Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot


Bo’sh kataklar to’ldirilsin


Download 478.83 Kb.
bet89/158
Sana15.11.2023
Hajmi478.83 Kb.
#1775484
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   158
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot

7. Bo’sh kataklar to’ldirilsin.


Majmua


X


Y


MRS


MUx


MUy

1

2

90

15




6

2

4

60




60




3

5

48







12

4

8

36




6




5

10

30







1

6

11



29











8. Nizomiddinning naflik funktsiyasi U = XY, bunda X – gilos miqdori, Y – qulupnay miqdori. Gilos narxi 2500 so’m, qulupnay narxi 2000 so’mga teng. Nizomiddinning byudjeti 30 000 so’mni tashkil etadi.
Aniqlansin:
a) Byudjet tenglamasi topilsin;
b) Agar majmua byudjet chizig’ida yotsa va majmuada 7 kg gilos bo’lsa majmuadagi qulupnay miqdori aniqlansin;
v) Byudjet chizig’idagi qaysi majmuaning nafligi nolga teng?
g) Majmua (10; 25) ga teng. Majmua qiymati o’zgarmaganda qulupnay miqdorini 2 kg ga qisqartirsak, gilos miqdori qanchaga oshadi?
d) (10; 25) majmuadan o’tuvchi befarqlik chizig’i chizilsin.
9. To’lqin akaning bir haftalik daromadi 9600 so’m. U ushbu daromadini kolbasa va sariyog’ga sarflaydi. Bir kg sariyog’ narxi 3200 so’m, 1 kg kolbasa narxi 2400 so’m. Naflik funktsiyasi U XcXk ga teng Sariyog’ narxi tushib 2600 so’mni tashkil etdi.
Aniqlansin:
a) Narx tushmasdan oldingi naflikni olish uchun daromadni qanchaga o’zgartirish kerak?
b) Almashtirish samarasi, daromad samarasi va umumiy samara hisoblansin.
10. Ozod bir oyda qulupnay va o’rik uchun 140 000 so’m sarflashni rejalashtirdi.
a) O’rikdan olinadigan umumiy naflik funktsiyasi TU(x)=30x-2x2
Bu yerda, x- o’rik hajmi.
Qulupnaydan olinadigan umumiy naflik funktsiyasi esa TU(y)=20y-y2ga teng.
Bu yerda, y-qulupnay hajmi.
1 kilogramm o’rik narxi -1 000 so’m, 1 kilogram qulupnay narxi esa -2 000 so’mga teng. Ushbu ma’lumotlar asosida Ozod uchun eng maqbul tanlov topilsin.
11. Qahramonning 30 000 so’m puli bor. U “shok” shokoladini eyishni istaydi. “SHok” shokolodining narxi 3000 so’mga teng. Qahramonning naflik funktsiyasi U=12×+ y ko’rinishida bu yerda x- olinadigan shokolad miqdori, y-daromadning qolgan qismi. Qahramon uchun maqbul tanlovni toping.
12. Naflikning muvozanat shartini toping, agar U(x,y)=X×Y, PX=2000, PY=5000, M=100 000 bo’lsa: bu yerda, M- byudjet chizig’i, PX va PY – X va Y ne’matlarning narxi, X va Y – ularning soni.
13. Lochin 4 dona X tovardan 9 dona Y tovardan sotib olmoqchi. Uning cho’ntagidagi 100 $ pul mablag’i bor. X tovar bilan Y tovarning chekli almashtirish normasi 4 ga teng bo’lsa, X va Y ne’matlarning narxlari aniqlansin.
14. Robiyaning mablag’i 100 000 so’mni tashkil etadi. U ushbu puliga olma va go’sht sotib olmoqchi. Bozorda 1 kg olma narxi 2000 so’m va 1 kg go’sht narxi 7000 so’m edi. Bozordagi o’zgarishlar tufayli olma narxi 1500 so’mga tushdi, lekin go’sht narxi 20% ga ko’tarildi. Robiyaning dastlabki va hozirgi vaqtdagi byudjet chizig’i grafikda chizilsin va o’zgarishlarni izohlang.

Download 478.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling