Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Download 478.83 Kb.
|
Mikroiqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini, bozor sub’ektlarning iqtisodiy faoliyatini o’rganish usullari bo’yicha bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning vazifasi – talabalarga bozor iqtisodiyoti qonunlarini, bozor sub’ektlarining har xil bozor tuzilmalaridagi harakat faoliyatini, ularning faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni, iste’molchining bozordagi harakatini, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kabi masalalarni, bozordagi talab va taklif to’g’risidagi statistik ma’lumotlar asosida bozorni tahlil qilish va xulosalar chiqarishni, davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi oqibatlarini tahlil qilish asosida xulosalar chiqarishni o’rgatishdan iborat. Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar: «Mikroiqtisodiyot» fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: -zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining nazariy asoslarini; talab va taklif modeli asosida taqchil resurslarning taqsimlanish mexanizmini; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlarning asosiy xususiyatlari va firmalarning ushub bozordagi harakat qilish qoidalarini; bozor sharoitida narxlarning qanday shakllanishini; davlatning bozor iqtisodiyotigi aralashish yo’nalishlari va ularning oqibatlarini; mehnat, kapital va yer bozorining ishlash mexanizmini bilishi; - talaba bozordagi talab va taklfi to’g’risidagi statistik ma’lumotlar asosida bozorni tahlil qilish va xulosalar chiqarish; statistik ma’lumotlar asosida talab va taklif funktsiyalarini tuzsh va ular asosida bozordagi holatni tahlil va prognoz qilish; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorda firmalarnin harakatini tahlil qilish asosida hulosalar chiqarish; davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi oqibatlarini tahlil qilish asosida hulosalar chiqarish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi; - talaba bozor iqtisodiyotini ishlash va rivojlanish mexanizmi to’g’risida; taqchil resurslarni taqsimlanish tamoyillari to’g’risida; talab va taklif asoslari to’g’risida; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlar to’g’risida; bozor sharoitida narxning shakllanishi mexanizmi to’g’risida; har xil bozor tuzilmalarida firmalarning harakat qilish qoidalari to’g’risida; bozorning ishlash samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar to’g’risida aniq malakalariga ega bo’lishi kerak. Download 478.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling