Iqtisodiyot fanidan
Download 481.02 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisod atoyev
Kafillik
Garovdan keyin ikkinchi eng keng tarqalgan ta’minot turi. Kafillik taqdim etish orqali amalga oshiriladi, ya'ni boshqa tomonning (jismoniy yoki yuridik shaxs) ishtiroki talab qilinadi. Bunda birgalikda qarz oluvchi yoki kafilni jalb qilish mumkin, odatda ular qarz oluvchining qarindoshlari yoki yaqin do'stlari / hamkasblari bo’ladi. Kafillik shartnomasi - bu kafil bilan kreditor o'rtasidagi bitim bo'lib, kafil birgalikda javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. Ya'ni, kafil asosiy qarz oluvchi bilan bir xil darajada qarzni to'lash uchun javobgardir. Bankning maqsadi ham shu: agar qarz oluvchi biron bir sababga ko'ra kreditni to'lay olmasa ham, ikkinchi tomon majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi. Sug'urta shartnomasi- Agar qarz oluvchiga katta miqdorda pul kerak bo'lsa, u holda kredit qaytarilishining qo'shimcha kafolatini sifatida sug’urta kompaniyasining kafolati rasmiylashtirilishi mumkin. Sug'urta shartnomasi tuzilgan kundan e'tiboran amal qiladi, sug'urtalovchi qarz oluvchi bilan sug'urta hodisasi yuz berganda bankka belgilangan pul miqdorini to'lanishini ta'minlaydi. Bank kafolati- Bu yuridik shaxslar tomonidan yirik operatsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladigan maxsus moliyaviy xizmatdir. Kafolat - bank yoki boshqa kredit sug'urta tashkilotining kafilligi bo’lib, u bitim taraflaridan biri ikkinchi tomon oldidagi majburiyatlarni bajarilishini kafolatlaydi. Shu bilan birga, bank mijozning qarzini to'lash majburiyatini oladi, agar u o'z majburiyatlarini bajarmasa, bank kafolat berish uchun alohida to'lov oladi. Bank depoziti - kam ishlatiladigan, ammo hali ham amaldagi ta’minot turidir. Agar qarz oluvchining katta miqdorda alohida depozit hisobvarag'i bo'lsa, u holda kreditor undan kafolat yoki to'lov qobiliyatini qo'shimcha tasdiqlash manbasi sifatida foydalanishi va yanada qulayroq kredit shartlarini taklif qilishi mumkin. Ammo odatda, agar mijozning omonati bo'lsa, u katta miqdordagi kreditni olmaydi (chunki depozitlar bo'yicha stavkalar har doim kreditlarga qaraganda past bo'ladi - ortiqcha to'lov bank foydasiga bo'ladi). 16 Kredit ta’minoti sifatida yana nimalardan foydalanish mumkin Yo'qotilishi mumkin bo’lgan mablag'lar uchun qo'shimcha kafolat va kompensatsiya olishning yana bir usuli - jarima qo’yishdir. Bu shartnomada belgilangan pul miqdori bo'lib, qarz oluvchi o'z majburiyatlarini buzgan taqdirda qarz beruvchiga to’lanishi shart. Kelishuvlardan kelib chiqqan holda, majburiyatlarni buzganlik uchun ham jarima belgilanishi mumkin. Misol uchun, agar qarz oluvchi kredit bo'yicha to'lovni kechiktirgan bo'lsa, unga darhol jarima belgilanadi. Shunday qilib, banklar berilgan kreditlarning qaytarilishini ta'minlash uchun keng imkoniyatlarga ega. Qarz oluvchi uchun ta’minot bo’yicha chora-tadbirlar ijobiy ta'sir ko'rsatadi, chunki ularning mavjudligi kredit tasdiqlanishi ehtimolini sezilarli darajada oshiradi, shu bilan birga mijozning mas'uliyatini ham oshiradi. Shuning uchun, barcha majburiyatlarni bajara olishga ishonch bo'lsagina, garov bilan ta'minlangan kreditlardan foydalanish kerak, aks holda garov sifatida berilgan mol-mulkdan va boshqa aktivlardan ayrilib qolish mumkin. Download 481.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling