Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot


Download 478.83 Kb.
bet120/158
Sana15.11.2023
Hajmi478.83 Kb.
#1775484
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot

5. Bozorda faqat 3 ta firma harakat qiladi. Bozor talabi funktsiyasi hamda birinchi, ikkinchi va uchinchi firmalarning xarajat funktsiyalari berilgan bo’lsin:
SD=8000-2.5P
TC1=2S12 , TC2=400S2 , TC3=500S3
Firmalar raqobat echimi strategiyasini tanlashsalar, har bir firma qancha birlik mahsulot ishlab chiqaradi, qancha foyda oladi va muvozanat narx qanday bo’ladi?
6. Oligapolist bir oyda 4 ming dona tovar ishlab chiqarar edi. Lekin u kelasi oydan 5 ming dona mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Agar uning mahsulotiga oylik talab funktsiyasi SD=9000-P ko’rinishida bo’lsa, kelasi oyda uning foydasi qanday o’zgaradi?
7. Monopolist mahsulot ishlab chiqarish hajmini kelasi oydan kamaytirmoqchi. Hozir u oyiga 4 ming dona mahsulot ishlab chiqaradi, keyingi oydan esa ishlab chiqarish hajmini 75% ga qisqartirmoqchi. Uning foydasi qanday o’zgaradi, agar monopolist mahsulotiga bozor talabi funktsiyasi 5000-P ko’rinishida bo’lsa?
8. Toshkent zavodi franchayzing asosida coca-colaishlab chiqarib ikkita bozorga ya’ni Toshkent shahar va viloyatlar bozorlariga etkazib beradi. Bu bozorlarga bir qancha mayda korxonalar tomonidan coca-colaga yaqin ichimliklar ham etkazib beriladi, ya’ni Toshkent shahriga (5×P-40), viloyatlarga (2×P-20) mln litr miqdorida. Bu yerda P-bir dona coka-colaga yaqin ichimlik narxi. Coca-colava unga o’rinbosar tovarlarga talab funktsiyasi Toshkent shahrida S=220-5×P, viloyatlarda esa S=120-3×P ko’rinishida. Agar bir dona coca-colaning chekli xarajati 12 birlik bo’lsa, Toshkent zavodi har bir bozorga qancha mahsulot va qanday narxda etkazib beradi?
9. Monopolist mahsulotiga talab funktsiyasi P=80-4×S ko’rinishida berilgan, chekli xarajat esa MC=16 birlikka teng. Monopolistning maksimal foyda oladigan narxidagi narxga bog’liq talab elastiklik koeffitsenti aniqlansin.
10. Tarmoqda bitta lider firma va bir qancha mayda firmalar harakat qilmoqdalar. Barcha mayda firmalar mahsulotlarining taklifi hajmi 1.5×P ga teng. Tarmoq mahsulotlariga talab funktsiyasi SD=100-0.5×P ko’rinishida. Agar lider firmaning chekli xarajati 30 birlik bo’lsa, lider firma qancha mahsulotni qanday narxda bozorga etkazib beradi?

Download 478.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling