Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiyot yo’nalishi -bosqich -20 guruh talabasi Arabboyev Anvarbekning


Download 116.68 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi116.68 Kb.
#1493541
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Arabboyev Anvarbek kurs ishi (2)

III. Xulosa

Umuman olganda, davlat boshqaruv idoralari bajaradigan barcha operatsiyalar daromadlar va xarajatlar turlari bo‘yicha tasniflanadi. Asosiy tasnif iqtisodiy xarakterga ega bo‘lib, yalpi daromadlar va yalpi xarajatlar, joriy va kapital daromadlar va xarajatlarning yig‘indisi sifatida aniqlanadi. Bu kategoriyalarning ichida soliqlar xo‘jalik faoliyatining soliqqa tortiladigan turiga ko‘ra guruhlansa, xarajatlar – ularning nima 79 maqsadlarga mo‘ljallanganligiga ko‘ra, masalan, mudofa va maorif guruhlariga ajratiladi. Budjetni tahlil qilishda iqtisodiy tasnif funksional tasnifga nisbatan muhimroq ahamiyatga ega.Budjet balansining an’anaviy tushunchasi. Agar davlat idoralarining operatsiyalariga naqd pul harakati nuqtai nazaridan qaralsa, yalpi tushum har doim yalpi to‘lovlarga teng bo‘ladi va shuning uchun davlat idoralarining budjet hisoblari qaysidir ma’noda doimo balanslashgan bo‘ladi. Ammo, agar tahlil va qarorlar qabul qilish zarurligidan kelib chiqsak, bir tomondan asosiy e’tiborni tushumlar va grantlar, ikkinchi tomondan sof kreditlashni inobatga olgan holda xarajatlar orasidagi tafovutga qaratish maqsadga muvofiqdir.


Inflatsiyaning salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari turli mamlakatlarda qat’iy aksilinflatsiya siyosat olib borishlikni taqazo etadi. Bunda iqtisodchilar birinchi navbatda inflatsiyani keskin chora-tadbirlar ko‘rib «bartaraf etish» yoki unga «moslashish kerak» degan savolga javob topishga harakat qiladilar. Inflatsiyani bartaraf etishda davlat fiskal va 95 pul-kredit siyosatining mavjud dastaklaridan oqilona foydalanishga harakat qilsa, inflatsiyaga moslashishda masalan, indeksatsiyadan keng foydalanadi va shu tariqa aholi qo‘lidagi naqd pullarning keskin darajada qadrsizsizlanishining oldi olinadi. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti inflatsiyali xarakterga ega, chunki unda inflatsiyaning barcha omillarini bartaraf etishning imkoni cheklangan bo‘ladi (budjet taqchilligi, monopoliyalar, xalq xo‘jaligidagi nomutanosibliklar, aholi va tadbirkorlarning inflatsiyali kutishlari va boshqalar). Real hayotda inflatsiyani to‘liq va batamom yo‘q qilib bo‘lmaydi, ammo uning sur’atlarini barcha mamlakatlar mo‘tadil darajada ushlab turish, uni nazorat qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar va shuning uchun aksilinflatsiya siyosatini olib boradilar.Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir.


Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funktsiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslari asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi. Yagonalik va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Davlat byudjetiga xos xususiyatlar mablag’lar bilan byudjet siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.


2021-yilning oktabridan 2022-yilning fevral oyi yakuniga qadar uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, AQSH Savdo Departamenti va AQSH G‘aznachiligi (AQSH kapital bozoridagi SEC, FINRA va CFTC kabi tartibga soluvchi organlarni jalb qilgan holda) texnik ko‘magini jalb qilingan holda, ilg‘or xorijiy tajriba asosida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni birlashtirishni nazarda tutuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
- Qimmatli qog‘ozlar bozorining xalqaro bozorga integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida, Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO) bilan muzokaralar olib borildi va mazkur bandning ijrosini ta’minlash maqsadida Moliya vazirligining 2021-yil 20-avgustdagi ma’lumotnomasi Vazirlar Mahkamasiga yuborildi. Shuningdek IOSCO tavsiyalari asosida qonun hujjatlari xatlovdan o‘tkazidi hamda tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga yuborildi.



Download 116.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling