Iqtisodiyot fanidan


Download 481.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana07.04.2023
Hajmi481.02 Kb.
#1338860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
iqtisod atoyev

 



Mavzu:  
Kreditning mohiyati va moliya tizimidagi roli
M U N D A R I J A : 
Kirish……………………………………………………………..….……. 4 
1-bob 
Kreditning mohiyati va moliya tizimidagi roli
1.1. Kredit Mohiyati va zarurligi………………………………….6 
1.2. Kredit tizimi, uning tuzilishi…………………….………….. 10 
1.3. Kredit ta’minoti: mohiyati, turlari va ahamiyati........ ………13 
2-bob. Kreditlash . 
2.1. Aloqabank kredit liniyalari va kredit tamoyili ………………17 
2.2. Aloqabank kredit liniyalari stavka va shartlari………………...19 
2.3. Kreditlash 
Tamoyilari ...............................................................27 
 
Xulosa………..…...………………………………………..….…
..35 
adabiyotlar ro’yxati………………………………..……………....39 
axborot manbalari……..……………..……………...………….…40 



KIRISH 
Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o’rni hamda faoliyatini muhimligi, 
kredit va bank tizimining takomillashib borishi, shu sohada malakali kadrlar 
tayyorlashni va mavjud muammolar echimini taqozo qiladi. 
kredit va banklar o’quv dasturi asosida yaratilgan bo’lib, ushbu 
yo’nalish sohalariga taalluqli bo’lgan mavzularni o’z ichiga oladi. Bu 
darslikda bozor iqtisodi nuqtai-nazaridan iqtisodiy kategoriyalar va ularga 
taallluqli bo’lgan masalalar ko’rib chiqildi. Bu kurs iqtisodiy fanlarni aniq 
mustaqil yo’nalishlaridan bo’lib, ishlab chiqarish munosabatlarining maxsus 
bo’limi – pul, kredit, banklar birjalar bilan bog’liq sohalardagi iqtisodiy 
munosabatlarning ifodasini o’zida aks ettiradi. Darslik umumiqtisodiy 
nazariya ta’limotlari, xorijiy olimlarning tadqiqotlarini e’tiborga olgan holda 
tadqiqot qilish asosida yaratilgan. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasi va kreditning rivojlanish 
qonuniyatlari, asosiy tamoyillari, banklar va bank operatsiyalarining olib 
borilishi va valyuta tizimini rivojlanish bosqichlari kabi masalalar o’z 
ifodasini topgan 
Jamiyatda bank tizimi uning iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixan tovar ishlab chiqarish va muomala 
jarayonining rivojlanishi banklarning rivojlanishi bilan o’zaro bog’liq holda 
taraqqiy qilib borgan. Banklar xo’jaliklarga kredit bera turib, korxona, 
tashkilotlar o’rtasida hisob-kitoblarni o’tkaza borib, kapital harakatida 
vositachi sifatida maydonga chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank 
tizimida katta tarkibiy o’zgarishlar yuzaga keldi va banklarning tarkibi va 
ular bajaradigan funktsiyalar va ularga yuklangan vazifalarning mohiyati va 
sifati o’zgarib bormoqda. Banklar ma’muriy-buyruqbozlik tizimida 
ishlashdan yangi - bozor munosabatlari sharoitida ishlashga o’tdi. Bozor 



munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tadbiq 
qilish, mijozlarni qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat ko’rsatishning 
yangi usullarini joriy qilish, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida 
qo’llash, turli xil kredit institutlarining barpo qilinishi bilan bog’liq 
jarayonlarni yuzaga kelishiga olib keldi. 
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bank-moliya tizimining 
ahamiyati tubdan o’zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida 
davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og’irlik markazi ana shu 
tizimlarga ko’chdi. 
Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul 
muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini 
tartibga solish, so’mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sahasidagi 
muammolarni o’rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va 
tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini kutmoqda: 
- naqd pul va kredit emissiyasining o’sishiga sabab nima? 
- aholi qo’lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yo’l 
qo’ymaslik mumkin?
- mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxona (firma) 
ularga kredit berilishiga yo’l qo’ymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab 
chiqish lozim?
- milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash 
uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerak? 
- inflyatsiyani oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat? 





Download 481.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling