Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan kurs ishi mavzu
Download 0.58 Mb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ztransgaz” AJ
- O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
- Oʻzbekneftgaz”
3-rasm. UzAuto sanoat binosi12
“Uzbekistan Airways” AJ 1992 yil 28 yanvar sanasida “O’zbekiston havo yo’llari” nomi bilan tashkil qilingan. Birinchi aviaqatnovi London shahriga bo’lgan.13 2018 yilgacha bu kompaniya ham soha regulyatori, ham aviatashuvchi sifatida faoliyat yuritdi. Shu yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farminiga muvofiq kompaniya “Uzbekistan Airways” deb nomlandi va aeroportlar uning tarkibidan chiqarildi, Transport vazirligi tashkil qilindi. Endilikda bu vazirlik havo yo’llarini, temir yo’l va quruqlik yo’llaridagi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash nazorat qilish kabi faoliyat bilan shug’ullanadi. Dastlab, bu kompaniya o’z aviaqatnovlarini Il-86, Il-62, Tu-154, An-24, Yak-40 kabi samolyot modellari bilan amalga oshirgan va 2004 yildan boshlab bu modellar ekspluatatsiyadan chiqarilib, o’rniga “Airbus” va “Boeing” avialaynerlar olib kelingan. Hozirgi kunda kompaniya parki shu havo kemalari bilan to’ldirilgan. Hozirgi kundagi uzluksiz aviaqatnovlar Yevropa, Osiyo va Amerika shaharlaning 60 dan ortiq marshrutlarini qamrab olgan. Charter reyslar esa barcha qit’alarga(dan) amalga oshiriladi. Aviaqatnovlar chet mamlakatlariga 200$ dan boshlab bir necha ming dollargacha boradi. Boshqa chet davlatlarda parvoz qilmoqchi bo’lsangiz bu mablag’ga bir necha kishi bilan uchishingiz mumkin. “O’ztransgaz” AJ ning tarixi 1950 yillarga borib taqaladi. O’zbekiston hududidagi ilk gaz 1953 yilda Setalantepada qazib olingan. Bu kompaniya aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash, transportirovka qilish, transit va eksport qilish kabi vazifalarni o’z zimmasiga oladi. Ishlab chiqarish hajmi 2020 yil rejasiga 41 mlrd. kub metrni tashkil qilgan. Shu yil 9 oy davomida 27 mlrd. kub metr tabiiy gaz qazib olindi va shundan 7 mlrd. kub metr gaz aholi ehtiyoji uchun yo’naltirildi. 2021 yilda esa qazib olish, aholiga yetkazib berish va eksport uchun ishlab chiqarish hajmi yanada kengaytirilishi rejalashtirilgan. 14 “KVARTS” AJ 1975 yil tashkil qilingan bo’lib, oyna ishlab chiqarish, shisha mahsulotlari, konserva bankalari, avtomobillar uchun oyna ishlab chiqarish, o’tga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish sohalarida Respublikamizda yetakchi kompaniya hisoblanadi. Bu kompaniyaning bozordagi ulushlari, shisha bankalar sohasida- 95%, qurilish materiallari bozorida- 60%, va shisha butilka ishlab chiqarish bozorida- 50% ni tashkil qiladi. Korporativ axborot portal chop etgan ma’lumotlarga ko’ra 2018 yilda olgan sof foydasi – 82.58 mlrd. so’mni tashkil qilgan, shu foydaning 56.50 mlrd. so’m miqdori ustav fondini oshirishga yo’naltirildi. Bu kompaniyaning sohalar bo’yicha ishlab chiqarish hajmi quyidagicha: O’tga chidamli g’isht ishlab chiqarish – 994 tonna; Shisha bankalar – 269 mln. dona; Shisha butilkalar – 110 mln. dona; Silliqlangan oyna – 10 mln. metr kvadrat.15 2017-2021 yillar oralig’ida KVARTS kompaniyasi o’z modernizatsiya dasturini ishlab chiqqan va bu davr mobaynida silliqlangan oyna, shisha mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2 baravarga ortishi nazarda tutilgan. 2017-yil fevral oyida Parij shahrida o’tkazilgan BID Xalqaro sifat konferensiyasida “KVARTS” AJ Sifat va Innovatsiya yo’nalishida Xalqaro e’tirof mukofoti “International Star in Leadership in Quality” (ISLQ) “Oltin” toifasiga loyiq topildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O’zbekiston respublikasi hududida joylashgan sobiq O’rta Osiyo temir yo’llari bazasida 1994 yil 7 noyabrda tashkil topgan. Umumiy temir yo’l uzunligi 3645 kmni tashkil etadi. Jamiyatda 54.7 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko’rsatadi. Yillik yukni ayirboshlash barcha turdagi transportlarning yuk ayirboshlashi qo’shilmasining 90% tashkil etadi. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ 1993 yildan beri Temir yo’l Hamkorlik Tashkiloti a’zosidir. Jamiyat Xalqaro Temir yo'llari Ittifoqi va Osiyo va Tinch okeani hududidagi BMTning Iqtisodiy komissiyasi bilan uzviy aloqaga ega.“O’zbekiston temir yo’llari” AJ TRASEKA(Evropa-Kavkaz-Osiyo transport koridori) loyihasining Evropa Ittifoqi Komissiyasi TASIS dasturi bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi 1992-yilda oʻz faoliyatini yagona neft-gaz kompaniyasi sifatida boshlagan. “O‘zbekneftgaz” AJ neft va gaz qazib olish bilan shug‘ullanadigan O‘zbekistondagi eng yirik davlat kompaniyasi hisoblanadi. Tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha kompaniya dunyoda 11-o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda «O'zbekneftgaz» MXK neft-gaz sohasining barcha faoliyat yo'nalishlarini ta'minlaydigan, 200 dan ortiq korxonalarni birlashtirgan, 120 mingdan ortiq kishi ishlaydigan, vertikal bir butun birlashgan, uch pog'onali xolding kompaniyadir. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling