Ish haqini aniqlash mavzusi bo’yicha
KEYS-TEXNOLOGIYaSI
«YoSh MUTAXASSISLAR: LAVOZIMGA KO’TARISh VA ISh HAQINI OShIRISh»
PEDAGOGIK ANNOTATsIYa
Fanning nomi: “Iqtisodiyot ”.
Mavzuning nomi: “Ish haqi ni aniqlash” mavzusiga moslangan keys.
Keysning maqsadi: Talaba (Keysolog)larda mavzu bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish, mutaxassis, ishchilarga qo’shimcha ish haqi tayinlash mezonlarini tahlil qilish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat.
O’quv faoliyatidan kutilayotgan natijalar:
Mavzu bo’yicha talabalar bilimini chuqurlashtirish, muzey faoliyatini o’rgangan holda, bilimni chuqurlashtirish, mutaxassilarni, ishchilarni lavozimlarga tayinlash, mutaxassislarni o’zaro raqobatlashuvi tahlilini o’rganib chiqish va berilgan muammolarni echish.
Talaba keysni muqaffaqiyatli bajarishi uchun o’rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat to’g’risidagi ma’lumotlarni o’zlashtira olishi, mustaqil iqtisodiy fikrlash malakasi hamda ilmiy-me’yoriy xujjatlar asosida guruxiy munozara qilish ko’nikmasi va muqobil qaror qabul qilish mahoratiga ega bo’lishi kerak.
Keys bajarish bo’yicha talabalarning bilimi, uquvi va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar.
a) Talabalar aniq tasavvurga ega bo’lishi kerak:
- ish haqini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni;
- ish haqini hisoblashda nimalarga e’tibor berishlishini;
- ish haqini oshirishda kasaba uyushmalarining roli;
- korxona faoliyatida mehnat munosabatlarini to’g’ri tashkil qilishni ahamiyati.
b) Talabalar yaxshi tushunishlari va bilishlari kerak:
- ish haqi shakllari va turlarini;
- eng kam ish haqi miqdorini;
- tarif tizimi va tarif setkasini;
- tarif malaka-ma’lumotnomasi va stavkasini.
s) Talabalar bajara olish ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim:
- ish haqini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar asosida korxona ishchi va xizmatchilariga ish haqini belgilay olish;
- tarif malaka-ma’lumotnomasi, tarif tizimi va stavkasi asosida ish haqini hisoblay olish;
- eng kam ish haqiga asoslangan holda oylik maoshlardan soliqlarni hisoblay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |