Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot


Daromad samarasi (income effect)


Download 478.83 Kb.
bet127/158
Sana15.11.2023
Hajmi478.83 Kb.
#1775484
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   158
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot

Daromad samarasi (income effect) – iste’mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan birining narxi o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan real daromad hisobidan iste’mol tarkibini o’zgarishi.
Depozit foizi – mablag’ qo’yuvchining pulidan foydalangani uchun unga bank tomonidan to’lanadigan to’lov, ya’ni narx.
Diversifikatsiya – tavkkalchilikni pasaytirish usuli bo’lib bunda tavakkalchilik (yo’qotishlar) bir qator tovarlarga shunday taqsimlanadiki, tovarlardan bittasini sotib olishdan tavakkalchilikning ortishi boshqa tovarni sotib olishdagi tavakkalchilikning pasayishini bildiradi. Masalan, 2 ta mahsulotga bo’lgan talabni bir vaqtda kamayib ketish ehtimolidan ulardan bittasiga talabni kamayib ketish ehtimoli yuqori.
Diskontirlash - qiymatlarni (daromadni, harajatni, kapitalni) boshlang’ich yilga yoki oxirgi yilga keltirish.
Dispersiya kutiladigan natijadan haqiqiy natijaning o’rtacha kvadratik chetlanishi:
Differensial renta – boshqa resurslarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega bo’lgan resurs egasi tomonidan olinadigan renta.
Yopiq auktsion bunda tovra uchun autsion qatnashchilari bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda stavkalarini qo’yadi va tovar kim ko’p stavka qo’ygan bo’lsa shunga beriladi.
Er narxi – cheklanmagan vaqt davomida yerdan olingan barcha daromadlar yig’indisining keltirilgan (boshlang’ich yilga) qiymati.
Ijara haqi (to’lovi) – yerdan foydalanuvchi tomonidan bir yilda yer egasiga to’lanadigan pul miqdori.
Izokvanta – bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi omillar sarflari kombinasiyalarini ifodalovchi egri chiziq.
Izokosta – yig’indisi bir xil yalpi harajatga teng bo’lgan resurslar sarflari kombinasiyalarini ifodalovchi chiziq.
Iqtisodiy ne’mat – ehtiyojni qondirish vositasi.
Iqtisodiy renta – resursni sotilishi mumkin bo’lgan narx bilan muvozanat narx ayirmasiga teng. Noyob, cheklangan resur va ishchining yuqori malakasi uchun to’lanadigan qo’shimcha to’lov.

Download 478.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling