Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilim sohasi: 200 000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
- Ta’lim yoʻnalishi: 5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
- Menejment” fanidan oʻquv-uslubiy majmua
- Betlar I.
- 1.1. MA’RUZA (NAZARIY MATERIALLAR) 1-mavzu: “Menejment” fanining mazmuni, predmeti, obyekti va metodi REJA
- 1. Menejment fanining mazmuni, mohiyati, fanni oʻqitish maqsadi va vazifalari
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI “IQTISODIYOT” kafedrasi “MENEJMENT” fanidan OʻQUV-USLUBIY MAJMUA
Guliston -2017 “Menejment” fanidan oʻquv-uslubiy majmua Oʻzbekiston Respulikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 7 yanvardagi №БД-5230200 bilan roʻyxatga olingan va 2015 yil 02 fevraldagi № 32 sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Menejment” fanining oʻquv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan.
“Menejment” fanidan oʻquv-uslubiy majmua Guliston davlat universiteti Oʻquv-uslubiy kengashining 26 avgust 2017 yildagi № 1- sonli yigʻilishida koʻrib chiqilib ta’lim jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan. © Iqtisodiyot, 2017 yil Mundarija
I. OʻQUV MATERIALLARI 1.1. MA’RUZA (NAZARIY MATERIALLAR) 1-mavzu: “Menejment” fanining mazmuni, predmeti, obyekti va metodi REJA: 1. Menejment fanining mazmuni, mohiyati, fanni oʻqitish maqsadi va vazifalari 2. Menejment ob’ekti va sub’ekti 3. Boshqaruvda tizimli yondashuv Tayanch soʻzlar: menejment, boshqaruv ob’ekti, boshqaruv sub’ekti, menejment funksiyalari, ierarxiya, qayta aloqa, yakkahokimlik, naf, baho, talab va taklif, oʻz oʻzini boshqarish. 1. Menejment fanining mazmuni, mohiyati, fanni oʻqitish maqsadi va vazifalari Menejment fanining mazmuni, mohiyati, fanni oʻqitish maqsadi va vazifalari, menejment obyekti va subyekti. Menejment fanining tahliliy usullari (tizimli yondashuv, kompleks yondashuv, integraqion yondashuv, iqtisodiy-vaziyatli yondashuv, iqtisodiy-matematik yondashuv, modellashtirish, kuzatish, eksperiment, soqiologik kuzatish usullari)ning qoʻllanilishi. Menejment fanining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan oʻzaro aloqalari. Menejment — inglizcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida «boshqaruv» ma’nosini ifodalaydi. Asrimizning 60-yillarida menejment amerikacha boshqaruv deb tushunilgan, keyinchalik «ilmiy boshqaruv» deb yuritila boshlangan. Menejment - bu inglizcha soʻz boʻlib, ingliz tilining Oksford lugʻatida berilgan ta’rifga binoan u: boshqaruv xokimiyati va san’ati; resurslarni boshqarish boʻyicha aloxida moxirlik va ma’muriy koʻnikmalar tushuniladi.1 Boshqacha soʻz bilan aytganda, menejment-bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni koʻpaytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv - bu oʻziga xos yuksak sa’nat va maxoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. Bugungi kunda menejment va boshqaruv toʻgʻrisida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud:
Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling