Befarqlik chizig’i (indifference curve) – shaxs uchun bir xil naf beradigan bo’sh vaqt, ish vaqti va ish haqi (daromad) kombinasiyalarini ifodalovchi egri chiziq (bu yerda bo’sh vaqt va ish vaqti 0 dan 24 soatgacha qiymat qabul qiladi va har bir ish vaqti ma’lum daromadni, ish haqini ifodalaydi).
Bozor muvozanati – bozorda taklif miqdorini talab miqdoriga teng bo’lgan hol; taklif chizig’i bilan talab chizig’i kesishgan nuqtaga muvozanat nuqta deyiladi.
Byudjet – iste’molchining ma’lum vaqt oralig’ida oladigan barcha daromadlari yig’indisi.
Byudjet chegarasi (budget constraint) – «umumiy vaqt - daromad» koordinatalariga ega bo’lgan to’g’ri chiziq bo’lib, uning yotiqlik burchagi ish haqini ifodalaydi. (daromad 0 bo’lganda vaqt 24 soatga teng, ya’ni (24,0).
Byudjet chizig’i – byudjetni to’liq sarflash sharti bilan iste’molchi sotib oladigan tovarlar kombinasiyalarini ifodalovchi chiziq.
Vaqt bo’yicha ustun ko’rish – joriy iste’molga sarflash bilan kelajakda iste’mol qilish uchun sarflashdan qaysi birini befarqlik chizig’i asosida tanlash.
Vaqt bo’yicha ustun ko’rishni cheklash normasi – umumiy turmush darajasi o’zgarmaganda joriy iste’moldan bir birlik kechishni to’liq qoplapydigan kelajakdagi qo’shimcha iste’mol qiymati.
Vaqtlararo byudjet chegarasi – shaxsning daromadi va ssuda foizi stavkasi bilan aniqlanadigan vaqtlaro ustun ko’rish kartasidagi chiziqning holati.
Vaqtlararo muvozanatlik – joriy va kelajakda iste’mol qilish o’rtasida tanlayotgan shaxs uchun maksimal naflik keltiruvchi holat
Gollandcha autsion – bu autsionda stavka yuqoridan pastga tovar sotilgunga qadar pasayib boradi.
Daromad (revenue, yalpi daromad, TR) – sotilgan tovar miqdorini narxga ko’paytirilganiga teng, mahsulotlarni sotishdan tushgan tushum.
Daromad samarasi – ishchining ish haqining o’sishi natijasida ish vaqtining qisqarishi hisobidan dam olish vaqtining ortishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |