Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
-chizma. Talab egri chizig’i
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Giffen samarasi
3-chizma. Talab egri chizig’i.
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni tasviriy aks ettiradi. Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo’lgan tovar miqdorini ko’rsatadi. Narx va talab hajmining o’zgarishi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni ko’rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig’i deyiladi. Agar talab egri chizig’i o’zining oldingi holatida qolsa va bunda u yoki bu tovarni sotib olishdagi har qanday miqdoriy o’zgarish talab miqdorining o’zgaruvchanligini bildiradi. Talab qonunining amal qilishi quyidagi sabablar orqali izohlanadi: 1) har qanday narx iste’molchi uchun to’siq vazifasini o’taydi. Iste’molchilar ma’lum bir tovarni uning narxi past bo’lsa, ko’proq sotib ola boshlaydi. Iste’molchi uchun narx sotib olishga xalaqit qiluvchi to’siq sifatida namoyon bo’ladi. Bu to’siq qancha yuqori bo’lsa, u shuncha kam tovar sotib oladi. Boshqacha aytganda, yuqori narx iste’molchining xarid qilish istagini so’ndiradi, past narx esa bu istakni kuchaytiradi. Real iqtisodiy hayotda ba’zan bu qoidaga zid bo’lgan, ya’ni ayrim tovar narxining o’sishi bilan unga bo’lgan talab miqdorining yanada ortishi holati ham uchraydi. Bu holat Giffen samarasi deb (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan) ataladi. Giffen kambag’al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste’mol qilish kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab ko’rsatkan. Tushuntirish shunga asoslanadiki, kartoshka kambag’al oila ovqatida mahsulotlarning asosiy qismini egallaydi. Agar kartoshka narxining o’sishi ro’y bersa, bunda kambag’al oila go’sht sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bo’ladi, o’zining ko’p bo’lmagan daromadining barchasini kartoshka sotib olishga sarflaydi. Demak, bunday vaziyatda narxlarning oshishi zarur tovarlarga talabning kamaymasdan, aksincha uning oshishiga olib kelishi mumkin. 2) almashuv samarasining amal qilishi. Ayrim holatlarda tovar narxining pasayishi natijasida iste’molchining, boshqa tovarlar xarid miqdorini qisqartirmagani holda, ushbu tovarni oldingiga nisbatan ko’proq miqdorda sotib olish imkonining paydo bo’lishidir. Boshqacha aytganda, tovar narxining pasayishi iste’molchi pul daromadining xarid quvvatini oshiradi, buning natijasida u oldingiga ko’ra ko’proq tovar sotib olish imkoniga ega bo’ladi. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling