Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Tarif-malaka ma’lumotnomalari


Download 2.53 Mb.
bet66/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil tavsifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardan iborat bo’lib, ularda muayyan ishni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar ham ko’rsatiladi.
Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham bo’lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng bo’ladi).
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Mehnat qilish sharoiti og’ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo’shimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo’yicha farqlantirilgan) kasbiy mahorat uchun belgilanadi.
Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo’lishini ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko’zlanadi.
Respublikamizda ham tarif tizimi orqali ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi to’lashning yagona razryadlari aniqlangan. Narxlar o’sishi bilan minimal ish haqi darajasi (1-razryad) hamda barcha razryadlar ular o’rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi.
Bajarilgan Ishga Qarab Haq To’lash
Biz bu bo’limda muhokama qilib o’tgan ish haqlarni belgilanishi modellari ishchiga to’lanadigan ish haqi doim u bajarayotgan har bir soatlik ish uchun, aytaylik, $15 ni tashkil etishini tahmin etadi. Ammo, ish haqi to’lash tartiblari odatda tarkibiy va maqsadli holatdagidan ham murakkabroqdir. Misol qilib aytagian bo’lsak, ko’p ishchilar saotbay to’lanadiganish haqidan ko’ra ko’proq yillik ish haqlari oladilar. Shu bilan birgalikda, ishchilar o’z ish haqlarining ma’lum qismi sifatida turli ko’rinishdagi ish haqidan tashqari to’lanadigan imiyozlarni (tibbiy sug’urtalar, hayotni su’gurta qilish, pullik ta’tillar, pullik kasallik ta’tillari va shu kabilar) ham qabul qiladilar. Nihoyat, ba’zi mehnatga haq to’lash tartiblari ishchilardan ularni ish faoliyatidagi kutilgan samarani olishga yo’naltirilgan. Mehnatga haq to’lashning ohirgi tartibi kengroq aniqlikni talab etadi.
Korxonalar va ishchilar umumiy bir manfaat yo’lida faoliyat ko’rsatadi: ularning ikkalasi ham korxonani saqlab qolinishi va rivojlanishini xohlaydi. Bu korxonaga foyda keltirsa, ishchilarni uchun esa davomiy ish haqi va bandlik bilan ta’minlaydi. Ammo, korxona va ishchilar manfaatlari bit hir ko’rinishda emas. Qachonki bu manfaatlarbir-biridan ajralsa, printsipal-agent muammosi yugaza keladi. Ishchilar kelishib olingan muddatdan kamroq ishlash, ruxsatsiz ish ta’tillari olish kabi ishlashdan bo’yin tovlash holatlari orqali o’z daromadlarini oshrishni ko’zlashlari mumkin. Ular, shuningdek, daromatlarini qisqartirmagan holatda to’lanadigan ish soatlari davomida ta’tillar olish orqali o’z ham ko’proq foydaga erishishni ko’zlashlari mumkin. Mahsulot omboridagi tungi qorovullarda o’ziga belgilangan topshiriqni bajarmay vaqtini kitobo’qish bilan o’tkazsa yoki ishda barvaqtroq jo’nab ketish holatlari kuzatilishi mumkin. Baz’an aniq miqdordagi iah haqi tayinlangan boshqaruvchilar kompaniya ishlari bilan shug’ullanmay vaqtini o’rtoqlari bilan o’tkazishi mumkin.
Korxonalar (printsipallar) bundan ishga panja ostidan qarash hollariga chek qo’yish yoki bartaraf etish uchun foydali usullardan foydalanadi. Ulardan biri ishchilarni doimiy kuzatib borish, ammo ishchilarni doimiy kuzatib borish murakkab va ma’lum miqdordagi harajatni talab etadigan ishdir. Qorovulni ishini nazorat qilish uchun yana boshqa ishchini yollash esa mahsulot saqlanadigan omborni qo’riqlash uchun sarflanadigan harajatni ko’paytirib yuborishi mumkin. Printsipal-agent muammosini hal etishni yana bitta usuli mehnatga haq to’lashning rag’batlantiruvchi tizimi bo’lib, ishchini imkoniyatlaridan yana ko’proq foydalanishini ta’minlaydi. Mehnatga haq to’lashda bunday rag’batlantirish tartibi quyidagilarni o’z ichiga oladi; vositachilik badallari, mualliflik gonorarlari, mukofotlar, aksiya optsiyonlari va foydani baham ko’rish va yuqori miqdordagi ish haqlari ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Ishbay Asosida Haq To’lash Stavkalari
Ishbay asosida haq to’lash stavkalari ishchi ishlab chiqaradigan mahsulotning har bir donasiga muvofiq to’lanadigan kompensatsiyalar. Agar printsipal ya’ni boshqaruvchi yoki ish beruvchi meva teruvchilarga ularning ish haqlarini Ish-Haqini Belgilanishi bushelda (bushel - Angliyada 36.3, Amerikada 35.2 litrga teng sochiluvchan narsalar o’lchovi) yoki yozuv mashinasida ishlovchi ayolga (mashinistka) u yozib chiqqan ishning varaq hisobida haq to’laganda edi, ishlashdan bosh tovlash kabi muammolarga duch kelmagan bo’lar edi.
Vositachilik Badallari va Mualliflik Gonorarlari
Ishbay asosida haq to’lash stavkalaridan farqli o’laroq, vositachilik badallari va mualliflik gonorarlari ularga to’lanadigan pul mablag’larini savdoning qiymatiga bog’lab qo’yadi. Sug’urta agentlari, birja vositachilari va chakana savdo bilan shug’ullanuvchilar kabi mahsulot yoki xizmat turini sotayotgan ishchilar ularning sadolarining pullik qiymatining foizi shaklida visoblanadigan vositachilik badallarini oladilar. Qo’shiqlarni yozub oluvchi musiqachilar va mualliflarga ularning ishlaridan tushadigan savdo foydalarini ma’lum foizi ko’rinishida hisoblanadigan mualliflik gonorarlari to’lanadi. Bunday shakldagi pullik imtiyozlar sotuvchilar, musiqachilar va mualliflarni moliyaviy manfaatlarini korxonalarning foydalariga bog’liq qilib qo’yadi.
Mukofotlar, Fond Optsionlari, Foyda ulushlari
Mukofotlar ishchilarning yakka tartibdagi yoki bir guruh ishchilarning yoki korxonaning o’zining ishning bajarilish ko’lami kabi omillar asosida yillik maoshlariga qo’shilgan ish haqlari hisoblanadi. Professional beysbol o’yinchilari o’yin mobaynida ko’rsatkan yuqori natijalari asosida mukofotlar oladi. Savdo markazi direktori ishining samaradorligi asosida mukofot oladi. Fond optsionlari qachon aktsiya kursi pasaysa, ishchilarga past va o’zgarmas narxlarda ish beruvchining
Ishbay asosida haq to’lash
Ishbay asosida haq to’lashning asosiy sababi shundan iboratki, ish beruvchilar ishchilarga me’yordan yuqori ish haqlarini orqali ishchilarni o’z imkoniyatlaridan ko’proq foydalanishlarini xohlashadi25.



Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling