlarni tabaqalashtirib qo`llash zarur. Qishloq xo`jalik ekinlari albatta, hududlarning tabiiy-geografik o`rni, suv bilan ta`minlanganlik darajasi, tuproqlarning sifatiga qarab tabaqalashtirib joylanishi kerak. Sug’orish me`yorlari, muddatlari va davrlari har bir tuproq-iqlim 45 mintaqasida, qat`iy ravishda tuproqlarning hossa va xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. 2. Tuproqlarni organik modda-gumusga boyitish zarur. Har yili qishloq xo`jalik ekinlari tomonidan tuproqdan olib chiqiladigan azot, fosfor va ayniqsa kaliy moddalarining o`rnini qoplash, qishloq xo`jalik ekinlarini oziqa moddalari bilan maqbul nisbatlarda ta`minlash masalasi eng muhim muammolardan xisoblanadi. Hozirgi kunda sug’oriladigan tuproqlar ko`p hollarda azot bilan o`rta, fosfor bilan kam va kaliy bilan juda kam ta`minlanganligi natijasida ularning ekinlar uchun maqbul nisbatlari buzilganligini e`tiborga olib, fosforli, ayniqsa kaliyli o`g’itlarni talab darajasida qo`llash zarur. Kaliyli va fosforli o`g’itlar etishmagan joylarda asosiy e`tibor chorvachilik va parrandachilik, qishloq xo`jalik, sanoat va maishiy chiqindilardan, tabiiy agrorudalardan organik va organo-mineral o`g’itlar, kompostlar tayyorlashga hamda ularni qo`llashga qaratilishi kerak. Shu bilan birga mineral o`g’itlar qo`llashni agrokimyoviy kartogrammalar asosida, tuproq sharoitlarini va o`simliklar talabini e`tiborga olgan holda tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 3. Samarali almashlab va navbatlab ekish tizimlarini joriy etish zarur. Qishloq xo`jalik ekinlarini to`g’ri joylashtirish tuproqlar unumdorligini saqlash va qayta tiklash hamda qo`llanilayotgan agrotexnik va meliorativ tadbirlar samaradorligini oshirishning asosidir. Almashlab, navbatlab ekishni qo`llash natijasida tuproq organik moddaga – gumusga boyiydi, uning barcha agronomik xususiyatlari yaxshilanadi hamda bir vaqtning o`zida tuproq suv va shamol eroziyasidan muhofaza qilinadi. Almashlab ekish va ekinlarni joylashtirish tizimlariga beda va oraliq ekinlarni kiritish chorvachilikning em-xashak bazasini rivojlantiradi, natijada hozirgi kunda tanqis bo`lgan qimmatli organik o`g’it – go`ng tayyorlashni kengaytirish imkoniyatlari tug’iladi.
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling