Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat byudjeti – bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir.
15.Mavzu. Moliyaviy tizim
Reja. 1.Moliya bozori.Davlatning moliyaviy tizimi. 2. Soliqlar davlat byudjetining asosiy manbasi va solik turlari. 3. Davlat va iqtisodiyotga soliklarning ta’siri. 1. Moliya bozori Davlatning moliyaviy tizimi. “Pul-kredit siyosatini samarali yuritishning yana bir muhim ichki sharoiti mamla-katimizda to’laqonli faoliyat yuritadigan moliya bozori, xususan, qimmatli qog’ozlar bozori mavjud bo’lishidir. Moliya bozorining rivojlanishi va samarali faoliyati Markaziy bankka pul-kredit instrumentlarini bozor mexanizmlari asosida ishlatishga zamin yaratadi. Bu borada Moliya vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog’ozlari muomalaga chiqarilishi ham moliya bozorini rivojlantirishda dastlabki turtki bo’ladi.» Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyilgan vazifalar qatorida valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish va sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish zarurligini ta’kidlab o’tdi. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlashimiz shart. Avvalo, inflyatsiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas. Jahon tajribasini puxta o’rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash kontseptsiyasini ishlab chiqishimiz zarur. Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi bo’lishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirishi) doirasida kapital qo’yilmalar hajmining o’sishi investitsion faollikni rag’batlantiruvchi asosiy omil bo’ladi. Moliya vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog’ozlarining muomalaga chiqarilishi Markaziy bank uchun likvidlilikni tartibga solishda tijorat banklari bilan repo operatsiyalari amalga oshirilishi, pul-kredit siyosatining ochiq bozor operatsiyalari joriy etilishiga asos bo’ladi. Bu to’g’risida ham mamlakatimiz rahbari Murojatnomada «... moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo’lishi kerak va yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmatlari ko’lamini yanada kengaytirish, ilg’or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur», deya ta’kidlab o’tdilar Jahon tajribasini puxta o’rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, mo-netar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash kontsep-tsiyasini ishlab chiqishimiz zarur. Moliya vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog’ozlarining muomalaga chiqarilishi Markaziy bank uchun likvidlilikni tartibga solishda tijorat banklari bilan repo operatsiyalari amalga oshirilishi, pul-kredit siyosatining ochiq bozor operatsiyalari joriy etilishiga asos bo’ladi. Bu to’g’risida ham mamlakatimiz rahbari Murojatnomada «... moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo’lishi kerak. Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmatlari ko’lamini yanada kengaytirish, ilg’or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur», deya ta’kidlab o’tdilar. Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi eng avvalo davlat, uning turli mintaqa va hududlari, iqtisodiyotning tarmoq va sohalari, ishlab chiqarish birliklari, aholi turli qatlamlari o’rtasidagi pul mablag’lari oqimining samarali tashkil etilishiga bog’liq bo’ladi. Bunday pul oqimlari jamiyat real hayoti jarayonlarini aks ettirib, mamlakatdagi fuqarolar va yuridik muassasalar o’rtasida o’zaro munosabat va aloqalarni o’rnatadi. Davlat korxona va tashkilotlar, turli moliyaviy muassasalar, aholi ustidan o’zining barcha vazifalarini aynan moliya mexanizmi orqali amalga oshiradi. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi farovonligining o’sishini aks ettirib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshishini rag’batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi. Shunga ko’ra, moliya – pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasida turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi. 1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi. 2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. Milliy daromadning bir qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to’lovlari, aktsiz yig’imlari kabilar orqali davlat qo’lida to’planadi. O’z qo’lida to’plangan milliy daromadning katta qismini davlat moliya vositasida aholining ijtimoiy madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilishi, tibbiy xizmat ko’rsatish, maorif, nafaqa va stipendiyalarni to’lash va boshqalar), daromadlarning me’yordagi darajasini ushlab turish, milliy mudofaani ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi. 3. Moliyaning rag’batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Har ikki holda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning pirovard natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. 4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo’lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag’ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi o’z ichiga turli darajadagi byudjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug’urta fondlarini, davlatning valyuta zahiralarini, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarini oladi. Eng avvalo, korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan farqlash lozim. Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo’li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, ijtimoiy sug’urta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug’urtasi fondini o’z ichiga oladi. Davlat pul mablag’larining asosiy markazlashgan fondi bo’lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti – bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti orqali o’tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir. Davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi tashkiliy tuzilmalar majmui mamlakat byudjet tizimini namoyon etadi. Mazkur tizim eng avvalo mamlakatning davlat tuzilishi xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Ayrim mamlakatlarda, jumladan, O’zbekistonda byudjet tizimi ikki darajali – davlat va mahalliy byudjetdan iborat bo’ladi. Federativ davlat tuzilishiga ega bo’lgan mamlakatlarda (masalan, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya) yana oraliq bo’g’in – shtatlar, Federatsiya sub’ektlari va boshqa tegishli ma’muriy tuzilmalar byudjetlari mavjud bo’ladi. Davlat byudjetining ikki tomoni bo’lib, bir tomonida byudjetga kelib tushadigan daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy xarajatlarning tarkibi va miqdori o’z ifodasini topadi. O’zbekistonda davlat byudjetining tuzilishi, daromadlari va xarajatlarining tarkibi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi. Mahalliy byudjet hokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shahar) byudjetlaridan iborat bo’lib, bunday bo’linish mavjud moliyaviy resurslarni nisbatan to’laroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Hokimiyat quyi organlari byudjetining daromadlari o’z hududidagi korxonalar daromadi, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali shakllanadi. Mahalliy byudjet daromadi qisman davlat byudjetidan beriladigan subsidiyalar hisobiga ham to’ldiriladi. Mahalliy byudjet mablag’lari tegishli hududda ta’lim, sog’liqni saqlash, obodonchilik, yo’l qurilish va shu kabilarga sarflanadi. Davlat mol-mulk va shaxsiy sug’urtasi umumdavlat moliyasining keyingi bo’g’ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to’lovlari hisobiga shakllanadi. Fond mablag’lari mol-mulkiy sug’urtasiga va shaxsiy sug’urtaga pul to’lashni ko’zda tutadi. Shaxsiy sug’urta aholining pul jamg’armalarini tashkil qilishning shakllaridan biri bo’lib ham xizmat qiladi. Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy ishlar bilan shug’ullanuvchi tashkilot va muassasalarning moliyasini ham o’z ichiga oladi. Kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va boshqa ilmiy-ma’rifiy jamiyatlarning ham o’ziga xos moliyasi mavjud bo’ladi. Bunday ijtimoiy tashkilotlarning moliyaviy resurslarining manbai tashkilotga a’zolik to’lovlari va davriy badallari, tijorat faoliyatidan kelgan daromad, homiylar ajratgan yoki xayriya qilgan mablag’lardan iborat bo’ladi. Jamiyat moliya tizimida maxsus va xayriya fondlari ham alohida o’rin tutadi. Bu fondlar turli xo’jalik sub’ektlari va aholining pul mablag’larini aniq bir maqsad yo’lida birlashtiradi va ishlatadi. Mazkur fondlarga respublikamizda amal qilib turgan “Mahalla”, “Navro’z”, “Orol”, “Ulug’bek” singari fondlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o’tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug’urta (ijtimoiy sug’urta, tibbiy sug’urta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko’mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling