O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi
“Mikroiqtisodiyot” fani umumkasbiy fani hisoblanib, 3 semestrda qo’yiladi. Rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy (iqtisodiy nazariya, iqtisodiy ta’limotlar tarixi), matematik va tabiiy-ilmiy (iqtisodiy-matematik usullar va modellar, iqtisodiy geografiya va ekologiya), umumkasbiy (statistika, makroiqtisodiyot, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, moliya va soliqlar, marketing, menejment, agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish texnologiyasi, xorijiy investitsiyalar) va ixtisoslik fanlar (qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti, qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish) fanlaridan yetarlicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Bozor tuzilmalarining ishlashi va rivojlanishi, ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy faoliyati, iste’molchilarning bozordagi xarakati, davlatning bozorni tartibga solish usullari mikroiqtisodiyot fanining tarkibi qismlarini tashkil qiladi.
SHuning uchun mikroiqtisodiyot fani umumixtisoslik fanlar blokining asosiy fanlaridan biri hisoblanadi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
“Mikroiqtisodiyot” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |