Iqtisodiyot” kafedrasi


Xalqaro moliya institutlari xamkorligida amalga shirilayotgan ishlar


Download 85.26 Kb.
bet7/8
Sana19.02.2023
Hajmi85.26 Kb.
#1215079
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Валиев Хуршиджон Комилжон ўғли дек 56 гурух

5.Xalqaro moliya institutlari xamkorligida amalga shirilayotgan ishlar.
Jahon banki ishtirokidagi “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TC-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstrukciya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida 2022 yilda Investiciya dasturiga muvofiq 47,4 mln. doll. mablag'larini o'zlashtirish rejalashtirilgan.
2022 yilning 1 aprel holatiga loyiha doirasida 3,2 mln.doll. miqdoridagi mablag'lar o'zlashtirildi.
Loyiha doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Chirchiq shahri bo'yicha:
1-bosqich: Pudratchi “Mimsan Endustri Kazanlari Sanayi ve Ticaret A.S.” (Turkiya) kompaniyasi tomonidan 75 MVt qozonxonani modernizaciya ishlari yakunlandi, 3 ta 25 MVtli yangi zamonaviy qozonlar va yordamchi qurilmalar o'rnatildi. Uzunligi 2 km ga yaqin issiqlik tarmoqlari almashtirildi. Shuningdek, 15 ta IISh o'rnatildi. Xozirda IIShlarni elektr tarmog'iga ulash va bosqich-ma bosqich sinovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.
2-bosqich: “184 ta individual issiqlik shaxobchalarini o'rnatish” bo'yicha “Texnopark” MChJ va “Zavod Teplosila” MChJ konsorcium kompaniya bilan buyurtmachi imzolangan shartnomaga muvofiq qurilish taʼmirlash ishlarini amalga oshirish bo'yicha 90 ta IIShlar uchun tayyorlangan loyiha-smeta xujjatlari ekspertizaga kiritilib, qolgan IIShlar uchun xujjatlar tayyorlanmoqda.
3-bosqich: “19,3 km issiqlik uzatish quvurlarini almashtirish” bo'yicha pudratchi “China IPPR International Engineering” kompaniyasi bilan 2021 yil 30 sentyabrda imzolangan shartnomaga muvofiq qurilish taʼmirlash ishlarini amalga oshirish bo'yicha loyiha-smeta xujjatlari tayyorlanib ekspertizaga kiritildi.
Buxoro shahri bo'yicha:
1-bosqich: 264 ta individual issiqlik shaxobchalarini o'rnatish bo'yicha pudratchi "EKO AIR" va "Kazenergonaladka" konsorcium kompaniya mutaxassislari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, ekspertiza xulosasini olish uchun kiritdi. 2021 yil 26 oktyabrda 18 ta, 2022 yil 24 yanvarda 16 ta, 15 martda yana 36 ta, jami 70 ta IIShlar yetkazib kelindi. hozirda o'rnatish uchun joylar tayyorlanmoqda.
2-bosqich: 5,6 km issiqlik uzatish tarmoqlarini almashtirish bo'yicha joriy yilning 23 iyul kuni pudratchi “China IPPR International Engineering” kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi, qurilish taʼmirlash ishlarini amalga oshirish bo'yicha loyiha-smeta xujjatlari tayyorlandi va buyurtmachi bilan kelishilib ekspertizaga kiritildi.
3-bosqich: “Buxoro energo markaz” qozonxonasida 40 MVtli bitta yangi qozon o'rnatish va 40 MVtli ikkita qozonlarni qayta taʼmirlash” paketi bo'yicha 18 mart kuni «Spets Polimer Montaj Sanatsiya»MChJ va «Vapor» AJ konsorcium kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Bo'nak to'lovini amalga oshirish uchun bank kafolat xati kutilmoqda.
Andijon shahri bo'yicha:
1-bosqich: Shahardagi “RK-2” qozonxonasida 1 ta 50 MVt va 2 ta 30 MVtli qozonlarni o'rnatish, qozonxonani rekonstrukciya qilish, 73 ta IIShlarni o'rnatish va 5 km issiqlik tarmoqlarini almashtirish” bo'yicha pudratchi “China IPPR International Engineering” kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi, qurilish taʼmirlash ishlarini amalga oshirish bo'yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
2-bosqich: 300 ta indivdual issiqlik shitlarini o'rnatish” bo'yicha tender savdolari yakunlangan. Etkazib beruvchi “BEL-FAR-PARTNERS” MChJ bilan imzolangan shartnomaga muvofiq qurilish taʼmirlash ishlarini amalga oshirish bo'yicha loyiha-smeta xujjatlari uchun ekspertiza xulosasi olindi. Buyurtmachi mutaxassislari ishlab chiqaruvchi zavodida ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, 100 ta IIShlar yetkazib kelindi.
3-bosqich: 19,1 km issiqlik quvurlarini almashtirish” bo'yicha joriy yilning 30 iyul kuni pudratchi “Adolat Qurilish Servis” MChJ, “Ozoda mahsuslashtirilgan rekonstruktsiya va tamirlash” MChJ va “Sadaqayrag’och” MChJ konsorcium kompaniyasi bilan shartnoma imzolanib, qurilish ishlarini loyihalashtirish xujjatlari ishlab chiqildi va buyurtmachi bilan kelishilmoqda.
Toshkent shahri bo'yicha:
1-bosqich: “Toshkent shahar Sergeli tumanidagi TC-8 qozonxonasini modernizaciya qilish, 30 MVt li 1 ta yangi qozon o'rnatish va 116 MVt li 2 ta qozonni rekonstrukciya qilish” paketi bo'yicha 2022 yil 8 fevralda Jahon banki tomonidan hisobot qayta ko'rib chiqish taklifi berildi. hozirda xisobotlar qayta ko'rib chiqilib, Xarid komissiyasiga kiritishga tayyorgarlik ko'rilmoqda.
2-bosqich: “754 ta individual issiqlik shaxobchalarini o'rnatish” paketi bo'yicha tender takliflarini baxolash ishlari tamomlanib, 2022 yil 4 fevral kuni navbatdagi Xarid komissiyasi kun tartibiga kiritildi. Takliflarning narxlari qimmatligi sababli Xarid komissiyasi hisobotni vazirlik tomonidan yana bir bor o'rganib chiqish taklifini berdi. hozirda takliflar o'rganib chiqilmoqda.
3-bosqich: “43,66 km issiqlik tarmoqlarini almashtirish” paketi bo'yicha 2021 yil 14 dekabrda tender savdolariga eʼlon berildi. 2022 yil 25 fevral kuni tender takliflari ochilib, baholash ishlari olib borilmoqda.
Samarqand shahri bo'yicha:
1-bosqich: “Samarqand shahar “RK-2” va “AvtoVaz” qozonxonalarini modernizaciya qilish, 40 MVtli 1 ta va 30 MVtli 2 ta yangi qozonlarni o'rnatish, 5,5 km issiqlik tarmoqlarini almashtirish, 64 ta individual issiqlik shaxobchalarini o'rnatish” paketi buyicha takliflar Xarid komissiyasiga kiritishga tayyorlanmoqda.
2-bosqich: “460 ta individual issiqlik shkaflarini o'rnatish” paketi bo'yicha 2022 yil 28 yanvarda tender savdolariga eʼlon berildi. Tender takliflari 15 mart kuni ochilib, baholash ishlari olib borilmoqda.
3-bosqich: “33,7 km issiqlik tarmoqlarini almashtirish” paketi bo'yicha 2021 yil 23 dekabrda tender savdolariga eʼlon berildi. 2022 yil 4 mart kuni takliflar ochilib, baholash ishlari boshlab yuborildi.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xalqaro moliyaviy munosabatlarini tashkil etishda Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlari katta rol o‘ynaydi va xalqaro hisob-kitoblarning barqarorligini saqlash. Birinchidan, ularning faoliyati jahon iqtisodiyotining qarama-qarshi yaxlitligiga tartibga solish printsipi va ma'lum bir barqarorlikni joriy etish imkonini beradi, umuman olganda, valyuta-moliya sohasining uzluksiz ishlashini ta'minlaydi. Ikkinchidan, ular mamlakatlar va davlatlar o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun forum bo'lib xizmat qilish uchun mo'ljallangan. Mafkuraviy qarama-qarshilikning zaiflashishi bilan bu vazifa tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Uchinchidan, rivojlanish tendentsiyalari haqidagi ma'lumotlarni o'rganish, tahlil qilish va umumlashtirish, jahon iqtisodiyotining eng muhim muammolari bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish sohasida xalqaro valyuta-moliya tashkilotlarining ahamiyati ortib bormoqda.
Hozirgi vaqtda malakatimiz turli xalqaro valyuta va moliya institutlarining a'zosi bo'lib, ularning ba'zilari bilan shartnoma asosida hamkorlikni rivojlantirmoqda.
O’zbekiston va XMT o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatish muayyan tarixiy va iqtisodiy omillar bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan ushbu hamkorlikning asosiy tamoyillari majmuasini uchta kichik tizimga bo'lish mumkin. Birinchidan, MMTlarning maqsad va vazifalarini belgilovchi global tamoyillar hamda ularning a'zo davlatlar bilan kreditlash munosabatlarining o'ziga xos tamoyillari. Ikkinchidan, hamkorlik dasturlari mazmunini va XMT bilan o'zaro hamkorlik qilish shartlarini belgilovchi milliy strategiyalar. Uchinchidan, xususiy va jamoat manfaatlari, bir tomondan, davlat qarz oluvchilari, ikkinchi tomondan, MMTlarning rahbariyati va asosiy aktsiyadorlari, ularning ta'sirini kengaytirish va manba sifatida, xususan, O’zbekistonga ajratilgan kreditlardan foydalanish maqsadini ko'zlaydilar.
O’zbekistonning XMT bilan o'zaro hamkorligi natijalari aralash. Tashqi qarzlar, ayniqsa, XVFdan olingan mablag'lar har doim ham samarali va asosli bo'lmagan. Olingan mablag'lar ko'p hollarda iqtisodiyotni texnologik qayta qurish uchun emas, balki byudjet taqchilligini qoplash va davlat qarziga xizmat ko'rsatish uchun ishlatilgan.
Ammo boshqa tomondan, XVF bilan munosabatlarning ijobiy rivojlanishi mamlakatimizga iqtisodiy tiklanish jarayonini tezlashtirishga imkon berdi, jahon moliya, fond va tovar bozorlariga to'liq qaytish imkoniyatini ochib berdi. O’zbekiston va boshqa bir qator mamlakatlarning ushbu tashkilotga qabul qilinishi bilan XVFning jahon iqtisodiyoti va jahon valyuta-moliya tizimiga ta'sir doirasi sezilarli darajada kengaydi.


Download 85.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling