1-jadval. O’zbekiston Respublikasida 2000-2004 yillarda inflyatsiyaning asosiy ko’rsatkichlari (o’tgan yilning mos davriga nisbatan narxlarning o’sishi, %da) 49
Yillar
|
Iste’mol tovarlari narxlari yig’ma indeksi (INI)
|
Oziq-ovqat tovarlari
|
Nooziq-ovqat tovarlari
|
Xizmatlar
|
2000
|
24,9
|
18,9
|
36,6
|
47,1
|
2001
|
27,4
|
27,9
|
21,1
|
36,9
|
2002
|
27,6
|
28,0
|
19,3
|
41,3
|
2003
|
10,3
|
5,4
|
13,9
|
30,9
|
2004
|
1,6
|
-4,7
|
6,3
|
23,6
|
Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi.
Inflyatsiya turlari.
Kelib chiqish sabablari va o’sish sur’atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlarini farqlash mumkin.
1. Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o’zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko’paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to’liq foydalanilgan bo’ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Talab inflyatsiyasini quyidagi chizma orqali ham izohlash mumkin (2-chizma).
Chizmadan ko’rinadiki, iqtisodiyotdagi pul hajmining ko’payishi qisqa muddat ichida yalpi talabni AD1 dan AD2 ga siljishiga olib keladi. Agar bu vaqtda iqtisodiyotning holati yalpi taklif egri chizig’ining oraliq (2) yoki tik (klassik) (3) kesmasiga mos kelsa, bu narx darajasining o’sishiga, ya’ni talab inflyatsiyasining ro’y berishiga olib keladi.
Narx
darajasi AS
3
P2
AD2
2
P1
1 AD1
0 Q1 Q2 Real YaMM
2-chizma. Talab inflyatsiyasi.
2. Taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o’zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi keltirib chiqadigan inflyatsiya mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko’payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. Bu holatni ham chizma orqali ko’rib chiqamiz (3-chizma).
Narx
darajasi AS2 AS1
Do'stlaringiz bilan baham: |