Iqtisodiyot har doim F. Kene qiziqtirgan. Ammo u o'zining iqtisodiy qarashlarini umrining so'nggi davrida, e'lon qiladi. Fransuaning non narxi va soliqlari haqidagi birinchi maqolalari 1756 yilda Didroning entsiklopediyasida
Download 1.73 Mb.
|
1-mavzu. Makroiqtisodiyotga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi makroiqtisodiy maqsad
Birinchi maqsad - iqtisodiy faoliyatning yakuniy maqsadi aholini tovar va xizmatlar bilan ta'minlashdir. Milliy ishlab chiqarishning umumiy o'lchovi - bu yakuniy tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatini ifodalovchi yalpi ichki mahsulot (YaIM).
Makroiqtisodiy siyosatning ikkinchi maqsadi yuqori bandlik va ishsizlikni pasaytirish. Iqtisodiy sikl davomida ishsizlik darajasi o'zgarib turadi. Turg’unlik bosqichida ishchi kuchiga talab kamayadi va ishsizlik darajasi oshadi. Tiklanish bosqichida ishchi kuchiga talab ortadi, ishsizlik kamayadi. Barchaning munosib mehnatga bo'lgan ehtiyojini qondirish, bu qiyin vazifadir. Uchinchi makroiqtisodiy maqsad - erkin bozorlar sharoitida narxlarning barqarorligi. Umumiy narxlar darajasining umumiy o'lchovi iste'mol tovarlari va xizmatlarining belgilangan "savat" to'plamini sotib olish xarajatlarini hisobga oladigan iste'mol narxlari indeksidir. To'rtinchi maqsad ochiq iqtisodiyotga taalluqli bo'lib, to'la ish bilan ta'minlanganlik darajasida to'lash balansi bilan umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishni anglatadi. Asosiy makroiqtisodiy maqsadlarning nisbati asosiy makroiqtisodiy maqsadni belgilaydi, bu makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifasini aks ettiradi, uni amalga oshirish ikki shaklda namoyon bo'ladi: • oraliq makroiqtisodiy maqsadlar; • taktik makroiqtisodiy maqsadlar. Birinchisi asosiy makroiqtisodiy o'zgaruvchilar qiymatlarini tartibga solsa, ikkinchisi milliy iqtisodiyotni o'zgartiradi. Davlat o'z ixtiyorida iqtisodiyotga ta'sir o'tkazish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan tegishli vositalarga ega. Davlat o'z ixtiyorida iqtisodiyotga ta'sir o'tkazish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan tegishli vositalarga ega. Undan tashqati makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga agregatlash, matematik modellashtirish usullari kiradi. Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o`ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab ko`rsatkichlarni alohida-alohida o`rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish o`ta qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqit usullaridan foydalaniladi. Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni agregat ko`rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir. Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko`rsatkichlar va jarayonlar o`rtasidagi miqdoriy, sabab- oqibat bog`lanishlarini matematik formula, grafik va rasmlar ko`rinishida ifodalaydi. Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizig`ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o`sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini i keltirish mumkin. AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy darajasi dinamikasi ta‘sirida o`zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi o`rganilsa, Fillips egri chizig`i yordamida ishsizlik va inflatsiya ko`rsatkichlari o`rtasidagi bog`liqlik tadqiq qilinadi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling