Maqsadning tob’eligi deganda maqsadni qoʻyish va uni amalga oshirishning mavjud shart-sharoitlarga bogʻliqligi, ¸xud strategik maqsadning qator taktik maqsadlarga, istiqboldagi maqsadning esa oʻrta va qisqa muddatli maqsadlarga bogʻliqligi, bir maqsadning boshqa maqsadga boʻysinishi tushuniladi.
Maqsadning ¸yib boʻlishligi sifati deganda uning
oʻz mohiyati boʻyicha;
amalga oshirish davri (vaqti) boʻyicha;
pogʻonalar boʻyicha;
boʻgʻinlar va xokazalar boʻyicha bir qator lokal va xususiy maqsadlarga ¸yilishi tushuniladi.
Maqsadning oʻzaro munosabat (bogʻlanish)da boʻlishlik sifati deganda uning muximligi jixatdan ranjirlanishi, tartiblanishi tushuniladi. Maqsadning bu jixati barcha lokal, xususiy va yakka maqsadlarni ustuvorligi boʻyicha tartiblash, shuningdek mazkur maqsadlarni amalga oshirish boʻyicha aniq amaliy tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Maqsadning muayyan ierarxiyaga ega ekanligi, ya’ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga boʻysinishi (tob’e boʻlishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega boʻlishi (¸yib boʻlishligi), maqsadlarning bir-biri bilan oʻzaro munosabatda boʻlishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tugʻdiradi. Bunday vazifani bajarish uchun menejment fanida “maqsadlar shajarasi” deb atalgan maxsus usul qoʻllaniladi.
Maqsadli yondoshuv usuli besh pogʻonadan iborat.
1-pogʻonadagi maqsadlar korxonaning strategik rejalashtirishiga taalluqli. Ularni korxonaning yuqori pogʻonasidagi menejerlar ishlab chiqadi. Ular ulkan masalalarni aniqlashga, korxona ichki qadriyatlari va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga javob berishadi xamda oʻrta boʻgʻin menejerlari ishlarini boshqaradilar. Ularning namunaviy unvonlari Prezident, bosh ijrochi direktor yoki vitse prezidentdir.
2-pogʻonadagi maqsadlar oliy va oʻrta darajadagi menejerlar tomonidan belgilanadi. Ular unchalik uzoq muddatda boʻlmagan, aniq davrga moʻljallangan maqsadlardir. Odatda bu maqsadlar korxonaning aniq faoliyat soxalari miq¸sida boʻladi. Bular turkumiga:
ishlab chiqarish
moliyaviy
mexnatni boshkarish
marketing
rentabellik kabi soxalardagi maqsadlar kiradi.
Bu soxalardagi maqsadlar odatda miqdoriy koʻrsatkichlarda oʻz aksini topadi. Masalan, oʻtgan yilga nisbatan joriy yilda rentabellik darajasini 10 foizga oshirish-ki mexnat unumdorligini 18 foizga oshirish kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |