Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular iqtisodiyotning qanday ko’rinishlari uchun xos ekanligini izohlang.
Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud?
Makpoiqtisodiy ko’pcatkichlap nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o’ynaydi?
YaIM va SMM bip-bipidan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy dapomad-chi?
Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering.
YaIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat.
Nominal va real YaIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini ko’rsating.
Agar joriy yildagi nominal YaIM hajmi 700 mlrd. so’mga, narx indeksi 1,5 ga teng bo’lsa, real YaIM hajmi qancha bo’ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng bo’lsa-chi?
Takroriy hisob, qo’shilgan qiymat, oraliq mahsulot va pirovard mahsulot tushunchalarini izohlab bering.
11 - Mavzu.Bank tizimi
Reja
1.Bank tizimi. Markaziy bank va uning vazifalari.
2.Tijorat banklari va ularning vazifalari
3.Bank tizimini takomillashtirilishi
1 Bank tizimi. Markaziy bank va uning vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta’minlashda banklar muhim rol o’ynaydi. Banklar pul mablag’larini to’plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy muassasadir.
Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo’lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi.
Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib, o’z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi. «Markaziy bank boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish...» ustivor yo’nalishlardan hisoblanadi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |