Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
-MAVZU: Davlatning iqtisodiy roli
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
6-MAVZU: Davlatning iqtisodiy roli.
1) Ikkinchi jahon urushdan keyingi davrda AQSh da hukumat xarajatlarining yillik ulushi o’rtacha olganda YaMM ning 20% ni tashkil qilib keladi. P.Samuelsonning fikricha, jamiyatda qator muammolar (sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqalar) borki, ularni sof bozor usullari bilan hal qilib bo’lmaydi. A.Smit nuqtai nazariga ko’ra esa davlat va iqtisodiyot o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning asosiy tamoyili – bu «arzon davlat» tamoyili bo’lishi kerak. Yuqorida keltirilgan jumlalar ustida fikr yuriting va quyidagi savollarga javob bering. A) Sof bozor iqtisodiyoti tushunchasini qanday tavsiflash mumkin? B) «Aralash iqtisodiyoti» tushunchasiga qanday fikr berdingiz? 2. Quyidagi ma’lumotlarga diqqat bilan e’tibor qiling. AQSh federal xukumatining byudjet strukturasi, 1990 yil. Daromad % -individual 44,1 -korparativ 11,1 -soliqqa tortishning boshqa turlari harajatlari 44,8 -milliy mudofa 26,3 -fundamental fanlar 1,2 -soliqni saqlash 4,5 -boshqa harajatlar 68 Ushbu ma’lumotlar tahlilidan kelib chiqib quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling: Jamiyat ne’matlari nima? Odatdagi xususiy ne’matlarni iste’mol qilishdan farqli (o’laroq) jamiyat ne’matlarini iste’mol qilishning xususiyati nimada? Jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarishni kim va nima uchun moliyalashtiradi? Quyidagi keltirilgan faktik materiallarni tahlil qiling: 1990 yil AQSh federal byudjetida tabiatni muhofaza qilishga ajratilgan harajatlar 14,4 mlrd doll.ni tashkil qiladi. Iyul oyida Parijda «katta ettilik» yig’ilishi qatnashchilari murojaat qildilar: «Erning ekologik balansini aniqlashtirish va saqlash uchun shoshilinch chora qabul qilish zarur. Iqtisodiy va ijtimoiy sohalaridagi umumiy muammolarni hal qilish maqsadida planetada sog’lom, muvozanatli atrof-muhitni yaratish va saqlashga erishish uchun biz o’z imkoniyat va kuchlarimizni birlashtiramiz». Quyidagi savollarga javob bering: 1) Salbiy eksternallar deganda nimani tushunasiz? 2) Nima uchun ko’pincha aynan bozor tizimidagi davlatlar salbiy ekstrenallarni minimallashtirish muammolari bilan shug’ullanadi? 3) Makroiqtisodiy siyosiy maqsadlari sifatida quyidagilarni aytish mumkin: YaMM, bandlik, narxlarining barqarorligi, muvozanatli to’lov balansi, iqtisodiy o’sish, atrof muhitni muhofaza qilish. 1) Davlat maqsadlardan ba’zilarini tanlashi mumkinmi? 2) Davlat maqsadlardan ba’zilarini tanlashi mumkinmi? Taxminan oxirgi 50 yil ichida AQSh da aholining turli tabaqalari daromadlari o’rtasidagi farq kamaydi. Quyidagi savollar yuzaidan o’zingizning mustaqil fikringizni bayon qiling. Daromadlarni qayta taqsimlash Davlat makroiqtisodiy siyosatining dastgohi hisoblanadimi? Davlat qanday qilib daromadlarni qayta taqsimlashni amalga oshiradi. Daromadlar tengsizligi adolatdanmi yoki daromadlar tengligi adolatsizlikmi? Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling