Iqtisodiyot” kafedrasi “mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan Mavzu: Tavakkalchilikni pasaytirish yo`llari
Joriy likvidli aktivlar < Zararning miqdori Xususiy kapital
Download 30.8 Kb.
|
kurs ishi mikro
Joriy likvidli aktivlar < Zararning miqdori Xususiy kapital
Ko‘rilgan zararning miqdori korxonaning xususiy kapitalidan ortib ketganda (Zararning miqdori > Xususiy kapital) korxona to‘lovga qobilligini yo‘qotadi va so‘zsiz bankrot deb e’lon qilinadi. Tavakkalchilikni baholashda koeffitsentlardan foydalanish mumkin. Sof foydaga, joriy likvidli mablag‘larga va xususiy kapitalga nisbatan tavakkalchilik koeffitsentlarini hisoblash mumkin: , , .
Ksf, Kjlm, Kxk – sof foydaga, joriy likvidli mablag‘larga va xususiy kapitalga nisbatan tavakkalchilik koeffitsentlaridir; ZM – ko‘rilgan zararning miqdori, so‘m; SF – subyektning sof foydasi, so‘m; JLM – korxonaning joriy likvidli mablag‘lari, so‘m; XK – korxonaning xususiy kapitali, so‘m. Tavakkalchilik koeffitsentlarini hisoblashda quyidagi holatlarga e’tiborni qaratish kerak. Agar sof foydaga nisbatan hisoblangan tavakkalchilik koeffitsenti birdan ortib ketsa, ko‘rilgan zarar yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan ortib, jiddiy zarar tug‘diradigan tavakkalchilikka aylanganini bildiradi va zararni miqdorini korxonaning joriy likvidli mablag‘lariga nisbatan solishtirish zaruriyati tug‘iladi. Joriy likvidli mablag‘larga nisbatan hisoblangan tavakkalchilik koeffitsenti birdan ortib ketganda esa, tavakkalchilik darajasi korxona uchun o‘ta xavfli ekanligidan darak beradi va zarar miqdorini xususiy kapital bilan solishtirish zaruriyati tug‘iladi. Har uchala formulada ham tavakkalchilik koeffitsentlari birdan kichik yoki teng (Kt 1) bo‘lsagina hisoblanayotgan tavakkalchilik mezoniga mos keladi. Korxona qancha katta kapitalga egalik qilsa, ishlab chiqarish samaradorligi, rentabellik darajasi va joriy aktivlar likvidligi yuqori bo‘lsa, uning tavakkalchilikka ta’siri shuncha kam bo‘ladi va tadbirkor tavakkalchilik vaziyatlarida qo‘rqmasdan masalalarni hal qilishi mumkin. Tavakkalchilikni baholash har bir tadbirkorning aql-idrokiga bog‘liq. Konservativ toifadagi tadbirkorlar, odatda, yangiliklarga ko‘p intilmasdan, mumkin bo‘lgan har qanday tavakkalchilikdan o‘ochishga harakat qiladilar. Boshqa toifadagi tadbirkorlar esa, agar tavakkalchilik me’yor darajasida bo‘lib, uni baholash va oldini olish yoki oqibatlarini pasaytirish mumkin bo‘lsa, tavakkal qilish yo‘lini tanlaydilar. Ko‘pchilik mutaxassislar fikriga ko‘ra, tavakkalchilikka bormasdan biznesda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Tavakkalchilikka bo‘lgan munosabat tadbirkor ega bo‘lgan sarmoya miqdoriga ham bog‘liq. Masalan, tadbirkorning sarmoyasi 100 ming so‘mga teng bo‘lsa, uning uchun 20000 so‘mlik zarar juda katta yo‘qotish bo‘ladi. Agar u 10 mln. so‘mlik saromoyaga ega bo‘lsachi? Bu holda 20000 so‘mga teng zarar bilan tavakkalchilik qilish unchalik xavf tug‘dirmaydi. 3. Tavakkalchilikni kamaytirish yo‘llari Mavjud noaniqliklar va xatarlar tadbirkorni o‘z loyihasining foydaliligini chuqur tahlil etishga, ishlab chiqarish va boshqa xarajatlarni tejamkorlik asosida puxta sarflashga, asosiy vositalar va aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishga, baho siyosatini to‘g‘ri belgilashga undaydi. Aks holda korxona faoliyati ino‘iroz bilan yakun topishi mumkin. Tavakkalchilikni kamaytirishning quyidagi yo‘llari mavjud: 1. Tavakkalchilikning paydo bo‘lishidan qochish. 2. Tavakkalchilikning ta’sirini kamaytirish. Birinchi holatda tadbirkor o‘z faoliyatiga xavf tug‘diradigan har o‘anday xatarni chetlab o‘tishga harakat qiladi. Ikkinchi holatda esa tadbirkor tavakkalchilikning subyekt ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatiga ta’sirini (zararni) pasaytirish choralarini izlaydi. Tavakkalchilikni kamaytirishning yo‘nalishlarini belgilashda quyidagi holatlarni hisobga olish kerak: agar tadbirkorning faoliyat turi muqarrar ravishda tavakkalchilik bilan bog‘langan bo‘lsa, bunday holatda uni chetlab o‘tish imkoniyati bo‘lmaydi; bir turdagi tavakkalchilikdan qochish uning ikkinchi turini tug‘dirishi mumkin; tavakkalchilikdan qochish yuqori darajada foyda keltiradigan sohalarda biznes imkoniyatlarini cheklaydi; tadbirkorlik faoliyatining ko‘lami yirik va kutilayotgan foydaning miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, tavakkalchilikning yuzaga kelishi ehtimoli ham shuncha yuqori bo‘ladi va hokazo. Tavakkalchilikni kamaytirishda tadbirkor uning ta’sirini o‘ziga olishi, taqsimlashi yoki boshqalarga o‘tkazishi mumkin. Tavakkalchilikni o‘ziga olish quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: 1. Oldindan rejalashtirilgan holda zararlarni o‘oplovchi maxsus zahira jamg‘armalarini yaratish. 2. Rejalashtirilmagan tavakkalchilikdan ko‘rilgan zararlarni foyda yoki aktivlar hisobidan qoplash. Oldindan rejalashtirilgan zahira jamg‘armalarini yaratish o‘zini-o‘zi sug‘urtalash jarayonini anglatadi. Subyekt favqulodda yuz beradigan tavakkalchilik holatlari uchun foydadan ajratma hisobiga maxsus jamg‘arma (tavakkalchilik jamg‘armasi) yaratadi. Masalan, yirik tadbirkorlik subyekti uncha qimmat bo‘lmagan uskunani tasodifiy xatarlardan sug‘urtalashni maxsus sug‘urta kompaniyasi orqali amalga oshirishni ma’qul ko‘rmaydi. O‘zini-o‘zi sug‘urtalash zarar ehtimoli kichik bo‘lgandagina maqsadga muvofiq. Biroq, zahira jamg‘armasi foyda keltirmaydigan o‘lik kapital ekanligi uchun, tadbirkorlar bunday jamg‘armani qisqartirishga harakat qiladilar. Ikkinchi holatda, ya’ni rejalashtirilmagan tavakkalchilikni o‘ziga olishda tadbirkorlik firmasi tavakkalchilik natijasidagi yo‘qotishlarni foyda yoki aktivlardan qoplashiga to‘g‘ri keladi. Agar yo‘qotishlar hajmi foydadan katta bo‘lsa, joriy likvidli aktivlar yoki xususiy kapitalning bir qismidan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Tadbirkorlik tavakkalchiligini pasaytirishning yana bir usuli bu tavakkalchilikni taqsimlash yoki birlashtirish yo‘li bilan yo‘qotishlarni +isqartirish hisoblanadi. Download 30.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling