Iqtisodiyot” kafedrasi “mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan Mavzu: Tavakkalchilikni pasaytirish yo`llari


Tavakkalchilikni taqsimlash, odatda, tadbirkorlik firmasining aktivlarini taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi


Download 30.8 Kb.
bet8/12
Sana09.01.2022
Hajmi30.8 Kb.
#260934
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi mikro

Tavakkalchilikni taqsimlash, odatda, tadbirkorlik firmasining aktivlarini taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Mulk tadbirkor oilasining turli a’zolari nomiga o‘tkaziladi yoki shu maqsad uchun yaratilgan korporatsiya va trast firmalari nomiga o‘tkaziladi. Bunda bir maqsad atrofida birlashgan tadbirkor oilasining a’zolari yoki yaqin aloqada bo‘lgan tadbirkorlarning guruhi (shirkat, korporatsiya, konsern va boshqa) tavakkalchilik qilish oqibatida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan foyda va zararlarni o‘zaro taqsimlaydilar.

Tavakkalchilikni taqsimlash orqali kamaytirish usullaridan biri – diversifikatsiyalashdir. Uning mohiyati bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan turli xildagi faoliyat ko‘rinishlari o‘rtasida kapital quyilmalarni va tovar-moddiy resurslarni taqsimlashdan iborat. Agar tavakkalchilik oqibatida bir faoliyat turidan zarar ko‘rilsa, boshqasidan ko‘rilgan foyda hisobidan uni qoplash mumkin.

Diversifikatsiyalash ishlab chiqarish, tijorat va investitsiya faoliyati sohalarida tavakkalchilikning darajasini kamaytirish imkonini yaratadi. Uni diversifikatsiyalash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:

kapital sarflarni bir nechta faoliyat turlariga bo‘lib sarflash;

har xil turdagi yuqori daromad keltiradigan qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish;

moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha tashqi sheriklarning sonini ko‘paytirish;

turli sigmentlarni o‘amrab olgan bozor va iste’molchilarning talabiga mos tovarlar ishlab chiqarish;

bozor konyukturasi va iste’molchilar sigmentiga mos keluvchi turli baho siyosatini yuritish;

yuk tashuvchi turli transport subyektlarining xizmatidan foydalanish;

tovar-moddiy zahiralarni bir nechta joyda bo‘lib asrash va hokazo.

Amaliyotda diversifikatsiyalash tavakkalchilikni faqat kamaytirishi emas, aksincha oshirishi ham mumkin. Tadbirkor o‘z mablag‘ini samarasiz ishlab chiqarish faoliyatiga sarflagan tao‘dirda tavakkalchilik ehtimoli ortadi.

Tavakkalchilikni birlashtirish ikki yoki undan ortiq korxonalarning qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi va buning natijasida yangi tashqil topgan korxona dastlabkilariga qaraganda ko‘p aktivga ega bo‘ladi. Tavakkalchilik xatarlarini pasaytirish yo‘lida tadbirkorlarning o‘z kapitallarini birlashtirishi, ular o‘rtasida olingan foydani va zararlarni bo‘lish imkonini yaratadi. Ushbu holat korxonani tavakkalchilikdan butunlay holi qilmaydi, lekin uning xatar darajasini bir muncha pasaytirishga yordam beradi.



Tavakkalchilikni boshqalarga o‘tkazish yoki tavakkalchilik transferti – tadbirkorlik tavakkalchiligini kamaytirishning yana bir usuli hisoblanadi. Bunda tavakkalchilik xatarlari shartnoma asosida ikkinchi bir yuridik shaxs zimmasiga o‘tkaziladi.

Tavakkalchilikni boshqalarga o‘tkazishning ikki tomon uchun ham foydali sabablari mavjud:



  1. Tavakkalchilikni o‘ziga olishda ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarning miqdori tavakkalchilikni o‘tkazishdagiga nisbatan ko‘p bo‘lishi mumkin.


  2. Tavakkalchilik o‘tkaziladigan tashqi subyekt xatarlarni kamaytirishning samarali usullarini bilishi va ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin.


  3. Tavakkalchilikni o‘tkazuvchi ma’lum to‘lov evaziga ehtimol tutilgan zararlardan o‘zini himoyalashga erishsa, tavakkalchilikni oluvchi o‘tkazuvchilar badali hisobidan daromad ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


  4. Tavakkalchilikni o‘tkazishning quyidagi shakllari uchraydi:


  5. +urilish shartnomalari – bunday shartnomani tuzish orqali tadbirkor turli obyektlarni qurish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tavakkalchilikni qurilish firmasining bo‘yniga o‘tkazadi.


  6. Yuklarni asrash va jo‘natish shartnomasini imzolash orqali tadbirkor mahsulotlarni tashish va asrash davrida yuz berishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar va buzilishlar bo‘yicha xatarin ma’lum to‘lov evaziga transport kompaniyasining zimmasiga o‘tkazadi.





  7. Download 30.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling