Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot


Download 478.83 Kb.
bet128/158
Sana15.11.2023
Hajmi478.83 Kb.
#1775484
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   158
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot

Iqtisodiy resurslar– ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar yoki ishlab chiqarish omillari.
Iqtisodiy o’sish - ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar miqdorini oshirish yoki texnologiyani takomillashtirish orqali jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish.
Investision loyihani oqlash muddati – joriy foydalar yig’indisini investisiya qiymatiga teng bo’lishini ta’minlovchi minimal vaqt oralig’i.
Investitsiyalash – asosiy kapitalni to’ldirish va o’stirish uchun vapital qo’yish jarayoni.
Investitsiyani ichki oqlash normasi – investision loyiha samaradorligi ko’rsatkichi. Investisiyani (minus bilan olingan) qiymati bilan kelajakda olinadigan sof foydaning diskontirlangan qiymati yig’indisini nolga aylantiruvchi ichki qaytim normasi.
Inglizcha autsion – bunda stavka pastdan yuqoriga tovar sotilgunga qadar oshib boradi, tovar taklif qilingan maksimal narxda sotiladi.
Inson kapitali nazariyasi – inson kapitaliga investisiya qo’yish natijasida ish haqining har xil darajada bo’lishi sabablarini tushuntirib beruvchi nazariya.
Inson kapitaliga investisiya (human capital investment)insonning qobiliyatini, malakasini, ishchining mehnat unumdorligini oshirishga olib keladigan har qanday harakat (shu bilan birga bilim olishiga, sog’lig’ini tiklashga sarflar).
Institutlar – iqtisodiy sub’ektlar harakatini cheklovchi, ularning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlar, qoidalar hamda ushbu me’yor va qoidalarni bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.
Iste’molchi ortiqchaligi (yutug’i) – iste’molchi tovarlar uchun to’lashi mumkin bo’lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy to’langan narxlar ayirmalarining yig’indisi.
Ish haqi (wage rate) – foydalanilgan mehnat uchun berilgan pul miqdori yoki narx.
Ishlab chiqarish (product) - ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mahsulot yaratish jarayonini yoki ishlab chiqarish omillarini tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni.

Download 478.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling