Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 1-semestr 2-oraliq nazorat savollariga javoblar”


Download 48.45 Kb.
bet2/3
Sana21.01.2023
Hajmi48.45 Kb.
#1106673
1   2   3
Bog'liq
iqtisodiyot nazariya mm

Kartel, kartel bitimlari (ital. cartelio — qog`oz, hujjat) — ishlab chiqaruvchilar yokiv iste`molchilarning monopolistik birlashmalari shakli; bir tarmoqdagi mustaqil korxonalar, firmalar, kompaniyalarning ishlab chiqarish va sotishning umumiy hajmlari, narxlar, rsotish bozorlari, har bir ishtirokchining hissasi, ishchi kuchi yollash va boshqalar to`g`risida bitimi.Dunyoda son jihatidan unchalik ko`p bo`lmagan ishlab chiqaruvchilar o`rtasida muayyan bir tovar bo`yicha jahon bozorini o`zaro bo`lib olish, raqobat darajasidan ortiq bo`lgan foyda olish, xonavayronlik raqobatiga yo`liqmaslik maqsadlarida xalqaro Kartel bitimlari tuzildi.Hozirgi sharoitlarda hamd bir qancha qudratli xalqaro Kartellar mavjud, OPEK unga yorqin misol bo`la oladi. Bozorw monopoliyasiga karshi kurashda mayda va o`rta biznes Kartel bitimlaridan unumli foydalanadi.
Sindikat (lot. sindicatus — ishonchli, vakil) — 1) bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi. qMahsulotni yagona savdo tarmog`i orqali birgalashib sotishni tashkil etish maqsadlarida tuziladi. tSindikat ta`sis etgan umumiy savdo shirkati Sindikatning har bir a`zosi bilan savdo sotiq to`g`risida shartnoma tuzadi. hBanklar ham Sindikatni tashkil etishlari mumkin. Bankh jSindikat a`zolari guruhning har qanday a`zosi chiqargan qimmatli qog`ozlarni sotib oladi; 2) investitsiya dilerlari guruhi; investorlar o`rtasida tarqatish uchun qimmatli qog`ozlarning navbatdagi yoki yangi emissiyasini sotib olishga rozilik bildirganlaridan keyin Sindikat tuzilgan hisoblanadi.
Trest (ing . trust) — korxonalar, firmalar birlashmasidir. Sanoat monopoliyalarining 20-yillardagi en yuqori shaklidir. Trest tarkibiga kirgan ishtirokchilar o`z ishlab chiqarish savdo mustaqilligini yo`qotadi va bu sohalardagi faoliyatida markaziy boshqarma qaroriga amal qiladid. O`zbekistonda 1930—1990 yillarda qurilish, avtomobil transporti, tayyorlov, qishloq xo`jaligining tashkiliy tuzilmalari trestlari yaratildi.
Konsorsium (lot. consortium -shirkat, ishtirok etish) — kompaniyalar, banklarning capital talab, juda keng ko`lamdagi iqtisodiyf loyihani amalga oshirish yoki qarzlarni hamkorlikda joylashtirish uchun tuzilgan vaqtinchalik birlashmasi. Konsorsium a`zolarining huquq va majburiyatlari Konsorsium to`g`risidagi bitimda belgilab qo`yiladi. Qo`yilgan vazifani bajarish uchun Konsorsium hishtirokchilari badallari hisobidan yagona moliya va moddiy fondlar barpo etadi, byudjet mablag`lari va bankdan kredit oladi. jKonsorsium o`z buyurtmachilari oldida hamkorlikda javobgar hisoblanadilar. Vazifa ybajarilgach, Konsorsium tarqaydi. Avval Konsorsium bank sohasida maydonga kelgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mamlakatda chet el firmalari va banklari bilan hamkorlikda Konsorsiumlar vujudga keladi.

Download 48.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling