Barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish mumkin bo’lgan milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi nima?
a) yalpi talab*
Mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilgan va sotishga tayyor bo’lgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmi nima?
a) yalpi taklif*
Яlpi taklifga eng avvalo nima ta’sir qiladi?
a) narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ijtimoiy qiymati o’rtasidagi nisbаtning o’zgarishi*
Yalpi taklifga narxdan tashqari yana nima ta’sir qiladi?
a) resurslar narxining o’zgarishi, samaradorlikning o’zgarishi, huquqiy meyorlarning o’zgarishi*
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kesishgan nuqta nima?
a) umumiqtisodiy muvozanat*
Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nima?
а) nominal investitsiya*
Pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar nima?
а) real investitsiya*
Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish boyicha amaliy harakatlar nima deb ataladi?
а) investitsion faoliyat*
Investitsiyalar samaradorligi nima?
в) milliy mahsulot o’sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi*
Ekstensiv iqtisodiy o’sishga qanday erishiladi?
а) ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli*
Intensiv iqtisodiy o’sishga qanday erishiladi?
а) ishlab chiqarish omillarini sifat jihatdan takomillashtirish orqali*
Insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari nima?
а) milliy boylik*
Do'stlaringiz bilan baham: |