Tizimli yondashuv murakkab iqtisodiy tizimlardagi hajmli va sifatli bo’lishi mumkin bulgan jarayonlar o’tishini o’rganishni nazarda tutadi. Ular iqtisodiy pronozlashda katta rol o’ynaydi. Hodisaning har bir ko’rinishi tizim sifatida olinishi mumkin. Bu degani ular o’zaro bog’liq qator funktsiyalar, afzalliklarni ta’minlovchi bir-biri bilan bog’liq qismlardan iborat. Bu afzallik va funktsiyalarni bilgan holda o’rganilayotgan ob’ektning harakatini oldindan bilish mumkin.
Tizimli yondashuv tizimning umumiy maqsadini aniqlashdan va hamma sistemalar osti faoliyatini maqsadga erishishdan chetlashtiruvchi har bir echimning ishlab chiqilishi va asoslanishiga asoslanuvchi siyosiy fikrlash ko’rinishini anglatadi. Bunda berilgan tizim boshqa bir katta tizimning bir qismi sifatida qaraladi, uning rivojlanish maqsadi bu tizimning rivojlanish maqsadlari bilan bog’lanadi.
Strukturaviy yondashuv prognozlash ob’ektlarida izlanish katta rol o’ynaydi. Strukturaviy yondashuvda izlanish ob’ekti o’zi tarkibidagi elementlar va ularning o’zaro harakatida ko’rib chiqiladi. Bu esa o’rganilayotgan ob’ekt haqidagi tasavvurni kengaytirishga imkon beradi.
Tizimli - tarkibiy yondashuvi bir tomondan, tizimni dinamik rivojlanayotgan bir butunlik sifatida qarashni ko’zda tutsa, ikkinchi tomondan, tizimning o’zaro harakatdagi strukturaviy elementlariga bo’linishidir, chunki haqiqatda har bir tarkibiy element boshqa hamma elementlarga qanday ta’sir etsa, butun tizimga ham shunday ta’sir etadi. Bu bilan tizim elementlari aloqasining qonuniyligini ochish imkoni paydo bo’ladi.
Prognoz - ekspert ob’ekti perspektiv taraqqiyotiga qaraganda mutaxassislarning individual fikrlashini namoyon qiladi hamda mutaxassis tajribasi mobilizatsiya va intuitsiyaga asoslangan. Ekspert baholash usuli ob’ektlar va muammolarni tahlil qilishda, ularning taraqqiyoti to’liq yoki qisman matematik shakllantirishga to’g’ri kelmaydigan, ya’ni adekvang (o’xshash, to’g’rilangan) modelni ishlab chiqish qiyin bo’lgan xollarda ishlatiladi. Prognozlashda qo’llaniladigan ekspert baxolash usuli individual va kollektivga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |