Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot


Download 478.83 Kb.
bet130/158
Sana15.11.2023
Hajmi478.83 Kb.
#1775484
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   158
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot

Koldora-Xiks mezoni – turmush farovonligi mezoni bo’lib, unga ko’ra yutganlar o’z yutug’ini boy berganlarning yo’qotishidan yuqori deb narxlasa.
Kooperativ o’yin – o’yinda bir neta o’yinchilar o’zaro kelishib, birgalikda o’ynaydi (iqtisodiyotda kooperativ o’yinga misol sifatida karterni qarash mumkin).
Kurno muvozanati – duopolik bozorda har bir firma mustaqil ravishda shunday optimal ishlab chiqarish hajmini tanlaydiki ushbu mahsulot hajmi ikkinchi firmani qanoatlantiradi. Kurno muvozanati firmalarning aks ta’sir qiluvchi funktsiyalari grafiklarining kesishish nuqtasida vujudga keladi.
Lorents chizig’i – biror bir ko’rsatkichni taqsimlanish darajasini ifodalovchi egri chiziq. Bu amerikalik olim Maks Otto Lorens (1876-1944) tomonidan aholi daromadlarining taqsimlanishini narxlash uchun ishlab chiqilgan. Aholidan daromad solig’i olinib, ularga transfert berilgandan keyin Lorens chizig’ining botiqligi kamayadi.
Masshtab samarasi – bu ishlab chiqarish masshtabining kengayishi surati bilan mahsulot ishlab chiqarishni o’sish surati o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi deyiladi.
Ma’naviy tavakkalchilik – yo’qotishlar sug’urta kompaniyasi tomonidan to’liq qoplanishiga ishonch hosil qilgan holda vujudga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirib ko’rsatishga intiluvchi shaxsning hatti-harakati.
Mehnat bozorida monopsoniya – bu mukammallashgan raqobatdagi mehnat bozorining alohida bir chetki ko’rinishi bo’lib, bunda biror kichik shahardagi yagona firma mahalliy aholining ko’p qismini ish bilan ta’minlaydi.
Mehnatni chekli mahsuloti – boshqa ishlab omillari sarfi o’zgarmaganda bir birlik qo’shimcha mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulot.
Monnopoliyaning o’lik yuki yoki jamiyatning sof yo’qotishi – monopolist bo’lmagandagi mahsulot ishlab chiqrish hajmidan monopolist ishlab chiqargan mahsulotni ayirmasiga teng.
Monopoliyabu shunday bozorki, unda faqat bitta mahsulot ishlab chiqaruvchi firma faoliyat olib boradi va mahsulot ishlab chiqarishni, sotishni to’liq nazorat qiladi.
Muvozanat narx – talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx. Muvozanat narxga to’g’ri keladigan tovar miqdoriga muvozanat mahsulot miqdori deyiladi.

Download 478.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling