Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan kurs ishi mavzu
Download 0.58 Mb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- “UzAuto Motors”AJ
- Xulosa va takliflar
“Uzbekistan Airways” AJ uchun mahalliy parvozlarni amalga oshirishda yangi raqobatchi paydo bo’ladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tegishli boshqarmalarga topshiriq bergan. Unga ko’ra ichki parvozlar uchun yangi “Humo Air” kompaniyasi tashkil qilinadi. Shuningdek Sh. Mirziyoyev 2020-yil 28-yanvar kuni aviakompaniya va Temir yo’l chiptalari qimmatligi masalasiga ham to’xtalgan va narxlarni arzonlashtirish, raqobatbardosh xizmat ko’rsatishni tashkil qilish haqida ham topshiriqlar bergan.
“UzAuto Motors”AJ ga ham 2021-yildan boshlab yangi raqobatchilar qo’shiladi. Jumladan, “Hyundai”, Xitoyning “DONG FENG” va “CHANGAN” avtomobil ishla chiqaruvchilari, Buyuk Britaniyaning “Bentley” kompaniyasi o’z faoliyatlarini boshlaydilar. Buyuk Britaniyaning “Bentley” kompaniyasi o’z elektromobillarini yurtimizda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi va bu borada Asakada joylashgan zavod elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. Xulosa va takliflar Qoʼyilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda kurs ishida quyidagi vazifalar belgilab olingan: - Monopoliyasiz iqtisodiy operatsiyalarini tashkil etishni strategik rejalashtirishning mohiyati va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyatini oʼrganish va shu asosida nazariy asoslarini ishlab chiqish; - Oʼzbekiston Respublikasi Monopoliyasiz iqtisodiy operatsiyalarini tashkil etishning oʼziga xos xususiyatlari koʼrsatib berish; - Monopoliyasiz iqtisodiy operatsiyalarini davlat tomonidan tartibga solishning xuquqiy asoslarini koʼrib chiqish; - Oʼzbekiston Respublikasi Monopoliya salohiyatini koʼrsatkichlarining tahlili etish. Dеmоkrаtik jаmiyatni bаrpо etishning аsоsiy shаrtlаridаn biri, nоmаrkаzlаshgаn tаrtibdа iqtisоdiy qаrоrlаrni qаbul qilish bilаn bоg’liq shаrоitlаrning mаvjudligi hisоblаnаdi. Erkin rаqоbаt - tаnlаsh erkinligi, tаdbirkоrlik erkinligi, bоzоrgа kirish erkinligi kаbi tаlаblаrning sinоnimidir, u fuqаrоlik jаmiyatidа kishilаrning kоnstitutsiyadа bеlgilаngаn iqtisоdiy erkinligining muhim tаrkibiy qismi hisоblаnаdi. Iqtisоdiyotdа mоnоpоllаshuv tеndеnsiyalаri pаydо bo`lish munоsаbаti bilаn erkin rаqоbаt chеklаnаdi, shu sаbаbdаn sоg`lоm rаqоbаtchilik muhitini yarаtishdа dаvlаt hаm qаtnаshаdi. Bu dаvlаtning аntimоnоpоl siyosаti оrqаli аmаlgа оshirilаdi. Bu siyosаt erkin rаqоbаt muhitini yangidаn yarаtishgа emаs, bаlki uni sаqlаb qоlishgа, qаytаdаn tiklаshgа, rаqоbаtning mаdаniylаshgаn usullаrini qаrоr tоptirishgа qаrаtilаdi. O`zbеkistоndа ham bоshqа sоbiq ittifоqdоsh rеspublikаlаri kаbi, rаqоbаtni umumаn inkоr etuvchi dаvlаt mоnоpоliyasidаn dаvlаtlаshmаgаn, turli хo`jаlik shаkllаrining muvоzаnаtigа аsоslаngаn vа erkin rаqоbаtni tаqоzо etuvchi bоzоr tizimigа o’tish yuz bеrmоqdа. Bu yеrdа аvvаllо rаqоbаtchilik munоsаbаtlаrini shаkllаntirish vа shu bilаn bir qаtоrdа uni tаkоmillаshtirish vаzifаsi turibdi. Har qanday iqtisodi rivojlangan davlatni qarasak, eng avvalo ichki iqtisodiyotini rivojlantirganligiga guvoh bo`lamiz. Buning uchun esa u eng avvalo erkin raqobatni vujudga keltirishga harakat qilgan. Bunday erkin raqobat bozorlarini yuzaga keltirish qiyin bo`lsada, lekin iloji boricha shu bozorga yaqin raqobatlashgan monopol bozorni yuzaga keltirishimiz kerak. Аntimоnоpоl qоnunlаrni qаbul qilish vа hаyotgа tаtbiq qilish bоzоr munоsаbаtlаrigа o`tаyotgаn hаr bir mаmlаkаt uchun hаyotiy zаrurаtdir, chunki erkin rаqоbаtgа yo`l bеrmаy turib bоzоr iqtisоdiyotini shаkllаntirib bo`lmаydi. O'tgan 25 yil davomida Qo'mita murakkab va shu bilan qiziqarli o'zgarishlarga boy yo'lni bosib o'tdi. Sodir bo'lgan tarkibiy o'zgarishlar va taraqqiyotning har bir bosqichi o'sha davrning islohot talablariga mos keldi. Masalan, 2000-yilda monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish vakolati bilan Davlat qo'mitasi sifatida Moliya vazirligidan ajratilgan edi. 2005 yilda esa, raqobat, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo'llab quvvatlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va unga yangi vakolatlar berildi. 2010-yilda ikki davlat idorasi birlashishi natijasida Qo'mitada yana bir o'zgarish sodir bo'ldi va o'sha yilda “Raqobat to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi. 2019-2020-yillardagi so'nggi o'zgarishlar ham zamon talabiga bog'liq. Prezidentimiz rahnamoligida boshlangan islohotlar iqtisodiyotda katta o'zgarishlarni talab etardi, “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoni bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasini alohida davlat tashkiloti sifatida ajratish maqsadga muvofiq deb topildi hamda “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni bilan Qo'mita O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Prezidentga hisobdor qilib belgilandi. Men bu holatni monopoliyaga qarshi siyosat sohasi rivojlanishiga va Qo'mitaga yuklatilgan vazifalarni bajarish yo'lidagi oldinga tashlangan katta qadam deb hisoblayman. Qo'mitaning yutuqlari haqida gapirsak, so'nggi 8 oy davomidagi amaliy faoliyatini misol tariqasida keltirish mumkin. Masalan, tovar va moliya bozorlaridagi raqobat muhitining holatini tizimli tahlil qilish, ustun mavqeini suiiste'mol qilish va uni oldini olish, “kartelь” kelishuvlari va til biriktirish, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan amalga oshirilgan nohalol raqobat holatlari bo'yicha joriy yil boshidan beri ustun mavqega ega bo'lgan va davlat reyestriga kiritilgan korxonalar ya'ni 102 ta xo'jalik yurituvchi sub'ektlar bilan tuzilgan to'g'ridan-to'g'ri 897 ta shartnomalar o'rganib chiqildi. Natijada Qo'mitaning maxsus komissiyasi tomonidan 25 ta holat bo'yicha ish qo'zg'atildi. Davlat xaridlari sohasida raqobatni ta'minlash maqsadida esa, 11340 tender savdolari o'rganildi va 4887 ta holatda qonunbuzulish holatlari aniqlandi, ularni bartaraf etish uchun barcha qonun bilan belgilangan choralar ko'rilgan. Shuningdek, bir nechta monopol tovarlarga bo'lgan narxlarni pasaytirishga erishildi. Masalan, formalin 20% ga, polietilen 40% ga, polipropilen 15% ga, kalьtsiylangan soda 18% ga. Shu bilan birga urug'larni sertifikatlashni 18% ga, hisoblagichlarni tekshirishni 6% ga, temiryo'l shablonlarini solishtirishni 15% ga kamaytirishga erishildi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning manfaatlari yo'lida yer osti kollektori orqali o'tkazilgan optik tolali liniyalar uchun ketadigan harajatlarni 50% ga arzonlashtirib, oldindan hisoblab olingan 2 milliard 147 million 100 ming so'mni 29 ta tadbirkorlarga qayta hisob-kitob qilishga muvaffaq bo'lindi. Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, sement mahsulotlari narxining barqarorligini ta'minlash maqsadida Qo'mita tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2020 yil 23 iyulda Vazirlar Mahkamasining 450-sonli qarorini ishlab chiqdi va qabul qildi. Unda birja savdolarida bir tadbirkor tomonidan xarid qilinishi mumkin bo'lgan sement miqdoriga cheklov o'rnatildi (114 tonna). Natijada, sement narxi 2020 yil sentyabr oyida 663,5 ming so'mgacha (-268,3 ming so'm) tushdi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling