Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiyot yo’nalishi -bosqich -20 guruh talabasi Arabboyev Anvarbekning


O’zbekiston Respublikasi tashqi qarzdorlik ko’rsatkichi(2020-2023 y)


Download 116.68 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi116.68 Kb.
#1493541
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Arabboyev Anvarbek kurs ishi (2)

2.O’zbekiston Respublikasi tashqi qarzdorlik ko’rsatkichi(2020-2023 y).

O'zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2020 yilning yakunlariga ko'ra 25,1 milliard dollarni tashkil qildi. Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, qarz miqdori yil boshidan 2,8 foizga yoki 692 million dollarga oshgan edi.



«Ushbu jarayon COVID-19 virusi tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirini yumshatish uchun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi qarzlarning jalb qilinishi bilan izohlanishi mumkin», — deya tushuntirish bergan Markaziy bank.
Tashqi qarz davlat qarzi va xususiy qarzdan iborat. Davlat qarzi miqdori 16,2 milliard dollarni, xususiy qarz esa 8,9 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga qayd etilishicha, jahon pandemiyasi sharoitida fond bozorlarida birja kotirovkalarining pasayishi oqibatida O‘zbekiston suveren obligatsiyalarining bozor narxlari kamaydi.
Qarz qaytarilishiga kelsa, birinchi chorakda 132 million dollar miqdoridagi asosiy qarz va 93 million dollar miqdordagi foiz to‘lovlari amalga oshirilgan.
Davaltimizni tashqi qarzi esa 2023-yilga kelib O‘zbekiston 2023 yilda 4,5 mlrd dollar tashqi qarz olishni rejalashtirmoqda

Bu – 2022 yilda ko‘zda tutilgan, lekin amalga oshmagan maqsadli ko‘rsatkich bilan teng. Umumiy davlat qarzi miqdori 2022 yil oxirida 29,2 mlrd dollar, 2023 yil oxirida esa 32,6 mlrd dollar bo‘lishi prognoz qilinmoqda.“2022 yil yakunlari bo‘yicha davlat qarzi 29 mlrd 215 mln dollarni tashkil etishi kutilayotgan bo‘lsa, keyingi yil (2023 yil) 32 mlrd 62 mln dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Bunda tashqi qarzning YaIMda ulushi kelgusi yilda ham joriy yildagi kabi 36 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda”, “Bitimlarning umumiy qiymati 4,5 mlrd dollarni tashkil qilishi, shundan davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash, budjet taqchilligi uchun 2 mlrd (bu o‘tgan yilga nisbatan 500 mlrd dollarga kam), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun esa 2,5 mlrd dollar (bu o‘tgan yilga nisbatan 500 mln dollar ko‘p) belgilanyapti.“Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonunda davlat tashqi qarzining eng yuqori limiti YaIMga nisbatan 60 foizdan oshmasligi, 50 foizga yetganda hukumat tomonidan budjet xarajatlarini maqbullashtirish borasida choralarni ko‘rish, qarz infrastruktura va ijtimoiy sohalarga yo‘naltirish belgilangan.


“2 mlrd va 2,5 mlrd dollar... asli boshida yillik qarz limitini 4 mlrd qilamiz deb reja qilingan. 2020 yilda pandemiya boshlandi va xarajatlarni oshirishga majbur bo‘linib. Shu jumladan, defitsitni va uni moliyalashtirish uchun ham qarz mablag‘larini 5 mlrdga oshirishga majbur bo‘lgan. Keyingi yildan (2023 yil) boshlab jami qarzni 4,5 mlrdga tushirishni reja qilingan.
Umumiy xarajat tarkibida qancha qismi budjetga, qanchasi loyihalarga, umuman tashqi qarz umumiy miqdorining ahamiyati yo‘q. Xohlardikki, budjet taqchilligi 3 foiz bo‘lsin, bu biz uchun o‘rta muddatda eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lishi kerak. Bundan keyin defitsitni kamaytirish uchun tashqi qarzni ham kamaytirish ustida ishlayapmiz. 2–2,5 mlrd budjet defitsiti yoki loyihalarni moliyalashtirishga tashqi qarz jalb qilish kerak, shuning uchun 2–2,5 mlrd limit belgilangan”.Deputatlar 2023 yilgi davlat budjeti haqidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.112 deputat loyihani yoqladi, bittasi qarshi chiqdi, uchtasi betaraf qoldi, 9 kishi ovoz bermadi.O’tgan oyda Moliya vazirligi 2022 yilning I yarim yilligi uchun tashqi qarz holati va dinamikasi haqida hisobot bergan edi. 1 iyul holatiga, davlat qarzi 26 mlrd dollarni (shundan davlat tashqi qarzi – 23,26 mlrd dollar, davlat ichki qarzi – 2,77 mlrd dollar) yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 35,1 foizni tashkil etgan.

2021 yil yakuniga bo‘yicha O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi birinchi marta 40 mlrd dollardan oshib 41,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2021 yil yakuni bo‘yichaMakroiqtisodiy ko‘rsatkichlar sharhida keltirilgan.Qayd etilishicha, o‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi (davlatning barcha ichki va tashqi majburiyatlarining foizlari bilan birga) 41,6 mlrd dollarga yetgan. 2020 yilga nisbatan qarz 12,7 foizga oshgan. YAIMga nisbatan yalpi tashqi qarz 60,1 foizni tashkil qilgan. Tashqi qarzining o‘zi esa 21,1 milliarddan 23,4 milliardga ko‘paygan. Avvalroq, joriyyilning 1 yanvarholatigako‘ra, davlatqarziqoldig‘i 26,3mlrdAQSHdollarigayetganima’lumqilinganedi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilning I yarim yilligida davlat tashqi qarzi 1,6 mlrd. dollarga yoki yil boshiga nisbatan 10,5 foizga oshib, joriy yilning 1 iyul holatiga 17,31 mlrd. dollarga yoki YaIMga nisbatan 30,3 foizga yetdi.
Shundan:
- Hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz - 11,6 mlrd. dollar;
- Hukumat kafolatlagan tashqi qarz – 5,7 mlrd. dollar.
Davlat ichki qarzi dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 21,6 trln. so‘mni (2,1 mlrd. dollar) yoki YaIMga nisbatan 3,7 foizni tashkil etdi.
Shundan:
- Hukumat nomidan jalb qilingan ichki qarz – 4,3 trln. so‘m (0,4 mlrd. dollar);
- Hukumat kafolatlagan ichki qarz – 17,3 trln. so‘m (1,7 mlrd. dollar).
Ma'lum qilinishicha, davlat qarzining so‘ngi yillardagi o‘sishi dinamikasiga qaramay, xalqaro me'yorlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi (YaIMga nisbatan - 34,0 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YaIMga nisbatan - 30,3 foiz) mo‘'tadil darajada saqlanib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi davlat tashqi qarzi portfeli valuta tarkibining 69,4 foizi - dollar, 11,9 foizi - yapon iyenasi, 10,7 foizi – SDR (maxsus qarz olish huquqlari), 4,5 foizi – yevro, 3,5 foizi - boshqa valutalardagi tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

Download 116.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling