Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 2.53 Mb.
bet136/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

Asosiy tayanch tushunchalar:

Jahon xo’jaligi – xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo’jaliklari tizimi.


Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni.
Xalqaro mehnat taqsimoti – alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.
Globallashuv – jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmui.
Kapitalning xalqaro harakati – kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi – ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishi.
Emigratsiya – ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib ketishi.
Immigratsiya – ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:



  1. Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o’ziga xos xususiyati nimadan iborat? Jahon xo’jaligining milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday?

  2. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash qanday mezonlarga asoslanadi? Ularni turkumlash bo’yicha hozirgi davrdagi yondoshuvlarga asoslanib davlatlarning asosiy guruhlarini ajratib ko’rsating.

  3. Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi jarayonining mohiyati nimadan iborat?

  4. Globallashuv jarayoni nima va uning qanday yo’nalishlari mavjud? Globallashuv jarayonining ziddiyatli jihatlarini gapirib bering.

  5. Xalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy sharoitdagi tafovutlar qanday rol o’ynaydi?

  6. Jahon narxlari qanday qiymatga asoslanadi? Jahon narxlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tavsifini bering.

  7. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo’ladi? Ularning asosiy shakllarini sanab ko’rsating.

  8. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi to’g’risida tushuncha bering. Xalqaro migrantlar qanday toifalarga ajratiladi?

  9. Jahon infratuzilmasi tarkibiy qismlarining tavsifini bering va ularning har birining ahamiyatini ko’rsating.

  10. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni nima zarur qilib qo’yadi? Hozirda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qanday xalqaro tuzilmalarni bilasiz?




Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling