CHetlanish – kutiladigan natija bilan haqiqiy natija o’rtasidagi farq.
SHartnomalar chizig’i – 2 iste’molchi o’rtasida ikkita ne’matning samarali taqsimlanish variantlarini ifodalovchi chiziq.
SHaxs talabi (individual demand) – bitta iste’molchining tovarga talabi.
SHtakelberg muvozanati – bu duopolik sharoitda lider firma bilan ergashuvchi firma faoliyat ko’rsatganda lider tovar narxini va ishlab chiqarish hajmini mustaqil belgilaydi, ergashuvchi firma lider firmaga moslashgan holda narx va mahsulot hajmini belgilaydi.
Elastiklik (elasticity) – talab va taklifga ta’sir qiluvchi omillarning o’zgarishi natijasida ularni qanchaga o’zgarishi tushuniladi (narxni, daromadi, iste’molchilar soni va hokazo).
Engel chiziqlari – iste’mol qilingan tovarlar miqdorini iste’molchi daromadining o’zgarishidan bog’liqligini ko’rsatuvchi chiziq.
Ehtiyoj (needs) – insonni, korxonani faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan barcha narsalar. Ehtiyoj – bu insonlarni iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishiga undaydigan ichki kuch.
Ehtimol (probability) – ma’lum natijaga erishish imkoniyati.
Ilovalar
Do'stlaringiz bilan baham: |