Iqtisodiyot” kafedrasi “Makroiqtisodiyot” fanidan mustaqil ish


Download 133 Kb.
bet5/9
Sana22.12.2022
Hajmi133 Kb.
#1042785
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dinamikmakroiqt olloyorova2QAYTA ISHLOV

G c = s , bu erda
G - YAIMning xakikiy qo`shimcha o`sish sur`ati; Δ Y/ Y;
c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / Δ Y;
s– Milliy daromaddagi jamg’arish hajmi yoki jamg’arishga o`rtacha moyillik,
S / Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta`minlangan o`sish sur`ati bo`lgan kafolatlangan (prognoz qilingan) o`sish sur`atiga asoslanib o`z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o`sish sur`ati jamg’arishga o`rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi:
Gw = s / cr , bu erda:
Gw – kafolatlangan o`sish sur`ati
cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffitsenti ( o’tgan yillardagi shakllangan darajasi);
Bu ko`rsatkichlar doimiy bo`lganligi sababli kafolatlangan o`sish sur`atlari ham doimiy bo`ladi.
Agar haqiqiy o`sish sur`ati kafolatlangan o`sish sur`atiga mos kelsa iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o`sish ta`minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bo`lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro`y beradi.
Xarrod modelida resurslardan to`liq foydalangan sharoitda ta`minlanishi mumkin bo`lgan maksimal o`sish sur`ati tabiiy o`sish sur`ati deb nomlandi.
Gn cr = yoki ≠ s
Iqtisodiyotning barkaror dinamik muvozanati to`liq bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy o`sish sur`atlari o`zaro teng bo`lganda ta`minlanadi.Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.
Neoklassiklar keynschilardan farqli o`laroq iqtisodiy o`sish modellarini tuzishganda iqtisodiy o`sish ishlab chiqarishning barcha omillari, shu jumladan texnik taraqqiyot tomonidan ta`minlanadi, kapital va mexnat subsititutlar, ular bir-birini alishtirishi mumkin, bozor mexanizmi va barqaror pul tizimi muvozanatni avtomatik tiklashi mumkin degan nazariy asoslarga tayanadilar. Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini qamrash xususiyatiga egadir.
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda”Iqtisodiy o`sish nazariyasiga xissa” asarida tasvirlab berildi va so`ngra 1957 yilda “Texnik taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funktsiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o`sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi hisoblanadi. Modelda yalpi taklif Kobba-Duglasning ishlab chiqarish funktsiya bilan ifodalangan, ya`ni
Y= f( L,K,N), modelda yukori texnik rivojlanish bosqichida yerning kichik ahamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat resurslari va kapitalga bog’lik deb olingan.

Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling