"Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri i f. n., dots. E. A. Muminova


- yilning sentiabrga nisbatan 2019-yilning sentabrga nisbatan oyida, tovar va xizmatlar o’rtacha 16% ga qimmatlashgan


Download 0.85 Mb.
bet15/18
Sana02.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#189414
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2 5424797883897482664

2018- yilning sentiabrga nisbatan 2019-yilning sentabrga nisbatan oyida, tovar va xizmatlar o’rtacha 16% ga qimmatlashgan.

2020- yilning yanvar-sentabrdagi umumiy istemol narxlar indeksi 2019-yilning mos davridagi ko’rsatkichga nisbatan 3.4 daraja pastroq bo’ldi.

Oylar hisobiga ko’ra o’rtacha 2019-yilda 1,0 % ga 2020-yilda esa 0.7 % ga oshgan. Bu shuni bildaradiki pandemiya sharoitida davlatning ijtimoiy qo’llab-quvvatlash narxga ijobiy ta’sir korsatmoqda.3

Xulosa

Bugungi kunga kelib nafaqat O’zbekiston Respublikasida balki dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari ham iqtisodiy inqirozga qarshi kurashmoqda, sababi korona virus pandemiya sharoitida iqtisodiyotning barcha sohalarida uzilishlar, kamchiliklar kuzatildi. Korona virusining insonlarga yuqish ehtimoli juda yuqori hisoblanadi hatto havo yoki insonlarniong o’zaro muloqot orqali ham yuqishi mumkin. Shu sababli insonlarning sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishi bilan Iqtisodiy sohalarda to’xtalishlarni bartaraf etish ishlari olib borildi va bu po’z natijasini berdi desam adashmagan bo’laman. Yurtimizning iqtisodiy ko’rsatkichlarini pandemiya sharoitida yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan respublika hududlaridagi quyidagilarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashni nazarda tutuvchi 2020-yilga qo‘shimcha infratuzilma loyihalari ro‘yxati shakllantirildi:

kichik sanoat zonalari infratuzilma obyektlari uchun — 400 mlrd so‘m miqdorida;

shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari, umumiy foydalanishdagi yo‘llarni joriy ta’mirlash uchun — 1 trln so‘m;

suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlari uchun — 500 mlrd so‘m;

irrigatsiya va melioratsiya obyektlari uchun — 400 mlrd so‘m;

sog‘liqni saqlash obyektlari uchun — 500 mlrd so‘m;

umumta’lim maktablari va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlari uchun — 800 mlrd so‘m;

iqtisodiy faollik va bandlikni, shu jumladan ipoteka kreditlash hajmlarini oshirishni ta’minlovchi boshqa obyektllarni amalga oshirish bo’yicha mablag’lar ajratilganligi yurtimizni ijyimoiy qo’llab-quvvatlashga alohida etibor qaratganligining isbotidir.

Bozor hkimyatini ko’rib chiqdik u — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyotining tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi.

Bozor iqtisodiyotida har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyotida boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqidan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotiga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.

Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi. Kishilar iqtisodiy faoliyatlariga ko’ra kun kechirishar ekan demak tovarlarga baho ya’ni narx belgilashda ularni ham e’tiborga olgan holda tovarlarni to’ldiruvchi va o’rnini bosuvchi tovarlar bilan boyitish kerak, bu esa albatta o’zining ijobiy natijasini beradi. Tovarlarni narxini belgilash bozor iqtisodiyotida talab va taklif, raqobat istemolchilarning daromadlari, orqali shakllanadi. Yama bir xulosam shuki monopol sohalarni monopollikdan chiqarish o’sha sohada qo’shimcha ishlab chiqarish zonalarini tashkil qilish ham albatta narxlarni arzonlashishiga tovarning sifati yanada yuqorilashishiga olib keladi.




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling