Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan


Download 344.88 Kb.
bet8/9
Sana17.02.2023
Hajmi344.88 Kb.
#1205530
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davlatov Nodirbek (4)

Ikkinchidan, davlatning global iqtisoddagi muvaffaqiyati, uning tez-tez uchrab turadigan global inqiroz va shoklarni singdirib, ichki iqtisodga ta'sirini kamaytiradigan institutsional tayyorgarlik bilan bog‘liq. Buning sababi gipergloballashuvning asosiy qismlari bo‘lmish xalqaro savdo va kapitalning erkin harakati, afsuski, mamlakat ichida g‘oliblar bilan birga mag‘lub qatlamni ham yuzaga keltiradi. Bu erkin savdodagi raqobat tufayli ish o‘rinlari yo‘qolishi sababli qashshoqlashishda ko‘rinadi. Globalizm qarshisidagi rivojlanayotgan davlat sifatida O‘zbekiston ham savdo erkinlashishi natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etib, erkin savdo orqali yutqazuvchi qatlamni ijtimoiy himoyalashga tayyor bo‘lishi lozim. Shuningdek, moliya bozorlarini tayyorgarliksiz holda, tajribasizlik qilib erkinlashtirish ko‘pchilik davlatlarga qimmatga tushganidan hukumat o‘rnak olishi va tartibga solinmagan kapital oqimlari harakatidan o‘ta ehtiyot bo‘lishi kerak. Hukumat bugungi kunda ichki makroiqtisodiy siyosat, soliq tizimi va moliyaviy qoidalar yaxlitligini qisqa muddatli foydaga asoslangan erkin kapital oqimidan ustun qo‘yishi lozim.


Xulosa

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi ko’p jihatan global muammolar tushunchasi bilan bog’liqdir. XX asrning ikkinchi yarmida insoniyat oldida juda ko’p murakkab muammolar vujudga keldi. Ularning asosiy qismi ta‘sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga ko’ra global muammolar nomini oldi. XX asrning 60 yillariga kelib global muammolar tor doiradan keng doirada ishlatilishiga o’tib qoldi. Ushbu davrdan boshlab jamiyatning ushbu bobga qiziqishi intensiv ravishda oshib bordi va uning muhokamasi keng doiradagi majlislarda ko’rila boshladi. 24 Ushbu bobga juda katta qiziqishning sababi bo’lib birinchi o’rinda insoniyatning yer kurrasining hatto bir chekkasida yuzaga kelgan jiddiy muammo bir kun kelib butun planetaga o’z ta‘sirini o’tkazishi mumkinligini tushunib yetganligi bo’ldi. Global muammolarni o’rganish va insoniyatni kelajagini tahminlash jarayoni bo’yicha ilmiy ishlarni olib borishda italiyalik menedjer Aurelio Pechchei tomonidan tashkil etilgan xalqaro nohukumat tashkiloti bo’lmish – Rim klubi alohida o’rin egallaydi. Rim klubi a‘zolari o’z oldilariga ikkita maqsadni qo’yadi: birinchisi, insoniyat oldida turgan asosiy global muammolarni aniqlash, ikkinchisi, jamiyatga ushbu global muammolarni taqdim etib, ularning bartaraf etish borasidagi eng dolzarb ishlarini belgilab olib amalga oshirish. Rim klubidagi ma‘ruzalar ushbu izlanishlar natijasi bo’ldi va ularda mashhur olimlar global muammolarni hal etishning turli yo’llarini yoritgan edilar.


Rim klubini birinchi ishlaridan biri bo’lib, umumjahon rivojlanishini matematik modelga qo’yish bo’ldi. Ushbu model rivojlanishning asosiy parametrlari bo’lgan aholi, kapital qo’yilma, qayta tiklanmaydigan resurslarning ishlatilishi, atrof muhitning ifloslanishi, iste‘mol mollarini ishlab chiqarilishi kabilarni e‘tiborga olgan edi. Rim klubi a‘zolari orasidan keyinchalik bir qancha ma‘ruzalar tayyorlandi. Bu ma‘ruzalarda sivilizatsiyani qayta tiklash va atrof muhitni ifloslovchi insonlar ongini yangilash zarurligi alohida ta‘kidlangan. Darhaqiqat, global muammolarni bu qadar chuqurlashib ketishiga asosiy sabablardan biri bo’lib, odamlar hayotining har jihatiga o’z ta‘sirini o’tkazib bo’lgan ilmiy - texnik taraqqiyoti desa bo’ladi. Uning ijobiy natijalari bilan birga, ilmiy, texnikaviy, texnologik imkoniyatlar insonlar uchun kimyoviy, baktereologik, yadroviy qurollarini yaratish imkonini ham berdi. Shu jihatdan, butun dunyoni va insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf soluvchi, yechimini topishda barcha davlatlar va xalqlarning hamjihatlik bilan 25 birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb atash mumkin. Global muammolar, o’z navbatida, aholi iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyoti va atrof muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlar natijasidir. Global muammolar: birinchidan jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va taqdirlariga ta‘sir ko’rsatuvchi; ikkinchidan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga sabab bo’luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudliligiga ham xavf soluvchi; uchinchidan yechimini topishga umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab qiluvchi muammolardir


Download 344.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling