63. Yalpi taklif egri chizig’ining qaysi kesmasida ishlab chiqarish hajmi o’zgarmaydi?
a) tik kesmada;
b) oraliq va yotiq kesmada;
v) oraliq kesmada;
d) yuqoridagilarning barchasida.
64. Shaxsiy daromad 65000 so’m bo’lib, uning 52000 so’mi iste’molga ketsa, iste’molga o’rtacha moyillik necha foizni tashkil etadi?
a) 100%;
b) 80%;
v) 85%;
d)82%.
65. 65000 so’m shaxsiy daromaddan 13000 so’mi jamg’arma sifatida ishlatilsa, jamg’armaga o’rtacha moyillik necha foizni tashkil etadi?
a) 20%;
v) 50%;
g) 25%;
d) 80%.
66. Jamg’arish normasi qanday aniqlanadi?
a) jamgarish fondining butun milliy daromad hajmiga nisbatining foizdagi ifodasi;
b) shaxsiy daromadning iste’mol darajasiga nisbatining foizdagi ifodasi;
g) aholi umumiy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi;
d) to’g’ri javob yo’q.
67. Innovatsiya - ................
a) yangi texnika-texnologiyalarni ishlab chiqarish uchun mablag’larni yo’naltirish;
b) eksport uchun mablag’larni yo’naltirish;
g) xalq xo’jaligi tovarlari importini kuchaytirish;
d) to’g’ri javob yo’q.
68. Ekstensiv iqtisodiy o’sishga qanday erishiladi?
a) ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli;
b) ishlab chiqarish omillarini sifat jihatdan takomillashtirish tufayli;
v) ishchi kuchiga yuqori darajada ish haqi to’lash tufayli;
d) takomillashgan texnika-texnologiyadan foydalanish tufayli.
69. Intensiv iqtisodiy o’sishga qanday erishiladi?
b) ishlab chiqarish omillarini sifat jihatdan takomillashtirish orqali;
v) progressiv ishlab chiqarish vositalari va yangi texnikani qo’llash orqali;
g) mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish orqali;
d) barcha javoblar to’g’ri.
70.Milliy boylik nima?
a) insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat boyliklari;
v) yalpi ijtimoiy mahsulotning yangidan hosil qilingan va uning qiymatda ifodalanadigan qismidir;
g) faqat tabiat resurslari majmuining qiymat shakli;
d) to’g’ri javob yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |