Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. Menejment fani


Download 3.37 Mb.
bet3/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.
Menejment fani - bu boshqaruvchiga tanlovni toʻgʻri amalga oshirishni va ishchan qarorni qabul qilishni oʻrgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqqan xolda bu fan quyidagilarni oʻrganadi:

  • boshqarish nazariyasi va amaliyoti;

  • boshqarish ob’ekti va sub’ekti;

  • boshqarish tamoyillari va usullari;

  • boshqarish madaniyati;

  • menejer va uning fazilatlari;

  • menejer reytingi;

  • boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;

  • boshqarish funksiyalari;

  • xodimlarni boshqarish;

  • ishlab chiqarishni boshqarish;

  • samaradorlikni boshqarish;

  • oʻz-oʻzini boshqarish;

  • xududiy boshqarish va xokazolar.2

Koʻrib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’ekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi oʻquvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, raxbarlik san’ati sirlarini oʻrgatishdan iborat.
Fanni oʻqitish talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish uygʻotish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tugʻdirishdan iborat. Chunki Hozir boshqarish asoslarini oʻrganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va oʻrta, katta jamoalarning raxbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, soqial, tashkiliy - texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish boʻyicha loyixalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan mutaxassislar boʻlib etishadilar.
Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish xam ularning zimmasiga tushadi.
Menejment ob’ekti xaqida soʻz yuritganda, eng avvalo, ob’ekt soʻzining lugʻaviy ma’nosiga e’tibor berish kerak boʻladi. Shu ma’noda ob’ekt - bu:

  • bizdan tashqarida va bizning ongimizga bogʻliq boʻlmagan xolda mavjud boʻlgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;

  • kishi faoliyati, diqqat - e’tibori qaratilgan xodisa, predmet, shaxs;

  • xoʻjalik yoki mudofaa axamiyatiga ega boʻlgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va shu kabilar.

Demak, ob’ekt tushunchasi mikro voqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha boʻlgan ma’noni oʻz ichiga oladi. Masalan, “Xaydovchi oʻz mashinasini boshqara ololmaganligi sababli u yoʻldan chiqib ketgan”. Bu erda boshqaruv ob’ekti boʻlib mashina xisoblanadi.
Yoki, “U kishi oʻzini juda yaxshi boshqara oladi”. Bu erda boqaruv ob’ekti boʻlib kishi, shaxs xisoblanadi. Futbol komandasi yoki shaxar transporti xarakatini boshqarish. Tuman, viloyat, mamlakatni boshqarish va x.k. menejmentning yoki boshqarishning ob’ektlaridir.
Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning raxbarlari menejmentning sub’ekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar - bashqaruvchilar boʻlib xisoblanadi.
Shunday qilib xar qanday xodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob’ekt va boshqaruvchi sub’ekt tizimlaridan tashkil topadi.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling