Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni


Download 2.42 Mb.
bet97/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

Ushbu fan dasturi milliy va mintiqaviy iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi va ko’rsatkichlari, tashqi va ichki tahdidlarni, xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlari, xavfsizlikni ta’minlash masalalari, xo’jalik faoliyatini moliya, pul-kredit, energetik va oziq-ovqat, ekologik va axborot xavfsizligini oldini olish choralari o’zida kamrab olgan. Talabalar ushbu fanni chuqur o’rganishi milliy va mintiqaviy manfaatlarni hisobga olgan holda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo’nalishlarini belgilash bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirishga asos yaratadi.


“Iqtisodiy xavfsizlik” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2-kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq. “Iqtisodiy xavfsizlik” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kiradi va milliy xavfsizlik bakalavriat ta’lim yo’nalishida o’qitiladi.



  1. Fanning maqsad va vazifalari

“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining 2-moduli bo’lgan “Iqtisodiy xavfsizlik”ni o’qitishdan maqsad - mamlakat iqtisodiy xavfsizligini o’rganish orqali millatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va uning munitsipial shakllanishini baholashga oid nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lgan zarur bilimlar bilan qurollantiradi.


Fanning vazifalari – talabalarni nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish, iqtisodiy xavfsizlikning nazariy asoslarini iqtisodiy darajada o’rganishda mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo’lgan uslubiy yondashuvlarni egallashga ko’maklashish, ular ongiga milliy istiqlol g’oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish, turli darajadagi milliy manfaatlarning ziddiyatini hisobga olgan holda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning alohida yo’nalishlarini strategik va taktik boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash va rivojlanish usullarini o’zlashtirib, iqtisodiy muammolar bo’yicha echimlar qabul qilish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni hosil qilish.
“Iqtisodiy xavfsizlik” fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

  • iqtisodiy xavfsizligining nazariy asoslari, maqsadi va vazifalarini o’rganadi;

  • iqtisodiy xavfsizlikni o’rganishning asosiy tadqiqot usullari va uni shakllanish omillarini biladi;

  • iqtisodiy xavfsizlik siyosatini o’tkazilishining mazmuni va shakllari to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi;

  • iqtisodiy xavfsizlikning nazariyasi asosiy tushunchalari va toifalarini;

  • iqtisodiy xavfsizlik darajasini belgilovchi tizim indikatorlaridan foydalanib millat va mintaqa iqtisodiy xavfsizligini darajasini baholash va uning hal qiluvchi omillarini;

  • risklarni va barcha darajalarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirlarni hisobga olgan holda iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni kamaytirish uchun milliy va mintaqaviy siyosatni variantlarini ishlab chiqishni;

  • iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar bo’yicha asosli qarorlar qabul qilishni;

  • iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash to’g’risida o’z fikrlarini shakllantirishni;

  • bakalavrlar mazkur fanni o’rganish jarayonida olgan bilimlarini umumlashtirish, undan to’g’ri xulosa chiqarish va kelajakda amaliyotda undan foydalanish;

  • talaba iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish;

- iqtisodiy muammolarini hal etish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar to’plash va ulardan foydalanish malakalariga ega bo’lishi kerak.




  1. Download 2.42 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling