1-mavzu: «Iqtisodiyot» kirish
1. Quyidagilarning qaysi biri iqtisodiyot taaluqli emas va nima uchun?
1. Ehtiyojlarning maksimal darajada qondirilishi;
2. Cheksiz resurslar;
3. Cheksiz ehtiyojlar;
4. Resurslardan samarali foydalanish.
2. Mikroekonomika va makroekonomikaga taaluqli fikrlarni aniqlang.
A) davlat narxlarni erkinlashtirish siyosatini amalga oshirmoqda.
B) uzoq davr mobaynida yog’ingarchilikning bo’lmasligi O’zbekistonning bir qancha hududida don ekinlari hosildorligini kamaytirdi.
V) O’zbekistonda minimal ish haqqi 11550 so’mni tashkil etadi.
G) byudjet kamomatning bartaraf etilishi inflyatsiya darajasini pasaytirish vositalaridan biridir.
D) soliq stavkalarining pasaytirlishi mamlaktda ishlab chiqarishfaolligining oshishiga olib keladi.
E) studentning stipendiya miqdori uning oilasining o’rtacha daromadiga yoki o’zining shaxsiy daromadiga bog’liqdir.
J) milliy pul birligining konvertatsiyasini joriy qilinishi tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish elementlaridan biridir.
3. Quyidagi iqtisodiy oqimlarni ular paydo bo’lishini tarixiy ketma ketlikda joylashtiring:keynschilik, fiziokratlar, marjinalizm, klassik oqim, neoklassik oqim, merkantelizm.
4. Quyidagi bog’liqliklarni ko’rib chiqing:
A) daromad va ta’lim olish;
B) past daromad va ko’p bolalilik;
V) ish haqqining o’sishi va mamlakatda narx umumiy darajasining o’sishi;
G) bozorda tovar taklifining o’zgarishi va shu tovar narxining o’zgarishi.
Bu erda sabab nima va oqibat nima? Sabab va oqibatning o’rni almashsa bo’ladimi?
2-mavzu: Iqtisodiy tizim turlari .
«Iqtisodiy tizim» - .... Ta’rifni davom ettiring.
Iqtisodiy tizim turlarini davriy ketma-ketlikda yozing:
-bozor iqtisodiyoti;
-buyruqli iqtisodiyot;
-aralash iqtisodiyot;
-an’anaviy iqtisodiyot.
3. Formatsiyalarni to’ldiring:
-Quldorlik, kapitalizm.
4. Bir turdagi mahsulot shlab chiqarishga yoki bir xil ishni bajaruvchilar mehnati qaysi texnologik shaklga tegishli?
5) Turli iqtisodiy tizimlar iqtisodiyotning asosiy muammolarini qanday echadilar?
6) Har bir tizim avvalgisiga qaraganda samaraliroqdir. Izoh bering.
Monostrukturali va polistrukturali tizimlar ma’nosini tushuntirib bering.
Giffen samarasi nimani anglatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |