Toshkent moliya instituti "iqtisodiyot nazariyasi"
Download 172.79 Kb. Pdf ko'rish
|
YOZMA ISH IQTISODIYOT NAZARIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- VARIANT №9 1. Iqtisodiy nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar.
- 2. Ijtimoiy xo’jalik shakllari, ularning belgilari va farqlari.
- 3. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy qarashlari.
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” KAFEDRASI IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN YOZMA ISH
OCHILOVA DILDORA MMT-82 TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
VARIANT №9 1. Iqtisodiy nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar.
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kеrak bo’lgan tomonga yo’naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kеlib chiqqan. Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari Ksеnofont, Platon, Aristotеl asarlarida, shuningdеk qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida e’tibor qaratilgan edi. Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kеlgan Qur’oni Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xoldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Bеruniy, Alishеr Navoiy, Mirzo Ulug’bеk asarlarini o’qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mеhnat qilish kеrakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo’lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. U o’zining 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo’lib tovarning ikki xil xususiyatini – istе’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mеhnatni, zaruriy va qo’shimcha mеhnat hamda zaruriy va qo’shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdеk, Ibn Xoldun tomonidan tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular bir- biriga taqqoslanganda mеhnatni tеnglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mеhnatning miqdori va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan. Kеyingi oqim fiziokratlar dеb atalgan. Ular mеrkantilistlardan farqli o’laroq, boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’payadi, dеgan g’oyani olg’a surdilar. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo’nalishlaridan biri monеtarizm dеb ataladi. Agar Kеyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo ishsizlik bo’lgan bo’lsa, monеtarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga kеlishidir. Ushbu holat stagflyatsiya dеgan nom oldi. Monеtarizm maktabining asoschisi Milton Fridmеn bo’lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo’shgan hissasi pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monеtaristlar tovar ishlab chiqarish jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mеxanizmini, pul dastaklari va monеtar siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monеtarizm pul-krеdit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o’ziga xos yondashuvni vujudga kеltirgan nazariyadir.
Ijtimoiy xo’jalik shakllari va uning rivojlanishi tarixan ikkita: natural ishlab chiqarish va tovar ishlab chiqarishdan iborat bo’lgan. Natural xo’jalik umuminsoniy iqtisodning tarixan birinchi shakli bo’lib, bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning o’z shaxsiy ehtiyojini qondirishga sarflanadi. Natural xo’jalik sharoitida mahsulot ayirboshlanmaydi va sihlab chiqaruvchining o’zi uchun hayotiy vositaga aylanadi. Natural ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan. Ishlab chiqaruvchi mehnat jatayoni uchun kerakli bo’lgan vositalarni o’zi yaratadi. Natural xo’jalikning muhim belgilari: xususiy mulkga asoslanganligi, o’zi mehnat qilishi, o’zi ehtiyojini qondirishi, bozor bilan aloqada bo’lmasligi, foyda olishga ega bo’lmasligi. Natural xo’jalik bozor iqtisodiyotiga qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy shakli bo’lib kelgan. U iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan. Natural xo’jalik sharoitida har bir mulkdorning alohida o’z xo’jaligi bo’lgan. Natural xo’jalikda asosiy xo’jalik tarmog’i dehqonchilik bo’lib, unga qo’shimcha tarzda hunarmandchilik rivoj topgan. Ishlab chiqarish to’la-to’kis qo’l mehnatiga tayangan. Unda mehnat qurollari va sihlab chiqarish sharoitlari o’zgarmay qoladi. Mehnat unumdorligi deyarli o’smaydi. Mehnat unumdorligining o’sishi chegaralanganligi sababli iqtisodiy o’sish g’oyat sust bo’lib, asosan tabiiy omillar hisobidan o’sish oz bo’ladi. Shuni aytish kerakki, natural xo’jalikning ba’zi bir ko’rinishlari hozirgi rivojlangan iqtisodiyotda ham saqlangan. O’zini-o’zi mahsulot bilan ta’minlash hozirgi qishloqda ham mavjud. Xususan, dehqonlar xo’jaligida yetishtirgan mahsulotning bir qismi xo’jalikning o’zida iste’mol etiladi. Natural ishlab chiqarish iqtisodiy ravnaqni ta’minlay olmaganligi uchun uning o’rniga tovar ishlab chiqarish keladi. Natural va yarim natural dehqon xo’jaligi davrida tovar ishlab chiqarish garchi ma’lum darajada rivojlangan bo’lsada, qishloqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakliga aylangan emas edi. Ammo u sekin-asta kengayib borgan va natijada ishlab chiqarishning asosiy shakliga aylangan. Tovar xo’jaligi natural xo’jalikdan farqli o’laroq, mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste’mol qiluvchilarning bozor orqali tovarlarni olish-sotish orqali aloqa qilishini taqozo qiladi. Demak, ishlab chiqarilgan mahsulotlar tovar sifatida bozorda pul vositasida oldi-sotdi asosida ayirbosh qilinadi. Tovar ishlab chiqarishning paydo bo’lishi qonuniy jarayon bo’lib, iqtisodiy zaruriyatni yuzaga keltirgan. Demak, tovar ishlab chiqarish ob’ektiv asosda yuzaga keladi. Uning omillari:
1. Mehnat taqsimoti, ya’ni mehnat turlari iqtisoslashadi, ma’lum bir xil mahsulotni ishlab chiqarishga moslashadi. Shunday sharoitda ehtiyojni qondirish uchun o’z mahsulotini boshqa kerakli mahsulotga ayirboshlash uchun mahsulot bozorga chiqariladi va sotiladi. 2.
Ishlab chiqaruvchi o’zining mulkiga ega bo’lishi bilan alohida mehnat faoliyatini amalga oshiradi. O’z mulkiga, korxonasiga ega bo’lishi bilan mustaqil harakat qiladi. Bozor uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida xususiy mulkka egalik qilish asosida tovar ishlab chiqarish keng amalga oshirilmoqda. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar qatoriga firma, birlashma, fabrika, yakka tartibda ishlovchi, fermer xo’jaligi, tomorqa xo’jaligi sohiblari, kooperativlar, jamoa va davlat xo’jaligi, jamoat tashkilotlari va boshqalar kiradi. Mahsulot tovar bo’lishi uchun avval kishilarning ma’lum talab-ehtiyojini qondira olishi zarur. Tovarning bu xossasi tovarning iste’mol qiymati, deb ataladi. Har bir tovarning nafligi, foydaligi uchun insonlar uni sotib oladilar, ayirbosh qiladilar. Tovarning yana bir xossasi almashuv qiymatidir. Har qanday tovarga mehnat va harajatlar sarflanadi va shu asosida tovar o’z qiymatiga ega bo’ladi. Demak, tovar ikki xususiyatga, ya’ni iste’mol qiymati va almashuv qiymatga ega. Bu tovar xususiyatlari bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir.
Markaziy Osiyo azaldan ilmiy bilimlar va madaniyatning qadimiy markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu o‘lka mutafakkirlari jahon ilm-fani, madaniyati, ma’naviyati va falsafiy fikrlarini o‘z kashfiyotlari, ilg‘or ijtimoiy- falsafiy, axloqiy qarashlari bilan boyitib kelganlar. Uning taraqqiyotiga samarali ta’sir ko‘rsatganlar. Mustaqilligimiz sharofati ila jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan ulug‘larimizni teran anglash, o‘rganish va ulug‘lash baxtiga muyassar bo‘ldik. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totalitar tuzum hukmronligi davrida jumhuriyatimiz navqiron avlodi, Islom Karimov aytganidek, necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g‘ofil etishga urindilar, - natijada ular o‘z xalqining tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy- falsafiy, axloqiy madaniyatidan bahramand bo‘lish, o‘rganishdan mahrum bo‘lib keldi. Markaziy Osiyoda ilmiy bilimlar taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi yodgorliklar bizning davrgacha kam etib kelgan. Ammo yuqorida qayd etilgan manbalar Markaziy Osiyoda qadimdan astronomiya, matematika, geometriya, geodeziya, fizika, tibbiyot va boshqa tabiiy-ilmiy bilimlar sohasida birmuncha
muvaffaqiyatlarga erishganligidan dalolat beradi. Bizga qadar saqlanib qolgan Sug‘d kalendari, Beruniy asarlaridagi ma’lumotlar va boshqa manbalar Markaziy Osiyoda ilmiy bilimlarning, ayniqsa astronomiya borasidagi ilmiy bilimlar taraqqiy etganini ko‘rsatadi. Sug‘d, Xorazm va boshqa joylarda etishgan olimlar sayyoralar va yulduzlar turkumini o‘rganib, ularni maxsus nomlar bilan atab, Burj tizimini aniqlaganlar. Hukmdorlar saroyidagi astronomlar (ular astrolog ham bo‘lgan) goroskoplar tuzib sayyoralar dunyosini tekshirganlar. Ular fizika, matematika, falsafa, tibbiyot va boshqa ilmiy bilim sohalari bilan shug‘ullanganlar. Markaziy Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardayoq sug‘orish inshootlari qurganlar, kanallar barpo etganlar, chig‘ir va koriz usullari bilan suvsiz qurg‘oq erlarga suv chiqarganlar. Yulduzlarga qarab uzoq erlarga safar qilganlar, mustahkam binolar qurganlar, toshni eritish yo‘li bilan shisha ishlab chiqarganlar va hokazo. Bularni ma’lum ilmlarsiz amalga oshirish qiyin edi. Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o‘tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko‘zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo‘ldi, e’tibordan chetda bo‘ldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Vaholanki, Islom Karimov “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” kitobida ta’kidlaganidek: “O‘tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko‘rsatmoqda”. Mustaqillik tufayli o‘rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo‘lgach, ajdodlarimiz ma’naviy merosini chuqurroq o‘rganish bizning muqaddas burchimiz bo‘lib qoldi, inchunun o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi. “Ona zaminimizda bundan necha asrlar avval yaratilib, to hanuz yurtimizga ko‘rk bag‘ishlab turgan qadimiy obidalar, osori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analari haqida, Vatanimizning shonli tarixi to‘g‘risida tasavvur va tushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir
inson qalbida g‘urur-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi”. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “...zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlar bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g‘urur bilan ta’kidlash lozim”. YUqoridagilarni hisobga olib mazkur mavzuni Markaziy Osiyoda ilmiy- falsafiy bilimlar, ya’niki ma’naviyat va ma’rifat rivoji haqida qisqacha ma’lumot berishdan boshlashni lozim topdik.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq- tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart- sharoitlar yaratdi. Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida: 1. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar strategiyasi) 1- ilovaga muvofiq tasdiqlansin: davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish; qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash; iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish; ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy- joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash. 2. Quyidagilar: 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya 2-ilovaga muvofiq; Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar 3 — 7-ilovalarga muvofiq tuzilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Harakatlar strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi;
Download 172.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling