Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
16-mavzu. Xalqaro savdo
1) Quyidagi operatsiyalarning qaysi biri O’zbekiston iqtisodiyoti nuqtai nazaridan kapital eksportiga tegishli. a) O’zbekiston Milliy Banki Tojikiston yirik kompaniyasiga 100 ming $ dollar ssuda berdi. v) O’zbekiston importeri Rossiya «Zil» zavodidan olingan ehtiyot qismlarni to’lash uchun yirik Rossiya bankidan qisqa muddatli qarz oldi; g) Toshkentdagi konditer fabrikasi Rossiyaning shokolad ishlab chiqaruvchi korporatsiyasining aktsiyalarini sotib oldi. 2) Quyida keltirilgan ma’lumotlar asosida «Delta» mamlakatining to’lov balansini tuzing, har bir operatsiyani «kredit» va «debet»ga ajrating. Neft eksporti __________________ 6 mln.doll Don Importi ___________________ 5 mln.doll. Qurol-asloha eksporti ____________ 2 mln.doll. Mamlakatga kelgan turistlardan ______ 6 mln.doll. Mamlakatdan chet elliklarga o’tkazilgan pullar __________________ 2 mln.doll. Frantsiya xususiy korparatsiyalarining aktsiyalarini sotib olish______________ 6 mln.doll Chet el fuqarolaridan oltin sotib olish ________________________ 1 mln.doll 3) Yuqoridagi masala (№2) ma’lumotlari asosida joriy balansva kapital harakati balansi bo’limlari ko’rsatilgan holda to’lov balansini tuzing. 4) Valyuta bozorida 1 AQSh dollarining kursi 900 so’mdan 1000 so’mga ko’tarildi. Bu eksport va import miqdoriga qanday ta’sir qiladi? 5) Faraz qilaylik, AQSh va Angliya valyutalarining almashuv kursi 2 doll.q1 f.st. AQSh da inflyatsiya sur’ati yiliga 3%, Angliyada esa -10%. Jamg’armani bu valyutalarning qaysi birida saqlash maqsadga muvofiq? Quyidagi suratda mamlakatning ma’lum davrda amalga oshirgan eksporti va importi nisbatlari ko’rsatilgan. Eksport- import Import Eksport
0
Daromadlar Eksportning o’zgarmasligini va importning o’zgarishini qanday tushuntirish mumkin? Grafikning qaysi qismida mamlakat savdo balansining ijobiy samarasiga va qaysi qismida salbiy saldosiga ega bo’ladi? 8) Ikkita bir xil matatsiklning bittasi Rossiyada ishlab chiqarilgan va narxi 4 mln.rub, ikkinchisi AQSh da ishlab chiqarilgan bo’lib narxi 2 ming doll. AQSh valyutasining nominal almashuv kursi 5000 rub G’ 1 AQSh doll.ni tashkil etadi. Bunday holatda real almashuv kursi qanday bo’ladi? 9) Yuqoridagi 8-masala Rossiya mototsikli narxi inflyatsiya tufayli 6 mln.rubl. bo’lib qoldi. Agar valyuta nominal kursi o’zgarmay qolsa, real almashuv kursi qanday bo’ladi? 10) Quyidagi valyuta kurslarining qaysi biri O’zbekiston iqtisodiyoti nuqtai nazaridan so’mning to’g’ri kotirovkasi hisoblanadi. 1000 so’m G’ 1 AQSh doll. yoki 0,001 AQSh doll.G’ 1 so’m. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling