Talab va taklif. Ishsizlik. Friksion ishsizlik


Download 1.3 Mb.
Sana24.03.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1293010
Bog'liq
Makroo

tALAB va TAKLIF . ISHSIZLIK. FRIKSION ISHSIZLIK

ishsizlik Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga boʻlgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga boʻlgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga boʻlgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam boʻlishi ishsizlikni keltirib chiqaradi. Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi boʻlib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.

Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100 Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud: -Friksion ishsizlik. -Tarkibiy ishsizlik. -Davriy ishsizlik

Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi oʻrtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, Ouken qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. YaMMning pastroq darajasi oʻz navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq boʻlishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi.

Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: YUZ= -2,5[ u –u*] . bu yerda: u* – ishsizlikning tabiiy darajasi; u – ishsizlikning haqiqiy darajasi.

YALPI TALAB Baholar darajasi va yalpi talab oʻrtasidagi teskari bogʻliqlik, quyidagi baho omillari bilan izohlanadi: 1. Foiz stavkasi samarasi; 2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi; 3. Import xaridlar samarasi.

Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, yalpi talabning egri chiziq boʻyicha surilishi narxlar darajasi oʻzgarishining foiz stavkasiga boʻlgan ta’siriga bogʻliq: P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓

Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi - shuni bildiradiki, narxlar darajasining oshishi, jamgʻarilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi: Moliyaviy P↑ → aktivlarning↓ → { S↓ ( S↑) } → AD real qiymati

Import xaridlar samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab kamayadi va oʻz navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga boʻlgan talab oshadi: P↑→{ X↓ ( M↑ }→Xn↓ →AD↓

Yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz: Iste’mol xarajatlaridagi oʻzgarishlar: a) iste’molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining oʻzgarishi; b) iste’molchilar kutishi; d) iste’molchilarning qarzlari miqdorining oʻzgarishi; e) iste’molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining oʻzgarishi.

Investitsiya xarajatlaridagi oʻzgarishlar: a) foiz stavkasidagi oʻzgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining oʻzgarishi; d) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining oʻzgarishi; e) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi; f)zaxiradagi quvvatlar oʻzgarishi.

Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar-joylarni oʻzgartirish, oʻquv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud boʻlib, ma’lum bir darajada kerakli hisoblanadi.


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling