17 - holat
Faraz qilaylik, siz bir vaqtda shoshilinch vazifa oldingiz: sizning bevosita va yuqorida turgan boshligʻingizdan. Ularni muvofiqlashtirish uchun sizda vaqt ham sharoit ham yoʻq. Bunday hollarda siz koʻproq qanday ish tutasiz?
A. Birinchi navbatda, kimni koʻproq hurmat qilsam, shu kishining vazifasini bajaraman.
B. Mening fikrimcha muhimroq boʻlgan vazifani bajaraman.
V. Yuqorida turgan boshliqning vazifasini bajaraman.
D. Sizning variantingiz...
18 - holat
Ikki hodim yoki sizning boʻysinuvchilaringiz oʻrtasida oʻzaro murosasizlik, shchush kirmaslik yuzaga keldi. Bu esa ularning muvaffaqiyatli ishlashiga halaqit beradi. Ularning har biri ularning tomonlarini olishingiz uchun sizga alohida muomala qilishar edi.
Bunday holatda sizning odatdagi variantingiz?
A. Mening ishim ularning oʻzaro munosabatlarini ishga halaqit berishga yoʻl qoʻymaslik, nizoni yechish esa ularning shaxsiy ishlari.
B. Eng yaxshisi munosabatni tartibga solishni faolga topshirish yoki majlisda hal etish.
V. Eng avval oʻzi tartibga solishi (hal etishi) lozim va ularni yarashtirishga harakat qilishi lozim.
G. Avvalo, har bir mojaro (nizo)chi uchun jamoada kim obroʻga ega ekanligini bilib olib, ular orqali ta’sir etish kerak.
D. Sizning variantingiz...
19 - holat
Jamoada nojoʻya harakat yuz berdi, intizom buzildi yoki yaroqsiz mahsulot chiqqan. Rahbari aybdor yoki guruh noma’lum. Uning oʻrnida qanday ish tutar edingiz?
A. Aybdorlarni jazolash va ishning bajarilishi, xatolarning tuzatilishiga erishish maqsadida aniq aybdorlarni topish uchun hamma choralarni qoʻllash.
B. Harakatda, xatolarda shubhalanganlarni oʻziga (xonasiga) chaqirib, faollar yigʻilgan holda gaplashib olinadi.
V. Yuz bergan holat haqida jamoaga xabar berish kerak va avvalom bor aniq aybdorni aniqlamasdan uning jamoadagi holatini faollar bilan muxokama qilish kerak.
G. Jamoa mehnat unumdorligining va intizomining oʻsishi uchun vaqtni quruq gapga va aybdorlarni izlashga sarfla-masdan, bunday hollar qaytarilmasligi uchun bir qator tashkiliy va intizomiy chora-tadbirlar koʻrilishi kerak.
D. Sizning fikringiz...
Do'stlaringiz bilan baham: |