O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy ko`rsatkichlari, 2017-2020y. (o`tgan yilning mos davriga nisbatan baholarning o`sishi, %)
Yillar
|
Iste`mol baholar indeksi (IBI), jamlangan
|
Oziq-ovqat tovarlari
|
Nooziq-ovqat tovarlari
|
Xizmatlar
|
2017
|
24,9
|
18,9
|
36,6
|
47,1
|
2018
|
27,4
|
27,9
|
21,1
|
36,9
|
2019
|
27,6
|
28,0
|
19,3
|
41,3
|
2020
|
10,3
|
5,4
|
13,9
|
30,9
|
2019 yilda O`zR MB tomonidan respublikada qat`iy pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi natijasida iste`mol sohasida narxlarning umumiy o`sish sur`ati 0,5% ni tashkil qildi.
Umumiy inflyatsiya darajasiga pullik xizmatlar narxlari (20,5% dan 15,5% ga) va nooziq-ovqat tovarlari narxlari (6,3% dan 3,6% ga) o`sish sur`atlarining pasayishi ma`lum darajada ta`sir ko`rsatdi. Oziq-ovqat mahsulotlariga narxlarning pasayishi tendentsiyasi saqlanib qoldi.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlarining omilli tahlili 2019 yilda inflyatsiya darajasiga xarajatlar inflyatsiyaning (2,1% daraja) va uy-joy kommunal xizmatlari tarifining (4,5% daraja) oshganligi ta`sir qilganini ko`rsatdi. 2019 yilda talab inflyatsiyasidan taklif inflyatsiyasining oshib ketishi qayd etildi: sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning ulgurji baholari o`rtacha oylik hisobida 1,8% ga, iste`mol baholari esa 0,03% ga o`sdi.
Sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning ulgurji baholari omillarining tahlili ko`rsatishicha, 2019 yilda real sektorda inflyatsiya darajasiga energiya manbalari baholarining (43,3%), ish haqining (20,3%) va transport xarajatlarining (14,0%) oshishi ta`sir qilgan.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |