Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Download 2.53 Mb.
bet1/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT VA SERVIS kafedrasi
IQTISODIYОT”
fanidan
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
Farg’ona-2022
Iqtisodiyot fanidan o’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 yanvarda № BD 5230100 bilan ruyxatga olingan va 2020 yil 2 fevraldagi №32 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot” fanining o’quv dasturiga muvofiq tayyorlangan.

Tuzuvchilar: N.Olimova- Iqtisodiyot va servis kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi
S.Xazratqulov - Iqtisodiyot va servis kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchilar:
Z.Tojiboyev – Iqtisodiyot va servis kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi
E.Mo’ydinov – Iqtisodiyot va servis kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi
“Iqtisodiyot” fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua Farg’ona davlat universiteti O’quv-uslubiy Kengashining 2022 yil 30 avgustdagi №1- sonli qaroriga muvofiq o’quv jarayoniga tatbiq etish uchun tavsiya etilgan.


Mundarija
1.Iqtisodiyotga kirish 5
2. Iqtisodiy tizim turlari 12
3. Talab, taklif, bozor muvozanati 19
4. Ishlab chiqarish, xarajatlar 31
5. Monopolistik raqobat, oligopoliya 45
6. Davlatning iqtisodiy roli 62
7. Ish haqini aniqlash 71
8. Daromadlarning taqsimlanishi, tengsizlik , qashshoqlik 85
9. Makroiqtisodiyotga kirish 95
10. Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar 102
11. Bank tizimi 116
12. Pul, inflyatsiya 122
13. Pul kredit siyosati 131
14. Iste'mol, jamģarma va investitsiyalar 144
15. Moliyaviy tizim 158
16. Xalqaro savdo 172
17. Iqtisodiyot fanidan misol va masalalar to'plami 188
18. Atamalar 206
19. Testlar 210
Kirish

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to’g’ri va izchil iqtisodiy siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Jumladan, milliy xo’jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimdan meros bo’lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o’zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolarida milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi shakllandi. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilmoqda.


Jamiyatda ro’y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo’lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo’lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g’oyalarini shakllantirish, iqtisodiy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Ayni paytda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev asarlaridan, ayniqsa Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida qilgan ma’ruzalaridan bizga shu narsa ma’lum bo’lib turibdiki, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda o’z echimini topmagan muammolar, hal kilinishi lozim bo’lgan vazifalar ham mavjud. Ko’pgina korxonalarning zarar ko’rib ishlayotganligi, ularning moliyaviy ahvoli qiyinlashib, bankrotga uchrayotganligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning, mulkdorlar sinfining sekin shakllanayotganligi, iqtisodiyotda ular ulushining kamligi, qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, fermer xo’jaliklarini rivojlantirish qiyinchiliklari, tovar, xizmat va kapital eksportining sekin o’sayotganligi va boshqalar shular jumlasidandir.
Ushbu iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning echimini izlab topish, tushunish ko’p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning, uni chuqurlashtirishning, iqtisodiyotni erkinlashtirishning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog’liqdir. Iqtisodiyot fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo’jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo’jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo’lib, unumli mehnat qilish yo’llarini va shakllarini o’rgatadi. Iqtisodiyot fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog’liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko’payishi, uning to’g’ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog’liqligini ham o’rgatadi. Shuning uchun barcha yo’nalishlardagi bakalavriat talabalari uchun «Iqtisodiyot» fanidan o’quv uslubiy majmua tayyorlanishi ham bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu o’quv metodik majmua yangi davlat standarti talablari bo’yicha tuzilgan va Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan yangi namunaviy o’quv dasturi asosida yozildi. Unda dasturdagi barcha mavzular qamrab olingan, lekin hajmi cheklangan bo’lganligi uchun ko’pgina materiallar iloji boricha qisqartirib berildi. Shuning uchun matnda kamchilik va munozarali jihatlar ham bo’lishi mumkin. Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda misollar, jadvallar, grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilindi.
Mazkur o’quv-uslubiy majmuada ba’zi juz’iy kamchiliklar, munozarali qarashlar va atamalar uchrashi mumkin. Shunga ko’ra majmua haqidagi fikr-mulohazalarini bildirgan hamkasblarga mualliflar o’z minnatdorchiligini bildiradi.



Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling