Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu


Download 105.39 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi105.39 Kb.
#1407862
Bog'liq
HASAN


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiybo'sishni ta'minlashdagi o'rni
BUDJET HISOBI VA G`AZNACHILIK ” fakulteti, “ILXKM” yo’nalishi
1-kurs, ILXKM-70 guruhi talabasi
Ilmiy rahbar: ……………………

Bajardi: BEKQULOV HASAN


РЕЖА:
Kirish

  1. Xorijiy investitsiyalar nazariyalari, turlari va ulardan foydalanish shakllari

  2. Iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardan foydalanish zaruriyati

  3. O'zbekistonga xorijiy investitsiyalarni faol va samarali o'zlashtirishning asosiy shartlari

  4. Iqtisodiyotga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar samaradorligini baholash

KIRISh
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati. Globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlarda davlatlar o'rtasida investitsiyaviy hamkorlik qilishning roli ortib bormoqda. Jahon mamlakatlarida barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy o'sish sur'atlari yuqori bo'lgan rivojlanayotgan davlatlarda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2000-2016 yillarda jalb qilingan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi Hindistonda 20 martagacha, Turkiyada 15 marta, Vьetnamda 8,9 marta, Kambodjada 8,2 marta, Mьyanmada 7,2 marta, Panamada 6 marta oshdi. O'z navbatida xorijiy investitsiyalarning yuqori iqtisodiy samarasi natijasida aytilgan davrda ushbu mamlakatlarda o'rtacha iqtisodiy o'sish sur'ati ham baland bo'lib, 6,5- 10,5 foizgacha yetgan1



.Jahonda globallashuv va xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuvning kuchayishi natijasida mamlakatlar o'rtasida xalqaro kapital harakati tezlashib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida, kapital ko'chishining asosiy shakli bo'lgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar bo'yicha ko'plab iqtisodchi olimlarning turli iqtisodiy nazariyalar doirasida o'zlarining yondashuv va qarashlarini ilgari surishlariga turtki bo'lgan. XX asrning 60-yillarida R.Vernon o'zining xalqaro tovar ishlab chiqarish sikli nazariyasida TTXI va xalqaro savdo o'rtasidagi munosabat, tovarning hayotiy sikli kabi muammolarga e'tiborni qaratadi. Muallif xalqaro savdo va xorijiy investitsiyalashning o'zaro ta'siri dinamikasini tadqiq qiladi.
Kanadalik iqtisodchi S.Xaymer esa transmilliy kompaniyalar va sust raqobat nazariyasida transmilliy kompaniyalar (TMK) raqobatdoshligi va ularning xalqaro faoliyatini tahlil qilgan. Xorijiy investorlar uchun chet elga ishlab chiqarish investitsiyalarini kiritish ichki bozorda ishlab chiqarishni tashkil etishdan ko'ra ko'proq xatarlar va harajatlarni keltirib chiqaradi.
J.Danning (1981 y.) to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar determinantlarini kompleks tadqiq qilib, o'zining eklektik paradigmasini (OLI modeli) ilgari suradi .Transmilliy kompaniyalarning xorijiy aktivlari hajmi uch guruh omillar orqali aniqlanadi: xorijiy investorlarning raqobat ustunliklari majmui va tabiati (Ownership-specificadvantages, O-ustunliklar); mahalliy omillar va bozorlar majmui va tabiati (Location-specificadvantages, L-ustunliklar); internalizatsiyalashuv natijasida kelib chiqadigan ustunliklar (Internationalization-specificadvantages, I- ustunliklar). To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya tushunchasi xalqaro darajada (2- ilovaga qarang) Xalqaro valyuta jamg'armasining 2009 yildagi “To'lov balansi va xalqaro investitsiya pozitsiyasi bo'yicha qo'llanma”sining oltinchi nashrida24 va 2008 yildagi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti “To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyaga namunaviy ta'rif”ining 4- nashrida qabul qilingan mezonlarga asoslanadi .
Ularga ko'ra, to'g'ridanto'g'ri xorijiy investitsiya bu transchegaraviy investitsiyalarning shunday turiki, unda bir iqtisodiyotdagi rezident boshqa iqtisodiyotdagi rezident korxonaga investitsiya kiritishi uning boshqaruvini nazorat qilish yoki unga salmoqli ta'sir ko'rsatish imkoniyatini beradi. Bunda boshqaruvni nazorat qilish uchun korxonaning kamida 50 foiz ovoz berish huquqi, unga salmoqli ta'sir ko'rsatish uchun esa 10-50 foiz ovoz berish huquqi talab qilinadi . Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti ta'rifiga ko'ra, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya bu bir iqtisodiyotdagi rezident korxonaning (to'g'ridan-to'g'ri investor) boshqa iqtisodiyotdagi rezident korxonada(TTXI qabul qiluvchi) davomli manfaatini o'rnatish maqsadini ifodalaydi. Davomli manfaat esa to'g'ridan-to'g'ri investor va TTXI qabul qiluvchi o'rtasidagi uzoq muddatli aloqaning va to'g'ridan-to'g'ri investorning TTXI qabul qiluvchi korxona boshqaruviga salmoqli ta'sirining mavjudligi bilan izohlanadi. Investor va korxona o'rtasidagi bunday munosabat esa investorning korxona boshqaruv ovozining kamida 10 foiz ulushini qo'lga kiritganda yuzaga keladi .
Ba'zi mahalliy iqtisodchilarimiz yondashuvlarida esa to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar deganda, chet el investorlari tomonidan milliy iqtisodiyotdagi tadbirkorlik va boshqa faoliyat sub'ektlariga kiritiladigan moliyaviy, moddiy va nomoddiy ne'matlar va ularga doir huquqlar tushunilib, ular foyda olish yoki uzoq muddatli manfaat ko'rish maqsadini o'zida aks ettiruvchi xalqaro investitsiya kategoriyasi sifatida talqin qilinadi .
Shuningdek, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar investitsiyalarning boshqa turlaridan o'zining uzoq muddatga mo'ljallanganligi, asosiy vositalarga sarflanishi va mamlakatdagi ishlab chiqarish apparatini yangilanish ko'rsatkichlarini tezlashtirishga qulay imkoniyat tug'dirishi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xo'jalik sub'ektlari muomalaga chiqargan oddiy aktsiyalarning 10% dan ortiq qismini xarid qilgan investorlar ham to'g'ri investitsiyalar xajmining ko'payishiga olib keluvchi iqtisodiy-moliyaviy ko'rsatkich hisoblanadi . Xorijiy investitsiyalarning mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o'zgartirish va modernizatsiyalashdagi rolini tahlil qilish, investitsiyalarni faol jalb qilish bo'yicha takliflar A.Isadjanov ilmiy tadqiqotlarida ham o'z aksini topgan . Bizning fikrimizcha, yuqoridagi yondashuvlar asosida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarga umumiy ravishda va keng qamrovli qilib, “bu muayyan mamlakat iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan xo'jalik yurituvchi birlikning xorijiy boshqa bir mamlakatda ro'yxatdan o'tgan mulkchilik shaklining u yoki bu turiga mansub korxona yoki ishlab chiqaruvchi tashkilot faoliyatiga ishlab chiqarishni yangidan tashkil etish yoki kengaytirish uchun uning nizom jamg'armasining 10% miqdoridan kam bo'lmagan va foyda olish maqsadida yo'naltirilgan moddiy yoki nomoddiy mablag'lardir” deb ta'rif berish maqsadga muvofiqdir.
Xalqaro hamkorlik integratsiyasi turi nuqtai nazardan TTXIni gorizontal, vertikal va konglomerativ turlarga ajratish mumkin . (1.4- rasmga qarang.) Gorizontal TTXI investor tomonidan o'z mamlakatida avvaldan ishlab chiqarib kelgan muayyan turdagi mahsulotlarni xomashyo bosqichidan to iste'molga tayyor bo'lgunicha chet el mamlakatida ishlab chiqarish uchun yo'naltirilgan investitsiyalardir.
Vertikal TTXI esa muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlaridagi faoliyat yoki tarmoqlarni investor uchun qulay bo'lgan alohida mamlakatlarga joylashtirish uchun kiritilgan xalqaro investitsiyalardir. Ularning maqsadi chet eldagi xomashyo materiallardan foydalanish, mahsulotlarni tarqatuvchi savdo shahobchalari orqali iste'molchilarga yaqinlashish, yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanish kabilardan iborat bo'lishi mumkin.
1.4 – rasm. Xorijiy investitsiyalar turlari
Konglomerativ TTXI esa o'z ichiga gorizontal va vertikal TTXI qamrab oladi. Masalan amerikalik avtomobil ishlab chiqaruvchi o'z mahsulotini to'liq yaponiya bozorida ishlab chiqarishni tashkil etsa va bu jarayon mazkur mamlakatda avtomobil ehtiyot qismlarini ham ishlab chiqarish, yangi ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishni ta'minlovchi savdo shahobchalarini barpo etish bilan birga yuz bersa, ushbu iqtisodiy faoliyatga yo'naltirilgan investitsiyalar konglomerativ xarakterga ega bo'ladi.
Retsipiyent mamlakat iqtisodiyoti xususiyati nuqtai nazardan esa TTXIni import o'rnini bosuvchi, eksportni rag'batlantiruvchi va davlat tashabbusi ostidagi turlarga ajratish mumkin . Import o'rnini bosuvchi investitsiyalar muayyan mamlakatda ushbu mamlakat avval import qilgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun kiritilgan resurslar hisoblanadi. Eksportni rag'batlantiruvchi TTXI esa retsipiyent mamlakatning investor mamlakat va TMK filiallari joylashgan mamlakatlarga xomashyo materiallar va oraliq mahsulotlar eksportini rag'batlantiradi. Davlat tashabbusi ostidagi xalqaro investitsiyalar turiga esa hukumat to'lov balansidagi kamomadni yo'qotish maqsadida xorijiy investorlarga turli imtiyozlar taklif qilish jarayonida jalb qilingan investitsiyalar kiradi.
TTXIni, shuningdek, egallovchi (expansionary) va himoyaviy (defensive) xarakterdagi turlarga ajratish mumkin. Egallovchi xalqaro investitsiyalar retsipiyent mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan firma ustunliklaridan foydalanish orqali mazkur mamlakat iste'mol bozorini egallashni ko'zda tutadi. Himoyaviy xarakterdagi investitsiyalar esa qabul qiluvchi mamlakatda mavjud arzon ishchi kuchi yoki xomashyodan foydalanib ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishni va shu orqali mahsulot tannarxini pasaytirib, xalqaro bozordagi kuchli raqobatdan saqlanishni maqsad qilib qo'yadi .
TTXI korxona va firmalarning chet el bozorlariga kirib borishi uchun eng qulay usullardan biri hisoblanadi. Ular uch xil shaklga ega bo'lishi mumkin: ishlab chiqarishni yangidan tashkil etishni nazarda tutuvchi grinfild investitsiyalar, transchegaraviy birlashish va o'zlashtirishlar (M&As) va qo'shma korxonalar . Grinfild investitsiyalar investor firma retsipiyent mamlakat hududida yangi ishlab chiqarish faoliyatini boshlashi bilan amalga oshiriladi. Agar xorijiy investor yangi korxona ochmasdan mavjud korxonani sotib olib, undagi ishlab chiqarish texnika va texnologiyasini, ishchilarini va butun jarayonni deyarli butunlay yangilasa, bunday TTXI “braunfild investitsiyalar” deyiladi.
Bunday TTXI turi asosan o'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida ko'p kuzatilgan . TTXIning korxonalarning xalqaro darajada o'zaro birlashishi va yutib yuborishi(M&As) natijasida kelib chiqadi. TTXIning bu turi xorijiy investorlar uchun grinfild investitsiyalarga qaraganda bir qancha ustunliklarga ega bo'lishi mumkin. Masalan, muvaffaqiyatsizlikka uchragan investitsiya loyihalari odatda investor uchun arzonga tushadi va investorning bozorga qisqa muddatda kirib olishini ta'minlaydi.
Firmalarning o'zaro birlashishi yoki singib ketishiga bir-birining maxsus ustunliklaridan foydalanish va masshtab iqtisodi orqali jahon bozorida yuqori raqobatbardoshlikka erishish maqsadi rag'batlantiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Korxonaning grinfild investitsiyalari yoki birlashish va singib ketish yo'lidan birini tanlashi uning o'z imkoniyatlari, retsipiyent mamlakat va tarmoq xususiyatlariga bog'liq (UNCTAD, 2000). Masalan, ilmiy-texnik salohiyati pastroq bo'lgan korxonalar ilg'or texnologiyali korxonalarga qaraganda birlashish va singib ketishga moyil bo'ladilar. Chuqur diversifikatsiyalashgan firmalar va yirik transmilliy kompaniyalar ham birlashish va singib ketish yo'lini ma'qulroq ko'radilar. Investor va retsipiyent mamlakat o'rtasidagi madaniy va iqtisodiy farqlanishning kattaligi birlashish va singib ketish tendentsiyalarini kamaytiradi.
TTXIni qo'shma korxonalar tashkil etib olib kirish esa quyidagi sabablarga ko'ra amalga oshirilishi mumkin: xorijiy investor uchun grinfild investitsiyalarni amalga oshirish serharajat yoki yuqori tavakkalchilikka ega bo'lishi mumkin; birlashtirilgan resurs va imkoniyatlarning mavjudligi.
Xorijiy bozordagi korxonani sotib olish orqali TTXIni olib kirish shakli esa ko'pincha quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: sotib olinayotgan korxona asosan sanoatlashgan ilg'or korxona bo'ladi; o'zlashtirilayotgan mahalliy korxona yirik bozor ulushiga, yuqori tovar belgisi obro'siga va yaxshi rivojlangan sotish tarmoqlariga ega bo'ladi.
TTXIni ularni rag'batlantiruvchi omillar bo'yicha resurs, bozor, samara va strategik vosita izlovchi turlarga bo'linishi J.Danning nazariyalariga asoslanadi. Ko'pchilik rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida TTXI asosan resurs izlovchi xarakterga ega bo'ladi. Bu turdagi investitsiyalar uchun rag'batlantiruvchi omillar sifatida retsipiyent mamlakatlarning xomashyo va mehnat resurslariga boyligini keltirish mumkin. Ushbu mamlakatlarda neft, gaz, mineral moddalar, metallar kabi tabiiy boyliklarning ko'pligi va arzonligi hamda arzon ishchi kuchining mavjudligi resurs izlovchi investitsiyalar jalb qilishni rag'batlantiradi. Bunday turdagi investitsiyalash natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar esa asosan eksport qilinadi. Bunda resurs izlovchi investorlarning 3 ta turini ajratib ko'rsatish mumkin:
a) tabiiy resurslar izlovchi (xomashyo materiallari va qishloq xo'jalik mahsulotlari);
b) arzon, intiluvchan, malakasiz va yarim malakali ishchi kuchini izlovchi;
v) texnologiya imkoniyatlari, menejment, marketing va yuqori tashkilotchilik salohiyatini izlovchi investorlar .
Bozor izlovchi TTXI esa muayyan mamlakat yoki mintaqa iste'mol bozorlarini egallashni maqsad qilib qo'yadi. Bu turdagi investitsiyalar kirituvchi korxonalar odatda o'z mahsulotlariga bo'lgan joriy yoki kelgusi talabga javoban uy xo'jaliklari uchun zarur iste'mol va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Ba'zi holatlarda butlovchi yoki oraliq mahsulot korxonalari o'z mijozlari ketidan chet elga ergashadilar va bozor izlovchi TTXIni vujudga keltiradilar. Masalan, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi korxona avtomobil ishlab chiqaruvchi ketidan ergashadi. Bozor izlovchi TTXI ko'pincha himoyalovchi harakterga ega bo'lib, korxonalar tomonidan qabul qiluvchi mamlakatdagi import to'siqlarini aylanib o'tish maqsadida amalga oshiriladi. Bu turdagi investitsiyalar olib kiruvchi investor uchun retsipiyent mamlakatdagi liberal savdo siyosati muhim ahamiyat kasb etadi.
Kompaniyalarning bozor izlovchi TTXIni amalga oshirishlariga xorijiy mamlakatdagi bozor hajmi va uning o'sishinining kutilishidan tashqari to'rtta asosiy omil ta'sir ko'rsatadi: a) firmaning ta'minotchilari yoki mijozlari xorijiy mamlakatlarga ko'chishi yoki kengayishi mumkin va bu holatda firma bozorni qo'ldan bermaslik uchun ular orqasidan ergashadi; b) kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotini xorijiy bozordagi mahalliy xususiyatlarga moslashtirishi kerak bo'ladi va bunga erishish uchun esa mazkur bozorda ishlab chiqarishni tashkil qilish, ya'ni TTXI kiritish talab qilinadi; v) muayyan iqtisodiyot bozorini uzoq masofadan ta'minlashdan ko'ra unga qo'shni mamlakatlar yoki uning hududidagi imkoniyatlardan foydalanish ishlab chiqarish va transaktsiya xarajatlarini tejaydi; g) korxona o'z strategiyasining bir qismi sifatida raqobatchilari faoliyat ko'rsatadigan ilg'or xorijiy bozorlarda bevosita o'zlari mavjud bo'lishni kerakli deb hisoblaydi.
Samara izlovchi TTXI xarajatlar past bo'lgan retsipiyent mamlakatdagi arzonchilikdan foydalanish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi esa investor korxonalar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, kredit karta kompaniyasining AQShlik mijozlar uchun Hindistonda chaqiruv (qo'ng'iroq qilish) markazini ochishi ishchilar uchun xarajatlarni kamaytiradi va samara izlovchi TTXI sifatida e'tirof etiladi. Samara izlovchi TTXIni rag'batlantiruvchi kuch bu korxonalarning geografik tarqoq joylashgan operatsiyalarni o'z ishlab chiqarishi, mahsulotlarini tarqatishi va marketing faoliyatini oqilona tashkil qilish orqali amalga oshirishga bo'lgan intilishidir. Iqtisodiy faoliyatni bunday optimallashtirish mamlakatlar o'rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari o'rtasidagi farqlar hamda ularning miqdor va sifat jihatdan o'zaro farqlanishiga asoslanadi.
Strategik vosita izlovchi TTXI qachon korxonalar o'zlarining uzoq muddatli strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun xorijiy mamlakatga investitsiya kiritganda yuzaga keladi. Masalan, o'zaro manfaatli ilmiy tadqiqot va konstruktorlik ishlarini hamkorlikda amalga oshirish uchun transmilliy korxona chet el mamlakatidagi boshqa korxona bilan birlashma shakllantirishi mumkin.
TTXIni kiritishning turli shakllariga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni ekonometrik baholash bo'yicha amalga oshirilgan tadqiqot natijasiga ko'ra ishlab chiqaruvchi sub'ektlarda samaradorlik oshgani sari ular to'liq o'zlari egalik qila oladigan grinfild investitsiyalar kiritishga moyil bo'lib boradilar .
Aytib o'tilgan TTXI turlari bo'yicha endilikda iqtisodiyotimizga davlat tashabbusi ostida jalb qilinayotgan asosan resurs va bozor izlovchi xususiyatiga ega bo'lgan chet el investitsiyalarini import o'rnini bosuvchi va eksportni rag'batlantiruvchi, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishni ko'zlovchi, mahsulotlarni xomashyo bosqichidan to iste'molga tayyor bo'lgunicha ishlab chiqaruvchi investitsiya turlari bilan boyitish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, iqtisodiyotning xomashyoga bog'liqlik darajasini kamaytirishni, ularni qayta ishlash darajasini esa oshirishni, ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan o'zgartirish va diversifikatsiyalashni va tashqi savdoning faollashuvini ta'minlaydi.

.
Jahonda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish mexanizmini takomillashtirish, ularning istiqbolli tarmoqlarga kirishini rag'batlantirish va ulardan samarali foydalanish muammolari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish kengaymoqda. Chunki oxirgi o'n yilda jahon iqtisodiyotidagi nobarqarorlik, turli tahdidlarning saqlanib qolayotganligi, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda o'sish sura'tlarining pasayishi dunyoda xorijiy investitsiyalar oqimi hajmini tushib ketishiga sabab bo'ldi. Mazkur holatlar tanlangan tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.
Download 105.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling