Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan


Download 344.88 Kb.
bet3/9
Sana17.02.2023
Hajmi344.88 Kb.
#1205530
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davlatov Nodirbek (4)

AQSH ning jahon iqtisodiyotidagi tutga o’rni.
Ishlab chiqarish AQSH xo'jaligida eng katta sektor hisoblanib, u yalpi ichki mahsulotning chorak qismi, milliy foydaning chorak qismini va ishchi kuchining birdan besh qismini egallaydi. AQSHning ishlab chiqarish sanoati dunyoda eng katta bo'lib, u ikkinchi o'rinda turgan Yaponiyadan 3 marta yirik. AQSHning ishlab chiqarish sanoati eksporti dunyo bo'yicha shu sohadagi eksportning birdan besh qismini egallaydi. Qo'shma Shtatlar sanoati yuksak darajasi, ishlab chiqarish va hududiy konsentrasiyasi bilan ajralib turadi. U ham ommaviy, seriyali, ham o'rta murakkab, unikal mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mamlakat sanoatida hozirgi paytda faoliyat ko'rsatayotgan ishlab chiqarishlarning barcha tarmoqlari, tarmoqchalari va turlari mavjud. Shu bilan birga, shunday tarmoqlar ham borki, ular mamlakatning jahon xo'jaligidagi mavqeini belgilaydi. Bular jumlasiga avtomobilsozlik, aviaraketa-kosmik sanoati, elektronika, neft kimyosi sanoati kiradi. Bu tarmoqlar nafaqat mamlakat iqtisodiy qudratini belgilaydi, shu bilan birga, uning harbiy va siyosiy hayotida ham yetakchi rol o'ynaydi.

AQSHda sanoat korxonalari notekis joylashgan. Sanoatning eng rivojlangan regioni Markaziy Shimol (ayniqsa Illinoys, Ogayo, Michigan) bo'lib, u umumiy ishlab chiqarishning 25%ini beradi. O'rta Atlantika regioni (Nyu-York, Pensilvaniya, Nyu-Djersi) ikkinchi o'rinni egallab, mamlakat ishlab chiqarishining 20% foizini tashkil etadi. Bir region asosan kimyo va mashinasozlikka ixtisoslashgan. Tinch okeani sohil bo'yi regioni (Kaliforniya) umumiy sanoatning 15%ini tashkil etib, 3-o'rinda turadi. Bu region transport jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlari, elektrik va elektronik jihozlarga ko'proq ixtisoslashgan. Janubiy Atlantika regioni to'qimachilik, kimyo va tamaki mahsulotlariga ixtisoslashgan-umumiy ishlab chiqarishning 10%ini tashkil etib, ishlab chiqarishga 4-o'rinni egallaydi. G'arbiy-Janubiy-Markaziy va Sharqiy-Janubiy-Markaziy regionlar birgalikda bunday maxsulotlarning 15%ni yetkazib beradi va bularga Texas va Tenessi (asosan) shtatlari kiradi. Qolgan 15%ni g'arbiy-Shimoliy-Markaziy region, Nyu-Ingland va tog'li shtatlar chiqaradi.




Download 344.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling