Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i – mavjud bo’lgan ishlab chiqarish resurslaridan to’liq va samarali foydalanish orqali ishlab chiqariladigan tovarlar kombinasiyasini ifodalovchi chiziq.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i – mavjud texnologiyada kapital va mehnatdan to’liq foydalangan holda ikkita tovar kombinasiyalarini maksimal darajada ishlab chiqarishni ifodalaydigan chiziq.
Ishlab chiqarish omillari cheklangan bo’lib, ularga mehnat (labour), kapital (sapital), materiallar (xom ashyo, butlovchi qismlar, elektr energiyasi, gaz, suv va hokazo), yer (land).
Ishlab chiqarish funktsiyasi – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan shu mahsulotni ishlab chiqarishdagi sarflangan ishlab chiqarish omillari miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalovchi funktsiya.
Ishlab chiqarish shartnomalari chizig’i – resurslarni Pareto samarali joylashtirish chizig’i bo’lib, bunda quyidagi shart bajariladi:
Ishlab chiqaruvchi muvozanati yoki maksimal mahsulot ishlab chiqarish uchun optimal sarflanadigan mehnat va kapital miqdorini aniqlash sharti - ishlab chiqarishning shuday holatiki bunda har qanday omil uchun sarflangan bir birlik pul miqdori bir xil miqdordagi mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi (yutug’i) – tovarlarnig haqiqiy narxlaridan chekli (bir birlik qo’shimcha tovar ishlab chiqarishga ketgan) harajatlarni ayirmalari yig’indisiga teng.
Ishchining nafliligini maksimallashtirish sharti (utility maximization rule) – bo’sh vaqtni daromad bilan chekli almashtirish normasini ish haqiga tengligi .
Kapital – uzoq muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan resurs.
Kapitalni mehnat bilan chekli texnologik almashtirish normasi ikkala ishlab chiqariladigan A va V tovarlar uchun bir xil bo’lib, ular mehnat narxini kapital narxi nisbatiga teng.
Kasaba uyushmasi - bu ishchilar uyushmasi bo’lib, u o’zining a’zolari nomidan va ko’rsatmasiga ko’ra tadbirkorlar bilan muzokara olib borish huquqiga ega tashkilot.
Kvazioptimum – Pareto-samarali hajmida tovar ishlab chiqarish mumkin bo’lmaganda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan variantlardan eng yaxshisini tanlash (optimalga yaqin).
Do'stlaringiz bilan baham: |